11
printerning aloxida nuqtalarni ko‟rsatishi bilan belgilanadi. U nuqta –
dyuymga
birligida o‟lchanadi. U tasvirni berilgan sifat yoki aksincha berilgan o‟lchamda
tasvirlaydi. Tasvir imkoniyati –bu tasvir xususiyati. U ham nuqta – dyuymga
nisbatan birligida o‟lchanadi va uning skaner va grafik
taxrirlovchisi yordamida
o‟lchami beriladi.
Tasvir imkoniyati tasvir xaqidagi ma‟lumotda saqlanadi va tasvirning
boshqa ya‟ni fizik xususiyatlari bilan bog‟liq. Tasvirning fizik o‟lchami xam
piksellar singari uzunlik o‟lchamlarida belgilanadi. Rang bilan bog‟liq
asosiy
xususiyatlar, bu – rang imkoniyati va rang namunasi. Rang imkoniyati bir vaqtning
o‟zida xosil qilinadigan maksimal ranglar sonini belgilaydi. U rangni qo‟llash
jarayonida qo‟llanilgan baytlar soniga bog‟liq. Masalan, ikki rangli (qora-oq)
tasvirni kodlash uchun har bir piksel uchun bir bitdan ajratish etarli. Ranglar uchun
bir baytni ajratish ular kombinatsiyasidan 256 ta
har xil ranglarni kodlash
imkoniyatini beradi. Ikki bayt esa 2
16
= 65536 har xil ranglarni kodlash
imkoniyatini beradi. Bu kodlash rejimiga High Color deyiladi. Agar ranglarni
kodlash uchun uch bayt ajratilsa 2
24
≈ 16,5 mln. rangni kodlash mumkin. Bu
rejimga True Color deyiladi.
Rang jilosiga, uning tashkil etuvchi komponentlarga
bo‟lish - rang modeli deyiladi.
Turli rang modellari mavjud, biroq kompyuter
garafikasida asosan 3 tasi ko‟p ishlatiladi. Bular – RGB, CMYK, HSB.