15.1. Tashkilotchi
barcha berilgan mukofotlar, Ishtirokchilarga berish paytida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligi talablariga muvofiq kelishini va ulardan ko‘zlangan maqsadga muvofiq
ishlatishga tayyorligini
kafolatlaydi. Mukofotlar va Bosh mukofotning tashqi ko‘rinishi Mahsulot promo-qadoqlari va Mahsulot reklama
materiallaridagi tasvirdan farqlanishi mumkin.
15.2. Aksiya o‘tkazilishi natijalari yakuniy bo‘lib, qayta ko‘rib chiqilmaydi.
15.3. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar Toshkent vaqti bilan keltirilgan.
15.4. Mukofotlar va Bosh mukofot Aksiya ishtirokchisiga topshirilgandan keyin, tashkilotchi ular uchun javobgarlikni
zimmasiga olmaydi.
15.5. Aksiya o‘tkazilishi muddati davomida talab qilib olinmagan mukofotlar saqlab qo‘yilmaydi va Tashkilotchi
tomonidan taqdim etilmaydi. Aksiya o‘tkazilishi muddati yakunlanganidan keyin talab qilib olinmagan mukofotlar
Tashkilotchi tomonidan Aksiya Buyurtmachisiga topshiriladi.
15.6. Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi va aksiya ishtirokchilari O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qiladilar.
15.7. Tashkilotchi ushbu Qoidalarga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. Ushbu Qoidalardagi barcha o‘zgartishlar haqidagi
axborot Saytga joylanadi.
15.8. Boshqa jismoniy shaxsga (turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li/qizi, aka-ukasi/opa-singli, otasi/onasi)
tegishli uyali aloqa
operatori raqami (mobil raqam)dan hamda yuridik shaxslarga ro‘yxatga olingan uyali aloqa operatorlari raqamlari
(mobil raqamlar)dan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda o‘z ma’lumotlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs
Ishtirokchi sanaladi.
15.9. Qadoqdagi promokodli
SMS-xabarlarni yuborish pulli, mobil aloqa operatorlari raqamlarining sohiblari uchun
tariflar:
•
Ucell (OOO «COSCOM») operatori
—
125 so‘m.
•
Beeline (OOO Unitel) operatori
—
126 so‘m.
•
Mobiuz (OOO «UMS») operatori
—
125 so‘m.
•
Uzmobile (AK "Uzbektelekom") operatori
—
125 so‘m.
•
Perfectum (SPOOO «Rubicon Wireless Communication») operatori
—
125 so‘m.