"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ru
36
3-rasm.
Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’iga
ulangan tizimlarda
aniqlangan hodisalar
2020 yilda milliy .UZ domenida 342 ta hodisa ro’y bergan bo’lib, ularning
306 tasi veb-saytlarga ruxsatsiz kirish va 36 tasi veb-saytning asosiy sahifasini
noqonuniy o’zgartirib(deface) qo’yilishi bilan izoxlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlat sektori(81 ta hodisa)
hususiy
sektorga (261 ta hodisa) nisbatan 3 barobar kamroq hujumga duch kelgan.
Nufuzli xalqaro kompaniyalarning geosiyosiy xatarlar sohasidagi so'nggi
tadqiqotlariga
ko'ra,
2021
yilda
dunyoda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan jinoyatlarning o'sish
dinamikasi kuzatilmoqda.
Xalqaro ekspertlarning xulosalari Kovid-19 pandemiyasi oqibatlari bilan
bog'liq karantin cheklovlari davrida dunyodagi vaziyatni
chuqur tahlil qilish
asosida qilingan. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikriga ko'ra, 2020 yilda
kibermakonda jinoyatlar sodir etilishining asosiy omillari quyidagilardir:
kompaniyalar (tashkilotlar) xodimlarining masofadan ishlashiga o'tish;
onlayn ta'lim;
Internet-do'konlarda xavfsiz bo’lmagan xaridlarni amalga oshirish;
IOT qurilmalaridan (kameralar, qurilmalar, sensorlar va boshqalar) keng
foydalanish;
tovlamachi-viruslarining tarqalishi.
7
Shuni ta'kidlash kerakki, o'tgan 2020 yilda bo'lgani kabi, 2021 yilda ham
Internetga qo'shilgan yangi so'nggi qurilmalar sonining tez sur'atlarda o'sishi
kuzatiladi.
Bundan
tashqari, onlayn-do'konlarda va onlayn savdo maydonchalarida
xaridlarga bo'lgan talabning ortishi Internetdagi firibgarlar uchun qo'shimcha
"tramplin"
ni yaratadi, natijada fuqarolarning bank kartalaridagi mablag'larni
7
https://uzcert.uz/usefulinfo/prognoz-osnovnykh-riskov-kiberbezopasnosti-na-2021-god/