• Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot (Service organisation)
  • Sharh bo’yicha kelishuv (Review engagement)
  • Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet182/183
    Sana20.05.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #246338
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Fikr (xulosa) (Opinion) - 
    auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot to’g’risida yozma 
    ravishda aniq bildirilgan fikrdan iborat. Moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotni 
    taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual asoslarga muvofiq to’g’ri va 
    haqqoniy aks ettirilgan (yoki barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim 
    etilgan) degan xulosaga kelganda auditor o’z fikrini sharhlarsiz taqdim etadi 
    (“Modifikatsiyalashtirilgan auditorlik xulosa”ga qarang). 
    Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot (Service organisation) 
    - mijoz u yoki bu xizmat 
    ko’rsatuvchi tashkilot xizmatidan foydalanishi mumkin, masalan, operatsiyalarni 
    bajarish va tegishli hisobotni yuritish yoxud operatsiyalar hisobi va tegishli 
    ko’rsatkichlarni qayta ishlash (ya’ni, kompyuter-lashtirilgan ma’lumot tizimlari 
    bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar). 


    397 
    Sharh bo’yicha kelishuv (Review engagement) 
    - auditorlik tekshiruvini o’tkazish 
    paytida barcha dalillar taqdim etilishiga imkoniyat bermaydigan muolajalar asosida 
    auditorning e’tiborini jalb qilgan va moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalar 
    bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual 
    asoslarga muvofiq tayyorlanmagan degan mulohaza tug’dirishiga asos bo’lgan 
    qandaydir alohida jabhalar mavjudligini aniqlash uchun auditorga asos bo’lib 
    hisoblanadi.
     
    Ekspert (Expert) 
    - buxgalteriya hisobi va auditdan farqli boshqa sohada maxsus 
    ko’nikmalarga, bilimlarga va tajribaga ega bo’lgan shaxs yoki firma.
     
    Xato (Error) - 
    moliyaviy hisobotda bilmasdan qilingan noaniqlik.
     
    Hisoblash (Computation) - 
    dastlabki hujjatlar va hisob yozuvlarining arifmetik 
    tekshirishdan yoki mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat.

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish