• KITOBGA QAYTISH yoxud sevimli qahramon sog‘inchi
  • Ahronova suhondon shodmon qizi




    Download 37,01 Kb.
    bet2/2
    Sana16.05.2024
    Hajmi37,01 Kb.
    #237182
    1   2
    Bog'liq
    AKADEMIK YOZUVV

    Badiiy uslub


    Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq uslubi tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) uslub deb yuritiladi. Vazifaviy uslub deganda, tildan farq qiladigan qandaydir alohida narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.

    Vazifaviy uslub nutq koʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy uslublari mavjud: 1) soʻzlashuv uslubi; 2) rasmiy uslub; 3) ilmiy uslub; 4) publitsistik uslub; 5) badiiy uslub. Vazifaviy uslubni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv uslubi — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy uslubning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bilan, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning, ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Masalan, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv uslubiga xos. Soʻzlashuv uslubi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy uslub (rasmiy ish qogʻozlari uslubi) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu uslub boshqa uslubdan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy uslubda soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki, tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliqlikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu uslubdagi gap qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp qoʻllanadi. Rasmiy gap tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy uslubda soʻroq va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Masalan, buyruqda"... soʻm maosh bilan... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.

    Ilmiy uslub — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy uslubdir. Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va shu kabilar bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslub oʻz ichida quyidagi mayda uslublarga boʻlinadi: ilmiy ish uslubi, ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.

    Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabilar belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va shu kabilarda oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlarda tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik uslub baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop uslub", "matbuot uslubi" kabi atamalar bilan ham nomlanadi.

    Badiiy uslub — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va shu kabi belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi, chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy uslubda chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy uslubda oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy uslubning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq uslubidagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga bogʻlik boʻladi. Masalan, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Masalan, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning ma'nodoshlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq uslubida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy uslubda faol qoʻllanishi bu uslubning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

    3 TOPSHIRIQ ESSE YOZISH

    KITOBGA QAYTISH
    yoxud sevimli qahramon sog‘inchi


    1
    …Bolaning otasi unga katta shahardan keltirib bergan sevimli kitobi bo‘lardi. U kitobini hammadan qizg‘anar, rasmlarini qayta-qayta tomosha qilar, yotsa-tursa undan ayro tushmasdi. Kitob muqovasidagi ot suratini go‘yo tirikka, qanot chiqarib parvoz etish taraddudida turganga, unga otlangan, qo‘liga nayza ushlab, egniga sovut kiygan, sadoq, o‘q-yoy, qilich taqqan suvoriyni yog‘iylariga haybat otayotganga mengzardi.
    Bola yirik-yirik harflar bilan “Go‘ro‘g‘li” degan bitik bitilgan ushbu kitobini boshqalaridan (otasi o‘qituvchi emasmi, uylarida kitoblar ko‘p, juda ko‘p edi) yaxshi ko‘rar, duch kelgan sahifasini ochib o‘qiyverar, voqealarini deyarli yod olgan, mutolaa chog‘ida sevimli qahramoni va uning qirq yigiti zafar qozonsa, masrur bo‘lgani, mushkul ahvolga duch kelishganida qayg‘uga botgani qiyofa o‘zgarishidan sezilib turardi…
    Inson – buyuk kashfiyotchi. Uning bu iqtidori ilk ajdodlari zaminga qadam tashlagan davrdayoq tabiat g‘aroyibotlari (momaqaldiroq guldurosi, yashin chaqnashi, yer silkinishi, bahaybat hayvonlar hujumi va boshqalar) oldida ojizlikdan zir qaqshasa-da, tosh toshga urilganida uchqun chiqishini anglab, tamaddunning birinchi mahsuli – chaqmoqtoshni kashf etganidayoq namoyon bo‘lgandi. Eh-he-yey, o‘shandan buyon inson nimalarni orzulab, uning aql-zakovati o‘z turmush tarzini yaxshilash niyatida nimalarni ixtiro qilmadi deysiz? Qachonlardir inson xohish-irodasi sifatida ertagu dostonlarda ifodasini topgan “uchar gilam”lar, yuziga qarasang mag‘ribu-mashriq namoyon bo‘ladigan “oynai jahon”lar… bari-barisi allaqachon oddiy haqiqatlarga aylanib ulgurdi. Murakkab ixtirolar o‘z nomi bilan murakkab, oddiygina loy zuvaladan tiklangan uylardagi tokcha, daricha va taxmon degan nimarsalar ham o‘z istiqomatchisining biron kor-holiga asqatardi. Masalan, taxmonga ko‘rpa-to‘shak, kundalik ehtiyoj uchun zarur sopol, chinni idishlar terilsa, daricha yozning avj jaziramasida ochib qo‘yilib, xona havosini tozalar, kuz, qish oylarida tashqi tomondan suvalib, tokchasiga mayda-chuyda buyumlar terib qo‘yilardi. So‘nggi yuz yillik ixtirolari eng ovloq, chekka aholi manzilgohlarigacha yetib kelgach, taxmon o‘rnini hashamdor javonlar, daricha vazifasini ulardan ko‘ra qulay bo‘lgan elektr yelpig‘ich, sovutgichlar egalladi. Vazifasini o‘tab, allaqachon unut bo‘lgan mazkur qurilmalar haqida so‘z yuritishdan maqsadim bolalik yillarini eslab, shu bahonada kitob, kitobxonlik to‘g‘risida o‘z mulohazalarimni bayon etishdan iborat edi, xolos.
    Angladim, “Unutilgan qurilmalar bilan kitob, kitobxonlikning o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?” degan savol navqiron o‘quvchini ajablantirgani aniq. Mayli, sabringizni sinovdan o‘tkazib o‘tirmay sirni ochib qo‘yaqolay. Bir vaqtlar ana shu taxmon, tokchada boshqa buyumlar qatori qo‘lma-qo‘l o‘taverganidan sahifalari sarg‘ayib, muqovasi titilib ketgan Yassaviy, Navoiy, Bedil, Maxtumquli, Mashrab devonlari, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish” va boshqa dostonlar, “O‘zbek xalq ertaklari” kabi kitoblar turar, qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilib, ularni eng burro bolaga o‘qitishar, uzun qish kechalarining tim qora sochini kitobxonlik qilib oqartirishardi. Shunday suhbatlarda “Falonchida falon kitob bor ekan”, degan gap iftixor ruhi bilan aytilar, kishilarning bilimdonligi qancha asar mutolaa etganligi, nechta g‘azalni yod olganligi bilan baholanar, kitob, kitobxonlik inson bezagi sanalardi.
    Botir bobo degan yoshi yetmishdan oshgan qo‘shnimiz bo‘lardi. Nafaqaga chiqqan bo‘lsa-da, maktabda qorovul bo‘lib ishlardi. U paytlar qishloqda quduq suvi iste’mol qilinar, qariyb yarim chaqirim masofadan tashib kelingani bois isrof qilinmasligi uchun suv to‘ldirilgan chelak darvoza oldidagi qorovulxonada turardi. Qay birimiz chanqoq qondirish niyatida shu mo‘’jaz hujraga kirsak, Botir bobo tokchada turgan kitobni olardi-da, buklab qo‘yilgan sahifasini ochib:
    — Qani, “ikkichi” yoki “a’lochi” ekanligingni sinaymiz, — deb ko‘rsatkich barmog‘ini kitob sahifasiga nuqirdi. — Mana shu yerdan sharillatib o‘qi-chi!
    Biz Botir boboning maqtovini eshitish ilinjidami yoki kitob voqealari o‘ziga tortarmidi, uch-to‘rt sahifani bir zumda o‘qib tashlardik.
    — Mayli, darsingga kechikma, — derdi jon qulog‘i bilan tinglab turgan Botir bobo bizning darsga kechikib qolayotganimizni o‘ylab, — tag‘in ustozing menga urishib yurmasin, lekin savodingga gap yo‘q ekan, nasib etsa, sendan zo‘r muallim chiqadi.
    U kishi savodxon bola vaqt kelib albatta muallim bo‘lishiga ishonardi. Oradan yillar o‘tib, bolalik xotiralarimni titkilaganimda Botir bobo uchun o‘shanda savodxonligimizni sinash bir bahona bo‘lganini, alifdan xabarsiz otaxon shu asno o‘zini qiziqtirgan kitobni o‘qitib huzur qilganligini anglayman.
    2
    …Bola batamom kitobning sehrli olamiga g‘arq bo‘lgan, endi ardoqli qahramonlari uning nafaqat hushini, balki tushini ham zabt etgandi. U uyqusida ham kutilmaganda qiyqirib yuboradigan, sakrab o‘rnidan turib ketadigan odat chiqardi.
    — Yosh bolaning ko‘p kitob o‘qishi bexosiyat bo‘ladi, shugina bolani kitob ushlamaydigan qilinglar, deb xudoning zorini qildim, quloq solmadinglar, mana oqibati, hademay u savdoyi bo‘lib qoladi.
    Ota-onasi buvisining diydiyolariga dosh berisholmadi. Bir kuni tong uyqusini tark etgan bola yostig‘i ostidan sevimli kitobini topolmadi. “Balki biron joyga yashirib qo‘yishgandir”, degan xayolda titkilamagan yeri qolmadi, oxir-oqibat tandir ichidan kitobni emas, yonmay qolgan bir parcha muqovani topdi. O‘sha kundan boshlab sevimli kitobidan ayro tushgan bola odamovi bo‘lib qoldi, hatto isitmasi ko‘tarilib, xastalik to‘shagiga mixlandi…
    Bundan qariyb o‘ttiz besh yil muqaddam to‘rt aka-uka kayvoni otamizning taklifi bilan bittadan farzandimizning sunnat to‘yini birgalikda o‘tkazgandik. O‘zbekchilik, biron kishi to‘yxonaga quruq qo‘l bilan kelmaydi, kimdir ho‘kiz, qo‘y-echki yetaklagan, kimdir cho‘ntagimizga besh-o‘n so‘m tiqib ketayapti, to‘yona keltirmagani belini bog‘lab xizmat qilayapti, “to‘y boshlanguncha egasiniki, boshlangandan so‘ng elniki”, deb bejizga aytishmaydi-da. Tungi to‘y davrasi ayni qizigan palla uringangina kostyum-shim sira egnidan tushmaydigan keksa o‘qituvchi so‘z oldi. Muallim emasmi, shiringina tilak bildirdi, so‘ngra to‘rtala to‘ybolani yoniga chorlab:
    — Kam bo‘lsa-da, ko‘p o‘rnida ko‘rasizlar, bolalarim, — deb har birining qo‘liga hafsala bilan ichiga nimadir o‘ralgan qog‘oz bo‘xcha topshirdi. Davraning u yer, bu yerida shivir-shivir boshlandi:
    — Domla nima berdi ekan?
    — Nima bo‘lardi, kitobdir-da, — shang‘illadi kimdir. — Men to‘y berganimdayam o‘g‘limga kitob keltirgandi qurumsoq.
    Davradagilar otaxonning ustidan oshkora kulishdi.
    Bu istehzoli qochirimda jon bor edi. Haqiqatdan ham “qizil imperiya” mustahkam ildiz otgan yillarda oliygohga kirib o‘qish, amal pillapoyasidan dadil odimlash aksariyat hollarda savodxonlikka emas, jonkuyar otaning jamiyatda tutgan nufuzi yoki “pulsevar” tanishi borligiga bog‘liq bo‘lib qolgandi. Masala shu darajagacha o‘sib yetdiki, jahon adabiyotining noyob asarlarini topish ham u yoki bu darajada shaxsning jamiyatda egallagan nufuziga borib taqaldi.
    Oliygohda tahsil olayotgan davrimda otasi viloyatda rahbar bo‘lib ishlaydigan bir tanishimnikiga mehmonga borib qoldim. E’tiborim xona to‘ridagi javonni bezab turgan bir xil muqovali, qancha urinsam ham men qo‘lga kirita olmaydigan kitoblarga tushib, og‘zim lang ochildi. Shosha-pisha havasimni keltirgan kitoblardan birini olib varaqlashga tushganimda tanishim dakki berdi:
    — Kitobni joyiga qo‘y, onam ko‘rsa, urishib beradi.
    — Nega? — so‘radim hayron qolib, — nahot sizlar shunday ajoyib kitoblarni o‘qimasangiz?
    Tanishim befarq burnini jiyirdi:
    — Kitob o‘qishga vaqt qayda, bekor paytimiz ana, televizor ko‘ramiz.
    Bilsam, bu kitoblar xona bezagi uchun xarid qilingan ekan.
    Shu tariqa kitob, kitobxonlik chekinib bordi. Aksariyatimiz bugun ko‘cha-ko‘yda kitob qo‘ltiqlagan kishini uchratsak:
    — Tavba, hozirgi zamonda ham kitob o‘qiydigan odam bo‘larkan-da, — deb burun jiyiradigan darajaga yetdik, go‘yo o‘tmish ajdodlarimiz uzun tunlarni kitob titkilab, bedilxonlik, navoiyxonlik qilib o‘tkazishgani unut bo‘lgandek.
    3
    …Bola tush ko‘rdi, tushida Go‘ro‘g‘li sardor G‘irko‘k otida uning ahvolidan xabar olishga kelgan emish. Ko‘zlariga ishonish-ishonmasligini bilmagan bolakay o‘zini sevimli qahramoni quchog‘iga otibdi:
    — Nahotki bu siz, o‘zingiz bo‘lsangiz?
    — Ha qo‘zichog‘im, bir ko‘rib ketay deb kelgandim, ayt-chi, senga nima bo‘ldi?
    — Kitobimni olib qo‘yishdi.
    — Shunga shunchami, yur, seni G‘irko‘k otimga mindirib, kitoblar mamlakatiga olib ketaman.
    Bola sevinchdan irg‘ishlab, sevimli qahramoni otiga mingashibdi.
    Ular osmonu falakka parvoz qilishibdi…
    Bola qop-qora terga botib, to‘shagida to‘lg‘onayotganida momosi uning yelkasidan mayin silkitib uyg‘otdi:
    — Tur bolam, mana ko‘r, otang shahardan senga nima keltirganini.
    Ko‘zlarini mushti bilan artib ochgan bola momosi avaylab ushlab turgan, muqovasiga gard tushmagan “Go‘ro‘g‘li” kitobini ko‘rib, sevinchdan irg‘ib turdi…
    Bugun mamlakatimizda noshirlik ishi misli qo‘rilmagan darajada yuksaldi. Endi davr talabini anglab, o‘zi chiqarayotgan mahsulot nafaqat mazmuni, balki dizayni (bezatilishi) jihatidan ham kishini o‘ziga jalb etadigan bo‘lishini ta’minlay olgan nashriyotgina raqobatga dosh bera oladi. Shu bois xohlagan asaringizning sarxil muqova va bezakda nashr etilganini astoydil izlasangiz topish imkoni bor. Tag‘in bir qulaylik, taraqqiyot mahsuli bo‘lmish virtual kutubxonalar kitob o‘rnini zabt etayapti. Yaqinda shaharga tushib kelgan bir hamkasbim do‘konlarda yaxshi kitob ko‘p ekanidan gap ochib qoldi.
    — Istagan kitobingiz bor, faqat pulga ko‘zingiz qiysa bas.
    To‘g‘ri, bozor iqtisodiyoti ko‘pchiligimizni moddiyunchi qilib qo‘ygani rost, ammo qalbga malham bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga yetaklaydigan kitobdan pul qizg‘anish, ayniqsa, o‘qituvchi shaxsi uchun noo‘rin.
    — Siz qanday kitoblar oldingiz? — so‘radim o‘smoqchilab.
    — Bir-ikki sarguzasht asarlar, nomlari esimda yo‘q.
    — Hech bo‘lmasa, muallifini eslab qolgandirsiz?
    — Qayerda, ilgari eshitgan yozuvchim emas…
    …Bir kuni yirik shaharlardan biridagi kitob do‘konida yoshlar va kitob, kitobxonlik mavzusida ko‘rsatuv tasvirga olinayotgani ustidan chiqib qoldim. Yoshgina telemuxbir bilan ikki-uch tengdoshi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan savol-javobni aynan keltiraman:
    — Ayting-chi, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi?
    — Albatta, bo‘sh vaqtlarimda kitob o‘qish — xobbim, — javob berdi birinchi muxlis.
    — Qanday asarlarni o‘qigansiz?
    — “O‘tgan kunlar”ni… Bosh qahramoni kim edi, haligi, ha-ya, endi esladim, Anvar, ha shunday edi, shekilli…
    Suhbatga ikkinchi muxlis aralashdi:
    — Men “Qil ustidagi taqdirlar”ni, yana Ahad Qayumning she’r kitobini o‘qiganman.
    To‘g‘ri, muxbir qiz tengdoshlarining ayrim xatolarini ustalik bilan to‘g‘rilab yuborishga urindi, ammo “zo‘raki kitobxonlik” bot-bot o‘zini fosh qilaverdi, g‘alati tomoshaga qarab turishga ham sabrim chidamay, kitob do‘konini tark etdim.
    Bu misolni “odamlar kitob o‘qimayapti”, degan iddao uchun keltirmadim. Bugun odamlar kitobga qaytayapti, ammo ular, ayniqsa adabiyotning sehrli olamiga tetapoya qilayotgan yoshlar nimani mutolaa qilishayapti — masalaning shu tomoniga e’tibor qaratish lozim. Ochig‘i, hamma nashriyotlar ham badiiy saviyasi yuksak asarlarni nashr etayapti deb bo‘lmaydi, lekin bu sohani biznesga aylantirayotgan noshirlarni yuqoridan berilgan ko‘rsatma bilan to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmaydi. Tadbirkor o‘z biznesini kishilarning ehtiyojiga qarab moslaydi. Shu bois yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ma’naviyat va ma’rifat kishilari ularning ongiga kitob o‘qish madaniyatini singdirishi har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    Download 37,01 Kb.
    1   2




    Download 37,01 Kb.