Aksiya ishtirokchisiga tegishliligi to‘g‘risidagi Aksiya ishtirokchilari va/yoki uchinchi shaxslarning e’tirozlari
Tashkilotchi tomonidan qabul qilinmaydi. Tashkilotchi aksini aniqlamagunicha, Tashkilotchiga Promo-kodni
birinchi taqdim etgan Aksiya ishtirokchisi Aksiyada qatnashish huquqiga ega Mahsulotni xarid qilgan shaxs deb
sanaladi.
7.6.
Aksiyada ishtirok etish maqsadida SMS-xabar jo‘natish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazish taomilidan o‘tish.
7.7.
Qisqa raqam orqali ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxsga Promo-kod ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamga javob
xabari yuboriladi.
7.8.
Promo-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
–
Qadoqdagi raqamli Promo-kodni SMS-xabar ko‘rinishida 3223 Qisqa raqamiga yuborish
–
“Tabriklaymiz! Kod qa'bul qilindi. Iltimos, FIO ni passport/ID da ko’rsatilganidek kiriting” javob xabarini
olish
–
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganda Ishtirokchi “Ro’yhatdan o’tdingiz. Qadoqni aksiya yakuniga qadar
saqlang” SMS xabarini oladi.
7.9.
Aksiya Ishtirokchilarining identifikatsiyasi mobil telefon raqami va ushbu Qoidalar 7.8-b.ga muvofiq yuborilgan
promo-kod bo‘yicha amalga oshiriladi. Munozarali vaziyat yuzaga kelganda uyali aloqa operatori bilan shartnomada
ko‘rsatilgan raqam egasi Ishtirokchi/G‘olib deb tan olinadi.