|
Akademik litseylar fizika kursida
|
bet | 5/7 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 166,05 Kb. | | #257132 |
Bog'liq Ismoilov BoburBeshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir!
Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o’tilgan beshta sababiy shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir. Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida maxsus tadqiqotlar olib borishni ko’zda tutadi. Shuni aytish joizki, ta’lim texnologiyalari pedagogika ilmining tadqiqot obyekti sifatida, aniq fanlarni o’qitish uslubi bo’libgina qolmay, ijtimoiy fanlarni o’qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi lozim.
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqiy kundan-kunga ortib bormoqda. O’zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy sohalardа aloqalar o’rnatdilar. Natijada yurtimizga ilg’or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatori jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib keldi. Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni o’rganib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi xolatidan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyasini yaratish lozim.
Texnologiya, deganda, subyekt tomonidan obyektga kursatilgan ta’sir natijasida subektni sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yunaltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni kuzda tutadi.
Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin.
Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zaruriyatini V.P.Bespalko quyidagicha izohlaydi: “Pedagogik texnalogiya -bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir”. Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: “Pedagogik texnalogiya-avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir”,- degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. “Pedagogik texnalogiya-o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”,-deydi. M.V Klarin fikricha, pedagogik texnalogiya-o’quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyixalashdir.
O’zbekistonlik pedagog olimlar B.L.Farberman, N.Saidaxmedov va М.Ochilovlarning fikricha pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkun: pedagogik texnalogiya ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning pedagogik texnalogiya loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadek.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so’zsiz, o’quv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o’zaro funksional bog’liqlikda bo’lib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon tizimini tashkil qiladi. pedagogik jarayon tizimining muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi.
|
| |