|
Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov Pdf ko'rish
|
bet | 171/174 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,41 Mb. | | #132887 |
Bog'liq xalqaro audit (1)Nomuvofiqlik (Noncompliance) - amaldagi qonunlarga yoki me’yoriy hujjatlarga
zid holda audit o’tkazilayotgan ob’ekt tomonidan bilib turib yoki bilmasdan yo’l
qo’ygan xato va kamchiliklari.
Noto’g’ri ko’rsatish (Misstatement) - xato yoki tovlamachilik natijasida moliyaviy
ma’lumotda vujudga kelishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ko’rsatishlar.
Oraliq moliyaviy ma’lumot yoki hisobot (Interim financial information or
statements) - moliyaviy davrga nisbatan oraliqdagi sanalar (odatda yarim yil yoki
chorak davri) bo’yicha tayyorlangan moliyaviy ma’lumot (yuqorida keltirilgan
talqinga muvofiq to’liq moliyaviy ma’lumotdan kamroq hajmda bo’lishi mumkin).
Rejalashtirish (Planning) - auditning kutilayotgan tavsifi, muddati va hajmiga
mufassal yondoshish va umumiy strategiyani ishlab chiqish.
Segment bo’yicha ma’lumot (Segment information) - moliyaviy hisobotda
sub’ektning farqlanadigan tarkibiy qismi yoki tarmoq va jug’rofiy jabhalariga
taalluqli ma’lumot.
Sifat nazorati (Quality controls) - auditorlik firmasi tomonidan amalga oshirilgan
barcha auditorlik tekshiruvlar 220-sonli “Auditorlik ishi sifatini nazorat qilish”
Auditning xalqaro standartlarida qayd etilgan Moliyaviy hisobot auditining
maqsadi va uni tartibga solishning umumiy tamoyillariga muvofiq amalga
oshirilganligiga oqilona ishonch hosil qilish uchun auditorlik firmasi tomonidan
qabul qilingan siyosat va muolajalar.
Sub’ekt rahbariyati (Management) - rahbariyat katta xodimlar va rahbarlik
vazifalarini bajaruvchi boshqa shaxslardan iborat bo’ladi. Direktorlar va auditorlik
qo’mitasi faqat ushbu vazifalarni bajargan hollarda rahbariyat tarkibiga kiradi.
Sub’ekt rahbariyatining taqdimotlari (Management representations) - audit
o’tkazish jarayonida sub’ekt rahbariyati tomonidan o’z xohishi yoki aniq
savollarga binoan auditorga taqdim etaladigan ma’lumotlar.
|
| |