|
Akademik litseylarda “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusini o’qitish usullari
|
bet | 3/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,99 Mb. | | #255708 |
Bog'liq Abdullayev Jamshidbek Fizikadan mustaqil ish (1) 1-bosqichda o’qituvchi hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsada, o’quvchilar yangi mavzuga doir qanday bilimga ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar ya’ni o’quvchilar 1-ustunni to’ldiradilar. O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik:
I.Bilaman.
|
• Elektronlarning tartibli harakati elektr tokini hosil qiladi.
• Elektr toki atrofida magnit maydonni vujudga keltiradi.
• Elektr va magnit maydonlar orasida chambarchas o’zaro bog’lanish mavjud.
| 2-bosqich. Jadvalning 2-ustunida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha nimalarni o’rganmoqchilar, nimalarni bilmaydilar? shularni qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirildi deylik:
II.Bilishni xohlayman.
|
• Magnit maydon elektr tokini hosil qila olmaydimi?
• Elektromagnit induksiya hodisasi qanday hodisa?
• Faradey qonunining ta’rifi qanday?
• Lens qoidasi nima haqida?
| 3-bosqich. Yangi mavzu bayon qilingach, o’quvchilar jadvalning uchinchi ustuniga o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar:
III. Bilib oldim
|
• O’zgaruvchan magnit maydon elektr maydonni, ya’ni elektr tokini hosil qilar ekan.
• Elektromagnit induksiya hodisasi – magnit maydon yordamida elektr toki hosil bo’lish hodisasi ekan.
• Faradey qonuni: yopiq, o’tkazuvchi kontur o’rab turgan magnit induksiya oqimining o’zgarish sababi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, vujudga keladigan EYK quyidagicha aniqlanadi: ℰ=-dФ/dt
| 3-bosqich tugagach yagona loyiha yaratiladi. Yaratilgan loyiha asosida quyidagi natijalarni olish mumkin: 3-bosqich tugagach yagona loyiha yaratiladi. Yaratilgan loyiha asosida quyidagi natijalarni olish mumkin: - 1. O’quvchilarning maktabda olgan bilimlar bazasi qay darajada ekanligini, ularning mustaqil izlanishlari, nimalarga qiziqishlarini bilish mumkin.
- 2. O’quvchilar guruh bo’lib ishlaganda o’zaro hamkorlik, bir-birini tinglash va shu bilan birga sog’lom raqobat yuzaga kelib, erkin fikr bildirishga o’rganadilar.
- 3. Bayon etilgan yangi mavzudan o’quvchilar nimalarni o’rgandilar va nimani tushunmadilar (Darsda qanday tushunchalar bayon etilmasdan qolib ketdi?) Bu savolga ham loyiha asosida javob topish mumkin.
|
| |