etishdan bosh tortgan Ishtirokchining ariza raqamidan keyingi o‘rinda (katta tomonga o‘sib boradi) bo‘lgan
Ishtirokchi mukofot sohibi bo‘ladi.
12.
AKSIYA O‘TKAZILISHI MUDDATLARI VA QOIDALARI TO‘G‘RISIDA ISHTIROKCHILARNI
XABARDOR QILISH USULI VA TARTIBI
12.1.
Ishtirokchilar Aksiya qoidalari va uni o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida ushbu Qoidalarni Aksiya saytiga 2023-yil 6-
noyabrdan 2024-yil 4-fevralga qadar joylashtirish yo‘li bilan xabardor qilinadi.
13.
AKSIYA ISHTIROKCHILARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
13.1. Aksiya ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
13.1.1. Qoidalar bilan tanishish va ushbu Qoidalarda tilga olingan manbalardan axborot olish.
13.1.2. Ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda Aksiyada qatnashish.
13.1.3. Aksiyaning tegishli shartlariga rioya etilganda mukofotni olish.
13.1.4. Aksiya o‘tkazilishi shartlariga rozi bo‘lmagan holda, unda qatnashishdan bosh tortish.
13.2. Aksiya ishtirokchilarining majburiyatlari:
13.2.1. Tashkilotchiga uning talabiga ko‘ra, ushbu Qoidalarda ko‘zda
tutilgan, rmukofotni olish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni ma’lum qilish, shuningdek, Cheklarni va Qadoqdagi kod yozilgan Mahsulot promo-qadog‘ini saqlab
turish.
13.2.2. Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z ma’lumotlarini pasport/ID kartasida qayd etilganidek ko‘rsatish.