• TADQIQOT NATIJASI
  • Akademik litseylarda informatika va axborot




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana01.12.2023
    Hajmi0,62 Mb.
    #109149
    1   2   3   4
    Bog'liq
    akademik-litseylarda-informatika-va-axborot-texnologiyalari-fanini-o-qitish-holati-va-uning-tahlili

    METOD VA METODOLOGIYASI 
    Hozirgi kunda respublikamizning barcha akademik litseylar zamonaviy kompyuter 
    texnologiyalari bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini hisobga olib, o‘quvchilar 
    “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda 
    mustaqil ta’lim olishlari uchun ta’lim tizimiga masofali o‘qitish texnologiyalarini joriy etish 
    maqsadida elektron ta’lim resurslari yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot 
    davomida Web texnologiyalar asosida yaratilgan elektron ta’lim resurslari tarkibida turli xil 
    kurslar, nazariy va amaliy mazmundagi materiallar, bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar 
    mazmunini ishlab chiqish, unga joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik
    ishlanmalar, tavsiyalar zarurligi, shuningdek, bu sohadagi ilmiy izlanishlarning kamligi, 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1168 
    rivojlangan mamlakatlar singari o‘quvchilarni Web texnologiyalar asosida yaratilgan elektron 
    ta’lim resurslaridan foydalanib, amaliyotga masofali o‘qitishni joriy qilish bilan mustaqil 
    bilimlarini mustahkamlashga etarlicha e’tibor berilmayotganligi aniqlandi va bu muammo ushbu 
    tadqiqotga asos bo‘ldi. 
    Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va o‘rta maxsus bosqichi ya’ni akademik litseylarda 
    “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzluksizligini ta’minlashning 
    mazmuni, maqsadi, vazifalari hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga 
    qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat [1],[3]: 
    TADQIQOT NATIJASI 
    - “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 
    axborotning turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish yo‘llarini, axborotning 
    sifat ko‘rsatkichlari, jarayonlari, madaniyati, jamiyatni axborotlashtirishning huquqiy asoslari, 
    axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning axborot resurslari, 
    axborot xavfsizligi, axboriy huquq va etika, o‘z kasbiy faoliyatda axborotning roli va 
    ahamiyatini, informatika va axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi, xususan, 
    o‘z kasbiy sohasidagi o‘rni, roli va vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega 
    bo‘lishi; 
    - kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini, kompyuter dasturlari va 
    ularning axborotlarini qayta ishlash jaryonidagi o‘rnini, shaxsiy kompyuterlar tarkibi va 
    tasnifini, sistemali blok va uning tuzilmasini, kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va 
    saqlashni bilishlari;
    - zamonaviy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlarini, drayverlar, utilitlar, 
    amaliy dasturiy ta’minot turlarini, zamonaviy dasturlash texnologiyasining uskunaviy 
    vositalarini tushunishi va ularni amalda qo‘llay olishi; 
    - tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operatsion tizim va uning qobig‘i ostida 
    ishlovchi zamonaviy dasturlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi, yangi operatsion tizimlar 
    haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi, Windows operatsion tizimining yangi versiyalarida ishlay 
    olishi, Lunix-operatsion tizimi va uning imkoniyatlari, qo‘llanilish doirasi, xususiyatlari va 
    afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; 
    - ofis dasturi paketlari va uning tarkibini, zamonaviy matn protsessorlarining 
    imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi, gipermurojaatlar, 
    rasmlar va murakkab jadvallar bilan ishlash qo‘nikmasi, zamonaviy jadval protsessorining 
    imkoniyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi, taqdimot yaratishning 
    zamonaviy dasturiy ta’minoti haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lishi va Power Point dasturida 
    murakkab harakatli taqdimotlarni yarata olishi, o‘z kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan 
    foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana 
    olishi; 
    - grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, kompyuter grafikasi va 
    uning turlarini, tasvirlarni grafik muharrir uskunalari (grafik, skaner, planshet) yordamida 
    kiritish va qayta ishlash yo‘llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi, 
    CorelDraw, Photoshop dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch o‘lchovli grafika haqida 
    bilimga ega bo‘lishi va o‘z kasbiy faoliyatida grafik dasturlaridan foydalana olish ko‘nikma - 
    malakalariga ega bo‘lishi; 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1169 
    - amaliy dasturlar va ularning turli kasbiy sohalarda qo‘llalanilishi, nashriyot tizimlari 
    haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z kasbiy sohasidan kelib chiqqan holda turli sohalarda 
    qo‘llaniladigan dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi dasturlari – 
    AvtoCad, MathCad va boshqa dasturlar) haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va ulardan birida ishlay 
    olish malakalariga ega bo‘lishi; 
    - zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash tilining asosiy tushunchalari 
    va operatorlarini, ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash haqida bilimga ega bo‘lishi, Delphi 
    dasturlash muhiti va uning ishchi oynasi bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning 
    bo‘limlari va ayrim komponentlarni qo‘llay olishi, Delphi dasturi strukturasi, loyiha va modullar 
    tuzishga oid masalalarni hal qilishni, Delphi da protsedura va funktsiyalar bilan ishlay olishi, 
    Delphi dasturlash muhitining grafik imkoniyatlariga oid dasturlar tuzish va ularni kompyuterga 
    kiritib tahlil qilish, o‘z kasbiy sohasiga oid uncha murakkab bo‘lmagan masalalarning dasturini 
    tuzish va kompyuterda natijasini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi; 
    - Veb-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flash texnologiyasi yordamida Veb-sahifa 
    yaratish va bezashni, Veb-sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish 
    va bezash usullarini, Veb-sahifalarda formalar o‘rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni 
    joylashtirishni, Veb-sahifalar orasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarini bilishlari va 
    amaliyotda qo‘llay olishlari; 
    - axborotni tashkil qilish va qidirib topish, belgilab olingan axborotni tizimlashtirish, 
    umumlashtirish, tarkiblantirish va tushunarli shaklga keltirishni bilishi; 
    - kompyuterlardan foydalanishning asosiy qoidalari, ularga xizmat qiluvchi dasturlar va 
    ularni amaliyotda foydalana olishni bilishi; 

    kompyuter 
    viruslaridan 
    saqlanish 
    usullari, 
    antivirus 
    dastur 
    vositalarining 
    imkoniyatlaridan foydalana olishi;
    - fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi;
    - kasbiy sohasiga oid sodda masalalarning modellarini tuza olishi;
    - multimediya texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini bilishi va ulardan 
    foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 
    - shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish va u bilan ishlash, Internet tarmog‘ida 
    axborot izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish;
    - Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishlari 
    zarur.
    1-jadval 

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akademik litseylarda informatika va axborot

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish