Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh muammosi




Download 381.87 Kb.
bet2/11
Sana06.06.2023
Hajmi381.87 Kb.
#70417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xisobot 2
lanshaft taksatsiya, 1OBLOJKA, Ma\'lumotlarni kodlash, Diffuziya va osmos hodisasi, Ekologiyaq, Sachratqi o\'simligining dorivorlik xusiyatlari va xalq tabobatid, Men Hayitmurodov Doniyor 2003 – yil 29 –iyun, Avtomobil import boji.doc, ECTS Kредит-Mодуль Тизими, Nigora yangi shaxsiy ish reja 2021-2022. 0.5 stavkadoc (10), Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va sanoatning barcha tarmoqlari, BERKA, 3-topshiriq, 7-mavzu Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam, 08-12-2022 15-26-33
Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh muammosi.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uning a’zolari o‘zarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini alab etadi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko‘p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma’naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir. Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya’ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi.

Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo‘ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo‘lsada, birgalikda qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Bu esa ma’lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin. Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo‘lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va boshqalar. Jamiyatdagi ehtiyojlar o‘zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bo‘lishi, qondirilishi va o‘sishi bir kancha omillarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga; jamiyatning sotsial-iqtisodiy tuzumiga hayot kechirishning tabiiy-jug‘rofiy tarixiy milliy an'analar va odatlar bilan bog‘lanib ketishiga. Agar iqtisodiyot qoloq bo‘lsa ehtiyojlar doirasi tor bo‘ladi, aksincha, iqtisod yuksak bo‘lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo‘ladi. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog‘liq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag‘allarga ajralgan bo‘lsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bo‘lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o‘rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo‘ladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud.
Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o‘xshamaydi. Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni guruhlarga bo‘lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo‘linadi moddiy ehtiyojlar sotsial-ma’naviy ehtiyojlar; mehnat ehtiyoji. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo‘lib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o‘qituvchi, vrach, san’at arbobi xizmatlaridan iborat bo‘lib, ular ma’lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko‘rinishi yo‘q. Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo‘lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir.
Mehnat ehtiyoji insonni o‘zida mujassamlashgan moddiy shaklda Ilmiy ma’ruzada yashil iqtisodiyot tushunchasi, resurslar tanqisligi muammosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) global muammolarga qarashlari, yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurligini baholashdagi asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, Shimoliy Yevropa mintaqasi mamlakatlarining yashil o‘sish indeksi bo‘yicha reytingi ham kiritilgan. Resurslar kamyobligi jamiyat hayotida ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan resurelarning cheklanganligi va tiklanmaydigan resurslarning tobora kamayib borishi. Resurslarning kamyobligi umumiy hodisa boʻlib, inson ehtiyojlarining cheksizligi bilan resurelarining cheklanganligi oʻrtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir.
Ekiladigan yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, mehnatga yaroqli aholi sonining cheklangan boʻlishi, energiya resurelarining yetishmasligi va boshqalarda koʻrinadi. Masalan, keyingi 200 yil ichida Yer kurrasida isteʼmolchilar soni 5 marta koʻpaydi, ammo yer sathi, tabiiy boyliklar koʻpaygani yoʻq. Yer kurrasining
72% okeanlardan iborat, ammo quruqlikning talay qismida yashab boʻlmaydi. Resurslar kamyobligi hodisasi ishlab chiqarishda resurslarni tejovchi texnologiyalarni yaratishga turtki beradi, resurelar sarfining eng tejamli usullari tanlanadi, mahsulot birligini yaratish uchun ketadigan resurs sarflari qisqartiriladi, ehtiyojlarni qondirishning oqilona darajasiga amal qilinadi.


Download 381.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 381.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh muammosi

Download 381.87 Kb.