• Salbiy fikr (Adverse opinion)
  • Moliyaviy hisobot (Financial statements)
  • Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot (Summarized financial statements)
  • Mohiyati bo’yicha muolajalar (Substantive procedures)
  • Fikr bildirishdan voz kechish (Disclmer of opinion)




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Fikr bildirishdan voz kechish (Disclmer of opinion) - ko’lam bo’yicha 
    cheklanishining mumkin bo’lgan ta’siri shunchalik ahamiyatli va chuqurki, u 
    auditorga tegishli auditorlik dalillarini olish, va, binobarin, moliyaviy hisobot 
    yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatini bermaydi. 


    394 
    Salbiy fikr (Adverse opinion) - moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar 
    shunchalik ahamiyatli va chuqurki, bunda auditor o’z hisobotida sharhlar bilan fikr 
    bildirishi moliyaviy hisobot to’g’risida noto’g’ri yoki u to’g’risida to’liq 
    bo’lmagan tushuncha berib, ma’lumotni yoritish uchun mos emas degan xulosaga 
    kelganda, salbiy fikr bildiriladi. 
    Moliyaviy hisobot (Financial statements) - buxgalteriya balansi, daromadlar va 
    xarajatlar yoki foyda va zararlar to’g’risida hisobot, moliyaviy ahvoldagi 
    o’zgarishlar to’g’risida hisobot (ular turli usullar bilan taqdim etilishi mumkin
    masalan: pul mablag’lari oqimi to’g’risidagi hisobot yoki pul mablag’lari manbai 
    va undan foydalanish to’g’risidagi hisobot shaklida), izohlar va boshqa hisobotlar, 
    shuningdek moliyaviy hisobotning bir qismi tariqasida ko’riladigan tushuntirish 
    materiallar. 
    Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot (Summarized financial statements)
    sub’ekt moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining faqat asosiy 
    ko’rsatkichlarida manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar guruhiga ma’lumot berish 
    maqsadida sub’ekt tomonidan audit qilinadigan yillik moliyaviy hisobotining 
    umumlashtiruvchi moliyaviy hisobot tayyorlashi mumkin 
    Mohiyati bo’yicha muolajalar (Substantive procedures) - moliyaviy hisobotdagi 
    ahamiyatli chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida auditorlik dalillarni olish uchun 
    bajariladigan testlar. Ular quyidagi ikki turga ajratiladi: 
    (a) operatsiyalar va hisobvaraqlar saldosi bo’yicha mufassal testlar; 
    (b) tahliliy muolajalar. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fikr bildirishdan voz kechish (Disclmer of opinion)

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish