|
II BOB. AKADEMIK LITSEYDA O’QUV JARAYONI
|
bet | 4/7 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 166,05 Kb. | | #257132 |
Bog'liq Ismoilov BoburII BOB. AKADEMIK LITSEYDA O’QUV JARAYONI
2.1 Akademik litseyda o‘quv predmeti Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llash borasida salmoqli ishlar аmаlgа oshirilmoqda. Keyingi yillarda yaratilgan adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg’or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan ularning o’zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan. Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug’ildi degan savol paydo bo’lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini o’zgartirib, milliy to’s berib, foydalanaversa bo’lmaydimi?- degan mulohazalar ham yo’q emas. Rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishga intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki:
Birinchidan, Mamlakatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun ta’lim tizimini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanishning zarurligi;
Ikkinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli “Axborotli o’qitish” sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To’rtinchidan, kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;
|
| |