6
ob`ektlarni o‟rganishga qaratildi. Bu yo‟nalish uch o‟lchovli grafika (3D) nomi
bilan ataladi. Uch o‟lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch
o‟lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini
hisobga olishini
talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini
modellashtirish bilan bog‟lik masalalarning paydo bulishi uch o‟lchovli
grafikaga
bo‟lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
90-yillarda kompyuter grafikasining qo‟llanish sohalari ancha kengaydi,
ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter
grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‟liq bo‟lmagan
mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter
grafikasining yangi
yo‟nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini
ishlab chiqishga bag‟ishlangan. Bu tamoyillarga ko‟ra tasvirlarni bevosita kuzatish
yoki optik qurilmalar yordamida ro‟yxatga olish imkoniyati mavjud bo‟lishi kerak.
Shunday
tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda
paydo bo‟ldi. Kompyuterlar funktsional imkoniyatlarining
kengayishi kompyuter
grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta`minlovchi
tizimlar ham yaratilishiga olib keldi.