Akademik litseylar fizika ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya asosida tashkil etish mexanika bo‘limi misolida




Download 166,05 Kb.
bet6/7
Sana29.05.2024
Hajmi166,05 Kb.
#257132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ismoilov Bobur

2.2 Akademik litseylar fizika ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya asosida tashkil etish mexanika bo‘limi misolida
Mexanika fizikaning tarixan birinchi paydo bo’lgan bo’limidir. Mexanika taraqqiyotida eksperimental dalil va ayrim nazariy fikrlarni to’plash va sistemaga solish, fizikaning boshqa sohalaridagidan ko’ra tezroq yagona nazariya bilan almashdi. Bu yagona nazariya Galiley va Nyuton asarlari natijasida paydo bo’ldi va u turli mamlakatlarning olimlari tomonidan rivojlantirildi. Mexanik harakat -jismlarning fazoda va vaqtda bir -biriga nisbatan ko’chishi fizikada o’rganiladigan harakatlarning eng oddiy formasidir. Mexanikani, uning eng muhim tushuncha va qonunlarini o’rganib olmasdan turib issiqlik, elektr, hodisalarini ongli o’zlashtirish mumkin emas. Mutlaqo ravshanki, harakatning murakkabroq formalari bo’lmish issiqlik, elektr, tovush, atomlarda sodir bo’ladigan xodisalarni o’quvchilar mexanikada o’rganiladigan eng sodda harakat formasining asosiy va eng xarakterli tomonlarini o’zlashtirib olganlaridan so’ng o’rganilishi lozim. Nihoyat mexanik harakat harakatning sifat tomondan ancha murakkab formalarida qatnashadi, ammo ularning o’rnini bosa olmaydi. Soddadan murakkabga degan didaktik prinsip fizika kursi strukturasiga tatbiq etilganda fizikani mexanikadan boshlab o’rganishni talab qiladi. Mexanikadan olingan ma’lumotlar fizika kursining boshqa bo’limlarini o’rganishda mutlaqo zarurdir. Mexanikadagi tushunchalarni bilmasdan turib fizikani o’rganish alifbeni o’rganmasdan turib kitob o’qishga o’rganish bilan bir xil bo’ladi. Xaqiqatan xam issiqlik hodisalarining mexanizmini, tabiatini o’rganish uchun modda tuzilishining molekulyar - kinetik nazariyasida mexanika tushunchalari va qonuniyatlaridan molekulalarning kinetik va potensial energiyasi, jism impulsi (harakat miqdori) va uning saqlanish qonuni, kuchning dinamik talqin qiliinshi va boshqalar kabi tushuncha va qonuniyatlardan keng foydalaniladi. Elektr maydoni, magnit maydoni va elektromagnit maydon xossalarini o’rganishda kuch, massa, ish va energiya tushunchalarini bilish kerak va hokazo. Mexanikani o’rganish davomida modda xaqidagi tushuncha rivojlantirib borilib, fizikaning keyingi bo’limlarida ularning tuzilishlari o’rganib boriladi. Undan tashqari maydon tushunchasi xam kiritilib (elektrni o’rganish vaqtida) u haqidagi tasavvurlar xam rivojlantirib boriladi. Mexanik harakatni o’rganish vaqtida bu harakat vaqt o’tishi bilan fazoda yuz beradi, degan fikr ham tushuntiriladi. Moddaning fazoda va vaqtda harakatlanishi to’g’risidagi tasavvurlar kursning boshida eng sodda va ko’rgazmali misollarda aniq va tushunarli qilib beriladi. Keyinchalik harakatning murakkabroq formalarini o’rganishda bu tasavvurlar rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi. Mexanikani o’rganishda uning eksperimental asoslarini kuchaytirish kerak. Mexanikani eksperiment asosida o’rganish quyidagilarni ko’zda tutadi: asosiy hodisalar tajribalarda o’rganiladi, fizik qonunlarning chiqarilishi ana shu tajribalarga tayanadi, tushunchalarning tarkib topishi tajribalarga va o’lchashlarga asoslanadi. Mexanika tajriba asosida o’rganilganda o’quvchilar mexanik hodisa, qonun, tushunchalar va ularning tadbiq etilishi to’g’risida qat’iy bilimlar oladilar. Umumiy xulosalardan qat’iy faktlarni ko’ra biladigan bo’ladilar, turli hollarda fizik kattaliklarning son qiymatlarini “seza” biladigan bo’ladilar. Kuchlarni dinamometlar bilan, harakat tezligi va tezlanishni ustiga tomizgich o’rnatilgan aravacha bilan yoki tezlikni spidometr bilan, jismlarning aylanish chastotasini taxometr bilan va boshqa fizik kattaliklarni qayta-qayta o’lchash natijasida o’quvchilarda har - xil kuchlar, tezliklar, tezlanishlar, massalar, aylanish chastotalari va shu kabilarni chamalab aniqlay bilish malakalari hosil bo’ladi. Bular o’quvchilarning mexanikadan olgan bilimlarida formalizmga yo’l qo’ymaydi. Tajribadan olingan dalillar (faktlar) umumiy fizik nazariya bilan maxkam aloqada bo’lishini nazarda tutish kerak. Fizik nazariyasiz bilimlar sistemasi bo’lishi mumkin emas. Mexanikada fizikaning bu bo’limining butun o’quv materialini birlashtiruvchi asosiy fizik nazariya Nyuton dinamikasining uch qonuni va saqlanish qonunlaridir. Mexanikani o’qitish jarayonida fizika fanining bilish “instrumenti” (asbobi) bo’lgan asosiy tushunchalar (massa, kuch, impuls, energiya, ...), fizik nazariya (Nyuton qonunlari), umumlashtirish (butun olam tortishish qonuni, saqlanish qonunlar) va mexanik sistemalarning muvozanati bilan o’quvchilarni tanishtiriladi. Mexanikani o’qitish jarayonida o’quvchilarning dunyoqarashlarini, politexnik bilim va malakalarini to’g’ri shakllantirib boriladi. Ular siyosiy-g’oyaviy, vatanparvarlik, baynalminal ruhida tarbiyalanadilar. Mexanikani o’rganish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy, nazariy, ilmiy-texnik fikrlashlari rivojlanadi. Mexanik harakatlarni o’rganishning turli uslublari mavjud bo’lib, ulardan biri harakatni bosib o’tilgan yo’l orqali tasvirlash bo’lsa, ikkinchisi harakatni radius vektor orqali tasvirlashdir. Maktabda moddiy nuqtaning o’rnini koordinatalar yordamida (radius-vektorining koordinata o’qlariga proektsiyalari orqali) aniqlanadi. Moddiy nuqta o’rnining o’zgarishini ko’chish orqali aniqlanadi. Kollej va litseylarda kinematik kattaliklarning (ko’chish, tezlik, tezlanish) vektor xarakterini o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari lozim, chunki u dinamikada harakatning asosiy qonunlarini o’rganishda zarurdir: harakat tenglamalarini vektor ko’rinishda yozish dinamika masalalarini fizik mohiyatini ochish imkoniyatini beradi. Harakatni tasvirlashda radius-vektorni vaqt yoki koordinata funktsiyasi sifatida qarab kinematik kattaliklarni vektor kattaliklar sifatida kiritish mumkin. Shuning uchun kollej va litseylarda vetkor kattaliklar bilan ishlashga ko’p axamiyat beriladi va xarakatni tasvirlashda koordinat uslubi, ya’ni ikkinchi uslub tanlanadi. Koordinat uslubi sanoq sistemasi va harakatning nisbiyligi haqidagi tasavvurlar bilan mustaxkam bog’langandir. Koordinat uslubdan foydalanib vektor kattaliklarni koordinata o’qlariga proyektsiyalarini olish orqali harakatni tekislikdagi yoki to’g’ri chiziqli harkatlarga keltirib o’rganish mumkin. Kollej va litseylarda mexanikani koordinat uslubida o’rganish asosiy tushuncha va qonunlarni ta’riflashni fandagi ta’riflanishiga yaqinlashtiradi; fizika bilan matematikaning bog’lanishini kuchaytiradi, bilimni umumlashtirish darajasini ko’taradi. Kollej va litseylarning fizika kursida kinematika bo’limi birinchi o’rganilib, unda to’g’ri chiziqli tekis, tekis o’zgaruvchan va aylana bo’ylab tekis harakatlar va ularning harakteristikalari o’rganiladi. Avval kinematikaning kirish qismida mexanik harakat, sanoq sistemasi, harakatning nisbiyligi, fazo va vaqt, harakatni o’rganish bosqichlari, moddiy nuqta, traektoriya, yo’l va ko’chish, ilgarilanma harakat, vektorlar ustida amallar ko’rib chiqilib, keyin to’g’ri chiziqli harakatni o’rganishga o’tiladi. Bu va boshqa tushunchalar darslikda yaxshi berilgan bo’lishiga qaramasdan ularning ba’zi birlariga metodik tavsiyalar berib o’tishni lozim topdik.
1) Mexanik harakat haqida tushuncha berish vaqtida jismning harakatini o’rganish uning vaziyatini vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishini bilshni anglatilishini, agar bu o’zgarish ma’lum bo’lsa, jismning istalgan paytdagi vaziyatini bilish mumkin ekanligini, mexanikaning asosiy masalasi ana shundan - jismning istalgan paytdagi vaziyatini aniqlashdan - iborat ekanligini, mexanikaning asosiy masalasini hal qilish uchun jism qanday harakat qilishini, qanday harakatda jismning vaziyati vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishini qisqa va aniq ko’rsata bilish kerakligi, ya’ni mexanik xarakatni ifodalaydigan kattaliklar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash lozimligi, buni esa kinematikada ko’rib chiqishimizni aytib o’tamiz.
a) Sanoq sistemasi haqidagi tushunchani berish vaqtida quyidagilarni qo’shimcha qilib ketish maqsadga muvofiq: agar jism to’g`ri chiziq bo’ylab harakat qilsa uning harakatini bitta koordinata o’qi yordamida o’rganish mumkinligi, agar jism biror tekislikda harakat qilsa uning harakatini ikkita koordinata o’qi yordamida o’rganish mumkinligi; agarda jism fazoda ixtiyoriy yo’nalishlar bo’ylab harakat qilsa uning harakatini uchta koordinata o’qi yordamida o’rganilishini aytib, misollar keltirib chizmalar yordamida tushuntiramiz
b) Harakatning nisbiyligini tushuntirishda quyidagicha tajribadan foydalanish yaxshi natija beradi.
d) Jismlarning harakat qonunlarini o’rganishda fazo va vaqt tushunchalarini aniq tasavvur qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, hamma moddiy jismlar hajmga ega bo’lganliklari uchun ular muayyan joyni egallaydi va birbirlariga nisbatan qandaydir tarzda joylashgan bo’ladi. Jism o’z harakati tufayli vaziyatlarini (o’rinlarini) o’zgartiradi. Bu o’zgarish, tabiiyki, fazoda sodir bo’ladi va ma’lum vaqt oralig’ida amalga oshadi. Har qanday mexanikaviy jarayon biror vaqt oralig’ida fazoda sodir bo’ladi. Vaqt-hodisalarning ketma-ket o’zgarish tartibini ifodalaydigan fizik kattalikdir. Jismlar harakatini fazo va vaqtdan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham jismlarning mavjudligi va ularning harakatlari fazoda va vaqt ichida sodir bo’ladi, deb qaraladi. Nyutonning nuqtai nazarida fazo va vaqt mutlaqdir: Fazo bir jinsli bo’lib, hamma yo’nalishlarda xususiyatlari bir xildir, vaqt tashqi muhitga va jism harakatiga bog’liq bo’lmagan holda bir tekis o’tadi. Relyativistik mexanika vaqt va fazo haqidagi fikrni bir oz o’zgartirish lozimligini ko’rsatadi. Nyuton mexanikasi relyativistik mexanikaning xususiy xoli ekanini (kvant mexanikasining ham xususiy holi ekanini) tushuntirib o’tamiz.
e) Moddiy nuqta haqida tushuncha berayotganimizda o’quvchilar ko’rgan va idrok qiladigan misollardan ko’proq keltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, poezdni Toshkentdan Andijonga ketayotganda moddiy nuqta deb qarash mumkinligini, lekin u daryo ko’prigidan o’tayotganda ko’prikka nisbatan moddiy nuqta deb bo’lmasligini, o’quvchi uyida gimnastika qilayotganda moddiy nuqta bo’lmasligi, uyidan maktabga ketayotganda moddiy nuqta deb qarash mumkinligi tushuntiramiz.
f) Ko’chish va yo’l haqida tushuncha berilayotganda harakatlanayotgan jismning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlarini o’quvchilar to’g’ri tasavvur qilishlari lozim, aks holda ular jismning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlari deganda uning tinch turgan va to’xtagan paytdagi vaziyatlarini tushunadilar. Harakatlanayotgan jismning harakatini kuzatishga boshlangan paytdagi vaziyatini boshlang’ich vaziyati, harakatni kuzatishni tugatgan paytdagi vaziyatini oxirgi vaziyat deb yuritilishini chizmalar yordamida tushuntiramiz. Shundan keyin yo’l va ko’chishini ta’rifini berib, yo’l skalyar, ko’chish vektor kattalik ekanini uqdiramiz.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
1. O‘quvchilarni kuzatish, o‘lchash va tajriba o‘tkazishning asosiy uslublari bilan tanishtirish bilan birga fizika amaliyotidagi fizikaviy namoyishlar va laborotoriya amaliy ishlarini o‘quv-chilarning qobiliyatlari va intellektual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlash.
2. Fizikani o‘qitish jarayonida faqat tajribalarga asos-lanmasdan, balki fizikaviy nazariyani ham aniq bir mavzutik ko‘rinishda taqdim etib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini xoh fizika sohasida, xoh fizika bilan chegaradosh bo‘lgan boshqa fanlar sohasida amaliy vazifalarni yechishda qo‘llashga o‘rganish. Fizika fani yetarli darajada matematik saviyada va fanlar aro chegaralarni aniq ko‘rsatish imkonini beruvchi doirada yoritilishi lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
-o‘quvchilarga fizikaviy qonunlar va tamoyillarni ularning matematik ifodalari bilan yetkazish;
-o‘quvchilarni fizikaviy hodisalar, fizik kattaliklarni aniq o‘lchamining asosiy usullari, tajribada olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, muhim fizik asbob uskunalar bilan ishlash, malakalarini oshirish, bu ishlarda kompyuterdan foydalanish usullari bilan tanishtirish;
-o‘quvchilarda tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini hosil qilish. Ularni fizikaviy tajribalarini avtomatlashtirishining asosiy tamoyillari bilan tanishtirish, fizikaviy g‘oyalarni to‘g‘ri o‘rganish, fizik masalalarni miqdoriy to‘g‘ri yechish;
-o‘quvchilarga fizika rivojlanishining muhim bosqichlarida o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissalari va tutgan o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berilishi shart.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham akademik litsey bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar ham zamon talablariga mos saviyada bo‘ladi. Akademik litsey bitiruv-chilari fizika ta’lim sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bo‘lmog‘i lozim :
-fizika va unga yaqin bo‘lgan fanlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifani hal etishda fizika qonunlarini bilish bilan birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qo‘llay olish;
-asosiy fizikaviy o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish, sodda amaliy vazifalarni qo‘yish va ularni yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholay bilish hamda umumiy xulosalar chiqarish;
-o‘qish davomida o‘quv va qo’shimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish.
Fizika kursining tuzilishi va mazmuni: Majburiy va majburiy ixtiyoriy ta’lim tizimida fizika o‘qitishning ahamiyati shundan iboratki, bunda fizika-jonsiz tabiat qonunlarini o‘rgatadigan asosiy-tabiiy fanlardan biridir. Olam doimiy o‘zaro ta’sirda va uzluksiz harakatda bo‘lgan moddiy jismlar majmuasidan iborat. Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha hodisalar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli hodisalar orasidan qonuniy bog’lanishni ochish va o‘rganish har qanday fan tarmog’ining bosh maqsadi hisoblanadi. Jismlarning harakati va o‘zaro ta’sir, issiqlik, elektromagnit hodisalar qonunlarining tahlili fizikaga taalluqlidir.
Fizikada o‘rganiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegarasini aniqlash juda qiyin. Faqat bir narsani aytish mumkin: yangi kashfiyotlar, texnikaviy tadqiqotlarning yangi-yangi sohalari bu chegarani yildan-yilga kengaytirmoqda. Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jismlar fizikasi, gaz va suyuqliklar dinamikasi kabi yangi bo‘limlari yaratilmoqda. Bular maktab va o‘rta maxsus ta’limida fizikaning boshlang’ich tushunchalar kursida o‘zining aksini topgan. Maktab fizika kursining asosiy maqsadi, oddiy fizika bilimlari bilan bir qatorda hozirgi zamon fizikasi bilimlarini o‘quvchilar ongiga singdirishdir. Fizikaga oid asosiy qonunlar va hodisalarni o‘rganmay turib, jamiyat rivojlanishini, taraqqiyotini tushunib yetish mumkin emas. Chunki tabiat hodisalari asosini fizik qonunlar egallaydi. Ularni maktabda o‘rganish hamma pedagogik talablar asosida olib boriladi.
Maktab fizika kursining reformasi, undagi asosiy g‘oyalar-1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi qarorida e’lon qilindi va O’zbekistonda ta’lim maz-munini, tarkibini isloh qilish bosh masala qilib belgilandi. Natijada, barcha fanlar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Fizika o’qitishning yangi standarti va dasturi ham 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab ishlay boshladi. Fizikaning yangi dasturi eski-laridagi mazmuni bilangina farq qilmaydi (bu jihatdan olganda u oldingilardan kam farq qiladi). Uning asosiy farqi tuzilishda, o‘quv materialining joylashtirilishida, materialning ilmiy va o‘quv aha-miyatini qayta baholashda, butun o‘quv materialining asosiy va ikkinchi darajasi materialga juda aniq ajratilishida hamda ikkinchi darajali materiallarning ancha kamaytirilishidadir. Yangi dasturda jismlarning ichki tuzilishi va undan kelib chiqadigan xossalari o‘rganiladigan bo‘limlar ancha kuchaytirilgan. Dasturdagi yangilik shundan iboratki, maktab fizika kursini o‘rganish 7-sinfdan emas, balki, 6-sinfdan boshlanadi. Yangi darslik ham oldingisidan jiddiy farq qiladi. Yangi darslikda “Kirish”dan sung, “Harakat va jism-larning o‘zaro ta’siri” mavzusi bayon etiladi. Butun o‘quv materiali darsliklarda ikkiga; asosiy va qo‘shimcha qismlarga bo‘lingan. Fizikaning o‘quvchilar o‘zlashtirib olishi lozim bo‘lgan muhim nazariy va amaliy masalalari standart va dasturning asosiy qismiga kiritilgan. Qo‘shimcha qismga majburiy majmuadan chetdagi ayrim nazariy masalalar, ko‘pincha texnik qurilmalarning tavsiflari, tarixiy materiallar kiritilgan. Bob oxirida o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, yechish uchun sifatiy va miqdoriy masalalar berilgan. Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, laboratoriya matnlari kabi ma’lumotlar ham kiritilgan. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim maktablari fizika kursining ilmiy saviyasi. Umumta’lim va o‘rta maxsus maktablarda fizikaviy ta’lim shunday fizikaviy bilimlar sistemasidirki, u fundamental ilmiy tushunchalarni shakllantirish, asosiy fizikaviy qonun va nazariyalarni o‘zlashtirish, shuningdek, fizika metodlarini (eksperemental va nazariy) tushunishni ta’minlaydi. Bu sistemada o‘quvchilar bevosita fizika fanining mazmunidan kelib chiqadigan politexnikaviy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar, yana bu sistema keng ko‘lamda tabiat va texnika hodisalarini urganish va amaliy muhim masalalarni hal qilishda o‘z bilimlarini qo‘llash sohasida eksperemental malaka va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Fizikaviy bilimlar sistemasi o‘quvchilarning dialektik dunyoqarashlarni, tafakkurini va ijodkorligini rivojlanishini nazarda tutadi. O‘qitish jarayonida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiradi. Akademik litseyning dasturida klassik fizika tushunchalarining ilmiyligi oshirilgan. Masalan: “Mexanika” bo‘limini o‘qitishda qator fizikaviy kattaliklarning quyidagi shartlar yangi darsliklarda hisobga olingan (tezlik, tezlanish, kuch, impuls) vektor harakat haqidagi tushunchalarga kengroq e’tibor berish; molekulyar fizikada o‘quvchilarda statistik tasavvurlarni shakllantirish; elektrodinamikada Lorents kuchi tushunchasi va induktsiyalangan elektr maydoni haqidagi tasavvurdan foydalanish, ferromagnit jismlarning doimiyligi strukturasi va ularning magnitlanish jarayonini “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limi-da rezonans kabi masalalarni to‘liqroq tushuntirish va hokazolarga alohida e’tibor berilgan. Klassik fizika masalalarini umumiy qabul qilingan fizik qarashlarga muvofiq bayon etish, o‘rta ta’lim fizika kursi ilmiy saviyasini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, klassik fizika qonun va nazariyalari, tushunchalarining (massaning doimiyligi, klassik mexanikada tezliklarni qo‘shish qonuni va shunga o‘xshashlarning) qo‘llanish chegaralarini ko‘rsatish, ularning yangi fizika bilan bog‘lanishini ochish, klassik fizika tushunchasi, qonunlari va hozirgi zamon fani yechib bergan yangi faktlar orasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rsatish ham ko‘zda tutiladi. Shunday yo‘l bilan mexanika-nisbiylik nazariyaisga, optika-yorug‘likning foton nazariyaisga, atom tuzilishi-atom energetik sathlarining diskret qiymatlarga ega ekanligi kabi ma’lumotlarga tutashgan holda o‘rganiladi. Fizikaning asosiy masalalaridan biri materiyaning tuzilishi haqidagi ta’limotdir. Fizika-materiyaning xossalarini uning ikki modda va maydon ko‘rinishida o‘rganadi. Modda va maydon korpuskulyar-to’lqin xossalarga egadir. Shuning uchun o‘quvchilar to‘la-to‘kis ma’noda atomistikani, tebranish va to‘lqin jarayonlar haqidagi ta’limotni mustahkam o‘zlashtirishlari kerak. Fizika faqat zarralar (atom, molekula, elektronlar, foton va boshqalar)ning xossalarigina emas, balki shuningdek, zarralarning qattiq, suyuqlik, gaz, nurlanish holatlarini ham o‘rganadi. Ularning tabiatini tavsiflashda statistik tasavvurlardan foydalaniladi. Demak, modda va maydonni o‘rganish uchun maktab kursiga atomistika, to‘lqinlar haqida ta’limot, statistik tasavvurlarni va nisbiylik nazariyasidan ba’zi bir ma’lumotlarni kiritish kerak bo’ladi. Keltirilgan misollar o‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv materialining hajmini genlashga intilishni ko‘rsatadi. Yuqori sinflarda bayon qilishning deduktiv metodini kuchaytirish ham ko‘zda tutiladi. Umumta’lim maktabi va akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika tabiiy-ilmiy fan sifatida o‘qitiladi. Bunga ko‘ra fizika kursi mantiqan izchil, ilmiy, to‘g‘ri va o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan bilimlar majmuasi eksperemental asosda tuzilgan.
Fizika kursining tuzilishi: Fazo, vaqt, tezlik, massa, energiya, elstiklik, tempratura, elektr o‘tkazuvchanlik, jismlarning rangi va texnikada eng umumiy va “universal” hisoblanadi. Ularni o‘zlashtirish murakkab jarayondir. Shuning uchun bu va boshqa fizikaviy tushunchalarni o‘zlashtirishni ilmiy rivojlantirish uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Shu sababli fizika kursini ikki bosqichli qilib o‘qitish ko’zda tutilgan.
O‘rta umumiy ta’lim maktabida o‘zlashtirish uchun sodda bo‘lgan o‘quv materiali: tekis harakat mexanikasi, gidro va aerostatistika, issiqlik va elektr hodisalari kiritilgan. Kursning bu bosqichida shakllanish va rivojlanish uchun uzoq vaqt talab qiladigan-tezlik, massa, kuch, og‘irlik, energiya, ish, temperatura singari tushunchalar o‘rganila boshlanadi. Shuningdek, fizika kursining asosiy qismiga bosimning, jism massasining (moddaning zichligi va hajmiga ko‘ra), massasining (moddaning zichligi va hajmiga ko‘ra), jism og‘irligining (massasiga ko‘ra) gidrostatik bosim Arximed kuchi, mexanizmning F.I.K., jismni isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik va fazoviy o‘tishlar, oddiy elektr zanjirining qarshiligi, ish va quvvat (mexanik va elektr kuvvati) ning elementar hisoblari kiritiladi.
Akademik litseyda fizika kursiga murakkab masalalar kiritilgan. Chunki ularni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar saviyasi yuqoriroq saviyada rivojlangan va matematik tayyorgarligi yaxshi bo‘lishi kerak. Bu yerda tezlanish, elektr maydonining kuch va energetik xarakteristikalari, magnit induktsiyasi, E.Yu.K., Lorents kuchi, tebranish va to‘lqinga doir bir qator boshqa fizikaviy tushunchalar kiritildi. Boshlang’ich fizika kursida shakllana boshlagan massaning gravitatsiya xossalari, og‘irlik, vaznsizlik va o‘ta yuklanish; tempraturani molekulyar-kinetik tarzda (miqdoriy) tushuntirish, ideal gaz parametrlarining o‘zgarishida ichki energiyasining o‘zgaruvchanligi; turli xil moddalarning o‘tkazuvchanlik mexanizmlari va ferromagnitlarning magnitlanishi kabi tu-shunchalar rivojlantiriladi. Jismlarning harakat trayektoriyasi, birinchi kosmik tezlik, induktsiya, E.Yu.K kattaligi, elektr maydoni energiyasi kabi murakkab hisoblashlar bajariladi hisoblashdir. Nihoyat, kursning ikkinchi bosqichida: Nyuton qonunlari, gazlar molekulyar-kinetik nazariyasi, elektromagnit maydon, fizikaviy optika, nisbiylik nazariyasi asoslari, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi kabi kursning yangi bo‘limlari o‘rganiladi. Shunday qilib, fizika o‘qitish maktabda, litsey va kasb-hunar kollejlarida bilimlarning bog‘lanishi va rivojlanishini ta’minlovchi yagona kursni tashkil etadi. Akademik litseyda fizika kursi ancha yuqori saviyada o‘rganiladi. O‘quvchilarning o‘rta umum ta’lim maktablarida olgan bilim va malakalari yanada rivojlantiriladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Xulosa
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, fan va texnikaning rivojlanishi Fizika o’qitish uslublarini klassifikatsiyasi rivojlanishiga katta imkoniyat yaratib berdi va insoniyat hayotini go’zallashtirishda davom etib kelmoqda.


Download 166,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 166,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akademik litseylar fizika ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya asosida tashkil etish mexanika bo‘limi misolida

Download 166,05 Kb.