8
majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov
berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir
shunchalik yuqori sifatli bo'ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi
DPI
(Dot
Per Inch -
dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (
1 dyuym=2,54 sm
) nechta
nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur
ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va
kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda
tasvirlanadigan rasmlar
uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki,
mazkur ko'rsatkichni belgilash yoki tanlashda rasional yondashuvdan kelib chiqish
kerak, chunki har bir nuqta xotirada bir bit (agar tasvir oq-qora bo'lsa) joy
egallaydi va ular tasvirda ko'payganida tasvirning xotirada egallaydigan hajmi
ancha katta bo'ladi.
Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari
mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows
operasion tizimi tarkibiga
kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi,
lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli
grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop,
Corel
PhotoPaint va hokazo.
Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo
mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng
imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar
va tizimlar bilan ishlashi.
Fraktal grafika
– bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi.
Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi.
Uning yordamida cheksiz
xar-xil tasvirlarni olish mumkin.
Fraktal grafika
bilan ishlovchi dasturiy
vositalarga misol qilib