Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)




Download 8.74 Mb.
bet3/43
Sana24.01.2024
Hajmi8.74 Mb.
#144583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
13, muhandislik, 1 Мавзу, Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017, TALIM FAOLIYATI O’RASIDA JISMONIY MASHQ DAQIQASI YOKI HARAKATLI O’YINLAR O’TKAZISHNI REJALASHTIRISH TEHNALOGIYALARI, BMI titul, 1. Sanoq sistemasi haqida tushuncha Pozitsion va nopozitsion san-fayllar.org, 3-4 2020 KENGURU, Korroziya test , 1-2-лаборатория иши, II. XV-XVII asrlar adabiyot-fayllar.org, Topshiriq 5, Aniq fanlar ochiq dars, faxriyyorliq
Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz xar-xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‟yin dasturlarini yaratishda ko‟proq qo‟llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o‟zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin.
Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‟lib, uning vektorli grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‟zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‟llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‟llaniladi.

Grafik formatlar




GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati –Internetda eng keng tarqalgan grafik format bo‟lib, u Internet tarmoqda birinchi bo‟lib paydo bo‟lgan. Internet tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‟p qismi GIF formatli fayllaridir.
GIF tasvirni zichlashtirishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlashtirish jarayoni sifatga ta`sir qilmaydi, ya`ni, zichlashtirishdan keyin olingan tasvir boshlang‟ichi kabi bo‟ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‟lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o‟tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar etkazilishi mumkin.
GIF da boshlang‟ich tasvirni zichlashtirishda faylning o‟lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik fayllarni zichlashtirishda qo‟llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ko‟p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‟ljallangan bo‟lib, foydalanish darajasi bo‟yicha ikkinchi o‟rinda turuvchi grafik format hisoblanadi.
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‟lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni zichlashtirish imkoniyatini beradi. Bunday zichlashtirish tasvirning sifati yo‟qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‟ladi.
JPEGda boshlang‟ich tasvirni zichlashtirishda “zichlashtirish darajasi”ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “zichlashtirish darajasi” tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, zichlashtirish darajasi qancha yuqori bo‟lsa tasvirning ko‟rinishi boshlang‟ich tasvirga nisbatan shuncha ko‟p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‟p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarni zichlashtirish uchun mos keladi. Bu format ko‟p hollarda tarmoqda sifatli
fototasvir va illyustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo‟llamaydi, bu esa uning qo‟llanish sohasini kamaytiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‟zining rivojlanishini davom ettirmoqda, ya`ni grafikaning yuklash jarayonini osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang‟ich tasvir variantlarini ko‟rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan.
JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm o‟rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, keyin esa uning ustiga to‟liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish
uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati bo‟lib Deflate zichlashtirish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini o‟zida mujassamlashtirgan.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo‟lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini anglatadi. Bu grafik format etarlicha murakkab bo‟lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli ma`lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‟pgina format fayllari singari uning boshlang‟ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo‟lib ularning qo‟llanilishi ko‟pgina qo‟shimcha funktsiyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush, hamda PhotoFinish dasturlarida qo‟llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar palitra hajmi bo‟yicha chegaralangan bo‟lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo‟lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo‟llaniladi.



Download 8.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Download 8.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)

Download 8.74 Mb.