|
Akt sohasida kasb ta’limi” fakulteti
|
bet | 3/14 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,75 Mb. | | #248906 |
Bog'liq NodirDarsning olib borilishi :
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
15 min
|
2.
|
Yangi mavzuning mazmunini ochish va chiqarish.
|
40 min
|
3.
|
Amaliy mashg’ulot
|
30 min
|
4.
|
Qo’shimcha toshiriqlar
|
20 min
|
5.
|
Uyga vazifa va toshiriqlar
|
10 min
|
Dars haqida qisqacha:
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо’lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо’pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо’ladi.Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо’p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о’tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog’igacha.
Kо’pincha ―mahalliy tarmoqla (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bо’lmagan, mahalliy о’lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya’ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlarning texnik kо’rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Misol uchun, ba’zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha о’n kilometr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о’lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi.
|
| |