• 3. Hozirgi kunda maktab o‘quvchilarining onlayn darsliklari ishlab chiqilib internetga joylashtirilmoqda. Shundan kelib chiqib, internet tezligi va sifatini oshirish bo‘yicha nima ishlar qilinmoqda
  • 4. Karantin davrida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga televizion videodarslarni yetkazish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda
  • Karantin rejimi vaqtida boshqa davlatlardan pochta jo‘natmalari qabul qilish va yuborish mumkinmi?




    Download 16.85 Kb.
    bet3/6
    Sana28.03.2021
    Hajmi16.85 Kb.
    #13578
    1   2   3   4   5   6
    2. Karantin rejimi vaqtida boshqa davlatlardan pochta jo‘natmalari qabul qilish va yuborish mumkinmi?

    Bir muhim jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Pochta xizmati strategik ahamiyatga ega deb bemalol aytish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, epidemiologik vaziyatlarda ham pochta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif hech qachon to‘xtab qolmagan, aksincha, doimiy ravishda o‘sib boradi.

    Shu nuqtai nazardan, biz pochta tizimida xavfsizlikni ta’minlash, pochtalar orqali kelishi mumkin bo‘lgan turli epidemiologik holatlarning oldini olishga doimiy ravishda jiddiy e’tibor qaratamiz. Pochta sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan parallel ravishda ish olib boradi. Va eng muhimi shu vaqtgacha O‘zbekistonda bunday holat kuzatilmagan.

    Bugungi kunda “O‘zbekiston pochtasi” AJ boshqa davlatlardan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini sanitariya-epidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgan holda qabul qilmoqda va yubormoqda.

    Lekin global xavfsizlik choralarining kuchayishi tufayli ko‘p mamlakatlarda havo va temir yo‘llari transportlari harakatlanish rejalari o‘zgartirilmoqda yoki kamaytirilmoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarga havo transporti qatnovi butunlay to‘xtatilgan. Shu nuqtai nazardan ko‘p mamlakatlardan pochta jo‘natmalari kirib kelishida vaqt nuqtai nazaridan muammolar yuzaga kelishi mumkin.

    Bu muammo bo‘yicha ham barcha ishlar amalga oshirilmoqda.




    3. Hozirgi kunda maktab o‘quvchilarining onlayn darsliklari ishlab chiqilib internetga joylashtirilmoqda. Shundan kelib chiqib, internet tezligi va sifatini oshirish bo‘yicha nima ishlar qilinmoqda?

    Birinchi navbatda, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlanayotgan videodarslardan bemalol foydalanish uchun internet provayderlar va mobil aloqa operatorlari tomonidan joriy yilning 1-may kuniga qadar eduportal.uz, kitob.uz, edumarket.uz, online-maktab.uz, talim.uzedu.uz, utube.uz, itschool.uz/, coronavirus.uz veb-saytlarga kirishni (dostup) bepul amalga oshirilishi ta’minlandi.

    Bundan tashqari mahalliy internet-provayderlar va mobil operatorlar — Uztelecom, UCELL, MobiUz va Beeline tomonidan o‘z abonentlariga ommaviy axborot vositalari manbalaridan —uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz hamda “ZiyoNET” xizmatidan bepul foydalanish imkonini taqdim etildi!

    Ikkinchi navbatda, karantin davrida Internet trafik, mobil va telefon aloqa trafigi o‘zgarishlari doimiy nazoratga olingan. Yuklanish o‘ta yuqori darajada oshib ketadigan holatlarda amalga oshiriladigan ishlarning rejalari tayyorlangan.

    Yana shuni aytish joizki, Internet xizmati tezligi foydalanilayotgan texnologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Ya’ni optik tolali aloqa liniyalari orqali xizmat taqdim etilgan hollarda Kompaniya yuqori tezliklarda ya’ni 100 Mbit/sek gacha tezlikda internet xizmatini ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, abonentlar foydalanayotgan tarif rejasi ham internet tezligiga chambarchas bog‘liq. Ya’ni 4 Mbit/sek tezlikda internet xizmati taqdim etiladigan tarif rejasida undan katta tezlikda internetdan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmaydi. Demak ishonch bilan aytishimiz mumkinki, iste’molchining tarif rejasiga ta’sir ko‘rsatilmaydi. Bu borada barcha imkoniyatlar ishga solingan.


    4. Karantin davrida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga televizion videodarslarni yetkazish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?

    O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining topshirig‘iga muvofiq:

    Videodars mashg‘ulotlari joylashtiriladigan vazirliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari va rasmiy veb-saytlari (UZ-domen) foydalanuvchilar tomonidan talab ortib ketgan holatlarda uzluksiz ishlashini ta’minlashda hamda zarurat bo‘lganida xosting imkoniyatlarini kengaytirishda texnik ko‘maklashilmoqda.

    O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ochiq holda 4 ta televizion kanal orqali «online-maktab» rukni bilan tashkil etilayotgan televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha yer usti raqamli televideniye, kabel televideniye, IP televideniye tarmoqlari orqali hamda yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali ochiq holda tarqatilishini tashkillashtirish choralari ko‘rilmoqda.






    Download 16.85 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 16.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karantin rejimi vaqtida boshqa davlatlardan pochta jo‘natmalari qabul qilish va yuborish mumkinmi?

    Download 16.85 Kb.