• Grafik formatlar GIF
  • Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)




    Download 10,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/50
    Sana23.09.2024
    Hajmi10,45 Mb.
    #272033
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    MathCad, MathLab, Maple
    larni
     
    keltirish mumkin. Fraktal 
    grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik 
    hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‟yin 
    dasturlarini yaratishda ko‟proq qo‟llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar 
    yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o‟zgartirish yordamida har 
    xil rasmlarni olish mumkin.
    Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‟lib, uning vektorli grafikadan 
    farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. 
    Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning 
    uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar 
    o‟zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi. 


     

    Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish 
    uchun qo‟llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir 
    hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. 
    Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli 
    qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‟llaniladi. 
     
    Grafik formatlar 
     
    GIF
    (Graphics Interchange Format) grafik formati –Internetda eng keng 
    tarqalgan grafik format bo‟lib, u Internet tarmoqda birinchi bo‟lib paydo bo‟lgan. 
    Internet tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‟p qismi GIF formatli 
    fayllaridir. 
    GIF tasvirni zichlashtirishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, 
    yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlashtirish jarayoni sifatga ta`sir 
    qilmaydi, ya`ni, zichlashtirishdan keyin olingan tasvir boshlang‟ichi kabi bo‟ladi. 
    Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‟lsa, ularning soni chegaralangan 
    qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o‟tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish 
    bosqichida tasvir sifatiga zarar etkazilishi mumkin.
    GIF da boshlang‟ich tasvirni zichlashtirishda faylning o‟lchamini faqatgina 
    palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish 
    mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik 
    fayllarni zichlashtirishda qo‟llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik 
    format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini 
    taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega. 
    JPEG
    (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ko‟p rangli tasvir 
    fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‟ljallangan bo‟lib, foydalanish darajasi 
    bo‟yicha ikkinchi o‟rinda turuvchi grafik format hisoblanadi. 
    JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‟lgan rangni 
    saqlaydigan tasvirlarni zichlashtirish imkoniyatini beradi. Bunday zichlashtirish 
    tasvirning sifati yo‟qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‟ladi. 
    JPEGda boshlang‟ich tasvirni zichlashtirishda “zichlashtirish darajasi”ni 
    juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “zichlashtirish darajasi” 
    tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, zichlashtirish 
    darajasi qancha yuqori bo‟lsa tasvirning ko‟rinishi boshlang‟ich tasvirga nisbatan 
    shuncha ko‟p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‟p 
    ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarni 
    zichlashtirish uchun mos keladi. Bu format ko‟p hollarda tarmoqda sifatli 


     
    10 
    fototasvir va illyustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, 
    JPEG ranglarning tiniqligini qo‟llamaydi, bu esa uning qo‟llanish sohasini 
    kamaytiradi.
    Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‟zining 
    rivojlanishini 
    davom 
    ettirmoqda, 
    ya`ni 
    grafikaning 
    yuklash 
    jarayonini 
    osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang‟ich 
    tasvir variantlarini ko‟rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab 
    chiqilgan.
    JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm 
    o‟rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, 
    keyin esa uning ustiga to‟liq asosiy tasvir yuklanadi. 
    PNG
    grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish 
    uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati bo‟lib Deflate zichlashtirish 
    algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik 
    tomonlarini o‟zida mujassamlashtirgan. 
    TIF
    grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun 
    ishlab chiqilgan bo‟lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini anglatadi. Bu grafik 
    format etarlicha murakkab bo‟lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning 
    qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli 
    ma`lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‟pgina format fayllari 
    singari uning boshlang‟ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir 
    parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar 
    mavjud bo‟lib ularning qo‟llanilishi ko‟pgina qo‟shimcha funktsiyalarni tashkil 
    etish imkoniyatini beradi. 
    PCX
    grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush, 
    hamda PhotoFinish dasturlarida qo‟llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va 
    ranglar palitra hajmi bo‟yicha chegaralangan bo‟lishiga qaramasdan yaqin
    vaqtgacha ommabop sanalib kelingan. 
    BMP
    grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi 
    tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha 
    katta bo‟lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun 
    xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo‟llaniladi. 

    Download 10,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 10,45 Mb.
    Pdf ko'rish