|
Maxsus ahamiyatga ega bo’lgan auditorlik hisoboti (Spesial purpose auditor`s Pdf ko'rish
|
bet | 168/174 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,41 Mb. | | #132887 |
Bog'liq xalqaro audit (1)Maxsus ahamiyatga ega bo’lgan auditorlik hisoboti (Spesial purpose auditor`s
report) - moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotdan farqli, moliyaviy
ma’lumotning mustaqil auditi munosabati bilan tayyorlangan hisobot va u
quyidagilardan iborat:
(a) Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari yoki milliy standartlaridan farqli
ravishda tayyorlangan buxgalteriya hisobining keng-qamrovli asoslariga muvofiq
tayyorlangan moliyaviy hisobot;
(b) moliyaviy hisobotning maxsuslashtirilgan hisobvaraqlari, hisobvaraqlar
elementlari yoki moddalari;
(v) shartnoma majburiyatlariga muvofiqligi;
(g) umumlashtirilgan moliyaviy hisobot.
Ma’lumotlar bazasi (Database) - bir necha turli foydalanuvchilarning umumiy
ixtiyorida bo’lgan va ular tomonidan turli maqsadlar uchun qo’llaniladigan
ma’lumotlar to’plami.
Milliy (auditorlik) amaliyot (National practices (auditing)) - odatda audit
o’tkazish yoki kasbga doir xizmatlarni ko’rsatish paytida auditorlar tomonidan
qo’llaniladigan mamlakat darajasida vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan
belgilangan, standartlar kuchiga ega bo’lmagan auditga oid tavsiyalar to’plami.
Milliy (auditorlik) standartlar (National standarts (auditing)) - audit o’tkazi yoki
kasbga doir xizmatlarni bajarish paytida albatta qo’llanishi va audit o’tkazish yoki
kasbga doir xizmatlarni bajarish paytida albatta bajarilishi lozim bo’lgan qonun
yoki me’yoriy hujjatlar, mamlakat darajasida vakolatga ega bo’lgan idora
tomonidan belgilangan auditorlik standartlar to’plami.
Modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti (Modified auditor`s report) -
tushuntirish band(lar)i hisobotga kiritilgan yoki auditor o’z fikrini izohlarsiz
ifodalamagan taqdirda auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan hisoblanadi.
Sharhlar bilan fikr bildirish (Qualified opinion) - auditor fikr sharhlarsiz
bildirilishi mumkin bo’lmagan degan xulosaga kelganda, lekin sub’ekt rahbariyati
bilan barcha kelishmovchiliklar natijalari yoki audit ko’lami cheklanishi salbiy fikr
bildirish yoki fikr bildirishdan voz kechish talabiga ahamiyatli va chuqur ta’sir
ko’rsatmagan holda, fikr sharhlar bilan bildiriladi.
|
| |