2.3.
Aksiya buyurtmachisining topshirig‘iga binoan ish ko‘ruvchi, aksiyani texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi
Aksiya
Operatori «Level Up Solution» mas’uliyati
cheklangan jamiyat sanaladi, joylashgan manzili: Toshkent sh.,
Afrosiyob ko‘chasi, 12A,
STIR 302796163 (keyingi o‘rinlarda — «
Operator»).
3.
AKSIYA ISHTIROKCHISI
3.1.
Aksiyada qatnashishga muloqotga layoqatli, 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashaydigan,
6 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlari bor O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolariga ruxsat
beriladi.
3.2.
Tashkilotchi, Operator, Aksiya Buyurtmachisi xodimlari va vakillari, shuningdek, ularning oila a’zolari, Mahsulot
ishlab chiqaruvchilar, Aksiya Buyurtmachisi / Tashkilotchi / Operator bilan affillangan boshqa shaxslar, jumladan
Aksiya Buyurtmachisi / Tashkilotchisi / Operatori bilan ish bajarish va/yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolik-
huquqiy shartnomalar tuzilgan jismoniy shaxslar Aksiyada qatnashish huquqiga ega emas.
4.
AKSIYA O‘TKAZILISHI MUDDATI
4.1.
Aksiya o‘tkazilishi umumiy muddati — 2023-yil 6-noyabrdan 2024-yil 4-fevralgacha.
4.2.
Aksiya ishtirokchilari tomonidan Mahsulot promo-qadog‘idagi promo-kodlarni Qadoqdagi kodni SMS-xabar sifatida
yuborish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish muddati (keyingi o‘rinlarda — «Aksiyada ishtirok etish uchun arizalar qabul
qilish davri») — 2023-yil 6-noyabr soat 00:01 dan boshlab 2024-yil 4-fevral soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan).
4.3.
6.1-b., A.1 da ko‘rsatilgan haftalik mukofotlarni oluvchi g‘oliblarni aniqlash — 2023-yil 14-noyabrdan to 2024-yil
30-yanvarga qadar;
6.2-b. B.1 da ko‘rsatilgan Bosh mukofotni oladigan g‘olibni aniqlash — 2024-yil 6-fevral.
4.4.
Haftalik aksiya mukofotlarini topshirish — 2023-yil 14-noyabrdan to 2024-yil 19-fevralga qadar.
4.5.
Aksiya Bosh mukofotini topshirish davri — 2024-yil 6-fevraldan 2024-yil 26-fevralga qadar.