16.
SHAXSIY MA’LUMOTLAR.
16.1. Aksiya ishtirokchilari ular Aksiyada ishtirok etish uchun ko‘rsatgan shaxsiy ma’lumotlari,
shuningdek,
Aksiya
Qoidalari talblariga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar operatorlari: Tashkilotchi, Aksiya
Operatori va Buyurtmachisi (keyingi o‘rinlarda — “Shaxsiy ma’lumotlar operatorlari”) tomonidan Aksiya
o‘tkazilishi maqsadlarida barcha zaruriy usullar bilan, jumladan to‘plash, saqlash, yig‘ish, tizimlashtirish,
aniqlash
(yangilash, o‘zgartirish) yo‘li
bilan qayta ishlanishini, jumladan uzatilishi, taqdim etilishi va foydalanish uchun
ochilishi, foydalanilishi, umumlashtirilishi, bloklanishi, o‘chirib tashlanishi va yo‘q qilinishi tushunadilar va bunga
rozi bo‘ladilar hamda ushbu Qoidalarni qabul qilayotganlarida ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilganidek bunday qayta
ishlashga rozilik bildiradilar. Operator va Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash muddati —
Aksiya o‘tkazilish muddatiga teng; Aksiya Buyurtmachisi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash muddati
— 02.07.2019 y.dagi O‘zRQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun)da
ko‘zda tutilgan qoidalarga muvofiq, Aksiya o‘tkazilishi muddati va u yakunlanganidan keyin 1 (bir) yil. Shaxsiy
ma’lumotlar Aksiya tugaganidan keyin Tashkilotchida va Operatorda saqlanmaydi, barcha shaxsiy ma’lumotlar
Aksiya Buyurtmachisiga taqdim etiladi.
16.2. Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:
16.2.1. Operator tomonidan Aksiya ishtirokchisining Aksiyada ishtirok etishi mumkin bo‘lishi, Aksiya ishtirokchilariga
yutuqlar to‘g‘risida xabar berish va Aksiya ishtirokchisining ushbu Qoidalar 6.1-b.da ko‘zda tutilgan mukofotlarni
ola
olishlari, shuningdek, Aksiya o‘tkazilishi davrida uni o‘tkazishga oid barcha masalalar bo‘yicha Aksiya
ishtirokchilari bilan istalgan kontaktlarni amalga oshirish uchun;
16.2.2. Tashkilotchi tomonidan Aksiya ishtirokchisining Aksiyada ishtirok etishi mumkin bo‘lishi, Aksiya ishtirokchilariga
yutuqlar to‘g‘risida xabar berish va Aksiya ishtirokchisining supermukofotni ola olishi, shuningdek, Aksiya
o‘tkazilishi davrida uni o‘tkazishga oid barcha masalalar bo‘yicha Aksiya ishtirokchilari bilan istalgan kontaktlarni
amalga oshirish uchun;
16.2.3. Aksiya Buyurtmachisi tomonidan Mahsulot iste’molchilari to‘g‘risida axborotni, iste’molchilarning Mahsulot
to‘g‘risidagi, jumladan uning sifati to‘g‘risidagi fikrini to‘plash, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va marketing,
reklama dasturlari va ishlab chiqarish dasturlarini tahlil qilish, ishlab chiqishni o‘tkazish, mijozlar ma’lumotlar
bazasini yaratish, Aksiya Buyurtmachisining mahsulotlariga oid axborot va reklama materiallarini yuborish, Aksiya
Buyurtmachisining saytlariga takliq qilish, elektron aloqa vositasida yoki boshqa usulda (jumladan pochta, elektron
pochta, SMS, MMS) boshqa axborotni tartqatish uchun.
16.3. Aksiyada ishtirok etish Aksiya ishtirokchisining Shaxsiy ma’lumotlar operatorlariga Qoidalarning 16.2 — bb.larida
ko‘rsatilgan maqsadlarda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligi faktini tasdiqlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni
qayta ishlash Shaxsiy ma’lumotlar operatori tomonidan Qonunda ko‘zda tutilgan tamoyillar va qoidalarga rioya
etilgan holda amalga oshiriladi.
16.4. Aksiyada ishtirok etish fakti Aksiya ishtirokchisining Shaxsiy ma’lumotlar operatori tomonidan Qoidalarning 16.2-
bb.larida ko‘rsatilgan maqsadlar ijrosi yo‘lida va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan tartibda Aksiya ishtirokchisining
shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga roziligining erkin, aniq, xabardor qilingan va ongli ifodasi sanaladi.
16.5. Ushbu Qoidalarda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash deganda avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda
yoki bunday
vositalardan foydalanmay, shaxsiy ma’lumotlar borasida amalga oshiriladigan har qanday harakat
(amaliyot) yoki harakatlar (amaliyotlar) majmui, jumladan Qoidalarning 16.2-bb.da ko‘zda tutilgan maqsadlarda
aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, yozib olish, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlash
(yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, foydalanishga ochish),
umumlashtirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish tushuniladi.
16.6. Ushbu Qoidalar maqsadlarida ma’lumotlarni tarqatish deganda nomuayyan shaxslar doirasiga shaxsiy ma’lumotlarni
ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan holatlarda oshkor etishga qaratilgan harakatlar tushuniladi, aynan: Saytda, shuningdek,
boshqa manbalarda Supermukofot sohibi bo‘lgan Aksiya Ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq nashr etish,
aynan: Aksiya ishtirokchisining ismi, familiyasi, u yashaydigan shahar yoki boshqa yashash punkti, shuningdek,
uning yutug‘i (Bosh mukofot).
16.7. Aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash Shaxsiy ma’lumotlar operatori tomonidan mustaqil
yoki uchinchi shaxslar tomonidan ularning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
16.8. Aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan
ma’lumotlarni qayta ishlash vositalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
16.9. Shaxsiy ma’lumotlar Shaxsiy ma’lumotlar operatori tomonidan tegishli shartnomalar
asosida jalb qilinadigan
uchinchi shaxslarga Shaxsiy ma’lumotlar operatori tomonidan berilishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlar operatorining
uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalarning muhim sharti uchinchi shaxslar tomonidan shaxsiy
ma’lumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlashning xavfsizligini ta’minlash majburiyati sanaladi.
16.10. Shaxsiy ma’lumotlar operatori, shuningdek, Aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlaridan foydalana oladigan
boshqa shaxslar Qonunda belgilangan tartibda shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydilar.
16.11. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti (Aksiya ishtirokchisi) uchun o‘z shaxsiy ma’lumotlarining ochiq bo‘lishi huquqi:
16.11.1. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti Shaxsiy ma’lumotlar operatoridan ularning turgan joyi to‘g‘risida, Shaxsiy
ma’lumotlar operatorida shaxsiy ma’lumotlar subyektiga taalluqli ma’lumotlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot olish,
shuningdek, bunday shaxsiy ma’lumotlar bilan ham yozma shaklda (shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning
qonuniy vakilining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat raqamiga, ushbu hujjat berilgan sana va uni bergan organ
to‘g‘risidagi ma’lumotga, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning qonuniy vakilining shaxsiy imzosi
ega tegishli so‘rovga ko‘ra) tanishish huquqiga ega.
16.11.2. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti 02.07.2019 y.dagi O‘zRQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq, uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlovchi shaxs to‘g‘risidagi boshqa axborotni Shaxsiy ma’lumotlar
operatoriga murojaat qilish yo‘li bilan olishi mumkin.
16.12. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilikning qaytarib olinishi:
16.12.1. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti ham aksiya o‘tkazilishi davrida, ham u o‘tkazilganidan keyin, Shaxsiy ma’lumotlar
operatorlarining biriga va/yoki bir nechtasi (hammasi)ga
contact.eurasia@nestle.com
elektron manziliga
xabarnomada o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi va Aksiya ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etish uchun ko‘rsatgan
telefon
raqamini keltirgan holda, elektron xat yuborish orqali o‘z roziligini qaytarib olishi mumkin. Shaxsiy
ma’lumotlar operatori ishtirokchidan shaxsiy ma’lumotlar qaytarib olinishi to‘g‘risidagi elektron xat olgan sanadan
boshlab 30 (o‘ttiz) kun ichida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni bekor qilishi va ularni yo‘q qilishi shart.
16.12.2. Aksiya ishtirokchisi tomonidan mukofot taqdim etilishidan oldin shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilikning
qaytarib olinishi avtomatik ravishda tegishli Aksiya ishtirokchisining aksiyadan chiqishiga olib keladi va uning
mukofotni olishini imkonsiz qiladi.
16.13. Aksiyada qatnashib, Bosh mukofot sohibi bo‘lgan aksiya ishtirokchisi Aksiya Tashkilotchisi va Buyurtmachisiga
undan Aksiyada qatnashish to‘g‘risida, jumladan radio va televidenIye uchun, shuning barobarida, boshqa ommaviy
axborot vositalari uchun reklama intervyusini olishga va ularni tarqatish yoki reklama materiallari tayyorlash uchun
Aksiya ishtirokchisini kino va videos’yomka qilish, audioyozuv olishga, ommaga ko‘rsatishga va kelgusida Aksiya
ishtirokchisining tasviridan buning uchun biror-bir mukofot to‘lamagan holda foydalanishga ruxsat beradi. Mazkur
rozilik Aksiya ishtirokchisi tomonidan Aksiya o‘tkazilishi muddatiga va u yakunlanganidan keyin 10 (o‘n) yil
muddatga beriladi va Aksiya ishtirokchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Qoidalarda
ko‘rsatilgan tartibda qaytarib olinishi mumkin.
16.14. Aksiya ishtirokchisi, 3223 Qisqa raqamiga xabar jo‘natish orqali, Aksiya
Buyurtmachisiga Aksiya
Buyurtmachisining har qanday amaldagi va yangi reklama aksiyalari to‘g‘risidagi axborotini olishga rozilik bildiradi.
Ushbu rozilik Aksiya ishtirokchisi tomonidan Aksiya o‘tkazilishi muddatiga va u yakunlanganidan keyin 10 (o‘n) yil
muddatga beriladi va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan tartibda qaytarib olinishi mumkin.
16.15. Aksiyada qatnashish uchun ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishda Aksiya ishtirokchisi
tomonidan kuchda bo‘lmagan (haqiqiy bo‘lmagan) va (yoki) noaniq (noto‘g‘ri) ma’lumotlar berilishi, shuning
barobarida, kelgusida ma’lumotlar taqdim etmaslik yoki kuchda bo‘lmagan (haqiqiy bo‘lmagan) va (yoki) noaniq
(noto‘g‘ri) ma’lumotlar berilishi Tashkilotchini Aksiya ishtirokchisi — g‘olibga mukofot berish majburiyatidan xalos
qiladi.