|
"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ruBog'liq axborot-xavfsizligiga-bo-ladigan-tahdidlar"Экономика и социум" №6(85) ч.1 2021 www.iupr.ru
34
Umuman «tahdid» tushunchasi turli holatlarda turlicha talqin etilishi
mumkin. Masalan, ochiq koʼrinishda faoliyat koʼrsatuvchi korxona uchun
axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdid muammosi umuman
boʼlmasligi mumkin. Chunki bunday korxonada axborotlarga barcha
foydalanuvchilar murojaat qilishlari mumkin. Lekin baʼzi vakolati boʼlmagan
shaxslarning korxona axborotlaridan foydalanishlari jiddiy xavf keltirib
chikarishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tahdid axborot munosabatlari
subʼektlarining manfaatlaridan kelib chiqqan holda vujudga keladi va ular bilan
bogʼliq boʼladi.
Tahdidlarni quyidagi mezonlar asosida sinflarga ajratish mumkin:
axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilariga nisbatan boʼladigan
tahdidlar (axborotga murojaat qilish imkoniyatiga qarshi, axborotning
yaxlitligini buzishga qaratilgan, axborotning maxfiyligini oshkor qilishga
qaratilgan tahdidlar);
axborot tizimining tashkil etuvchilariga nisbatan boʼladigan tahdidlar
(berilgan maʼlumotlar, dasturlar, apparat qurilmalari va tizimni qoʼllab-
quvvatlovchi infrastruktura);
tahdidni amalga oshirish usuli boʼyicha (tabiiy, texnogen, tasodifiy,
gʼarazli maqsadda);
tahdid manbaining axborot tizimiga nisbatan joylashgan oʼrni boʼyicha
(ichki yoki tashqi).
Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida
axborotlarga nisbatan xavf xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
2020 yil monitoring natijalariga ko’ra, milliy internet segmentida 27 000
000 dan ortiq zararli va shubhali tarmoq hodisalari kuzatilgan. Bu tahdidlarning
asosiy qismi Uzbektelecom, Beeline va Ucell kompaniyalari tarmoqlariga to’gri
keladi(1-rasm).
6
6
https://tace.uz/upload/iblock/5fb/Кибербезопасность_Республики_Узбекистан_%20Итоги_2020_года.pdf.p
df
|
| |