Muvofiqlik (Appropriateness) - auditorlik dalillarining sifat o’lchovi, aniq
tasdiqlashga nisbatan relevantligi va ularning ishonchliligi hisoblanadi. Mufassal tekshiruv (Walk-through test) - bir qator operatsiyalarni buxgalteriya
hisobining barcha tizimi orqali kuzatib boradigan testlardan iborat. Muhimlilik (Materialiti)- ma’lumot inobatga olinmagan yoki noto’g’ri
ko’rsatilgan taqdirda u foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul
qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa, bunday ma’lumot
muhimli hisoblanadi. Muhimlilik ma’lum sharoitlarda inobatga olmaslik yoki
noto’g’ri ko’rsatish to’g’risida fikr qabul qilish paytida modda yoki xato miqdoriga
bog’liq. Binobarin, muhimlilik ma’lum bir pog’ona yoki hisoblash nuqtasi va
ma’lumot foydali bo’lishi uchun boshlang’ich sifat tavsifi hisoblanadi. Nazorat muolajalari (Control procedures) - sub’ektning aniq masalalarini echish
uchun nazorat muhitga qo’shimcha ravishda sub’ekt rahbariyati tomonidan
belgilangan muolaja va siyosat. Nazoratli muhit (Control environment) - ichki nazorat tizimi va u sub’ekt uchun
muhimliligiga sub’ekt direktori va rahbariyatining umumiy nuqtai-nazari,
xabardorliligi va harakatini qamrab oladi.
Nazorat testlari (Test of control) - quyidagilar samaradorligi yuzasidan auditorlik
dalillarini olish maqsadida amalga oshiriladi:
(a) buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tashkil etilishi, ya’ni ular
ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatishlarni oldini olish, aniqlash va tuzatish uchun
qanchalik yaxshi tashkil etilganligi;
(b) ichki nazorat butun davr mobaynida o’z vazifasini bajarishi.
395
Noaniqlik (Uncertainty)sub’ektning bevosita nazoratida bo’lmagan, lekin
kelajakda moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan harakatlar va
xodisalardan kelib chiqadigan vaziyat.