219
Bajarilgan ishlar natijalarini tekshirish har bir ijrochi va xodimlar tomonidan
amalga oshiriladi. Ish natijalari tekshiruvini amalga oshiruvchi xodimlar
tekshirilgan ish hujjatlariga o’zlarining imzolari yoki shartli belgilarini qo’yishlari
lozim. Zarur hollarda esa tekshiruvchilar tekshiriluvchi harakatlariga baho, tavsiya
yoki izohlar berishi mumkin. Auditorlik tashkiloti rahbari bajarilgan ish natijalari
tekshiruvini faqatgina audit o’tkazgan guruh xodimlariga emas, balki boshqa zarur
malakaga ega bo’lgan mutaxassislarga ham topshirishi mumkin. Auditorlik
tashkilo-tidagi bunday mustaqil va parallel tekshiruv, yirik va murakkab xo’jalik
yurituvchi sub’ekt auditi sharoitida tavsiya etiladi
.
9.8. Moliyaviy hisobotning auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib