|
Al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt
|
bet | 9/14 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #242148 |
Bog'liq Al-xorazmiy nomidagi tîshkånt aõbîrît
Masala sharti AES shirlash standartini tahlili va tadbiqiga bag`ishlangan. Bu ishni bajarish uchun, yani tahlilash ishini ikki bosqichda amalga oshirishga harakat qildim. Bunda biz dastlab uning matematik tomondan tahlil qilamiz va tuzulishini o`rganib chiqamiz. So`ngra esa uning boshqa algaritmlar bilan solishtirgandagi natijalari bilan taqqoslaymiz. Oxirida AES shifrlash dasturi ishlash jarayoni bilan tanishib, olingan natijalar orqali xulosalar chiqaramiz.
DES blokli shifrlash algoritmi 1999 yilgacha AQShda standart shifrlash algoritmlari sifatida ishlatib kelingan.
1974 yildan Amerika qo‘shma shtatlarining standart shifrlash algoritmi sifatida
qabul qilingan DES shifrlash algoritmi quyidagi :
kalit uzunligining kichigligi ( 56 bit);
S-blok akslantirishlarining differensial kriptotahlil usuliga bardoshsizligi;
va boshqa sabablarga ko‘ra eskirgan deb sanaladi . Ayniqsa 1999 yilda DES shifrlash algoritmi yordamida shifrlangan malumotning Internet tarmog‘iga ulangan 300 ta paralel kompyuter tomonidan yigirma to‘rt soat davomida ochilishi haqidagi malumotning tasdiqlanishi bundan keyin mazkur standart algoritmi yordamida malumotlarni kriptografik muhofaza qilish masalasini qaytadan ko‘rib chiqish va yangi standart qabul qilish zaruratini keltirib chiqardi.[4]
Amerika qo‘shma shtatlarining “Standartlar va Texnalogiyalar Milliy Instituti (NIST)” 1997 yilda XXI asrning ma'lumotlarni kriptografik muhofazalovchi yangi shifrlash algoritmi standartini qabul qilish maqsadida tanlov e'lon qildi. 2000 yilda standart shifrlash algoritmi qilib, RIJNDAEL shifrlash algoritmi asos qilib olingan AES (Advanced Encryption Standard) (FIPS 197) qabul qilindi. Algoritmning yaratuvchilari Belgiyalik mutaxassislar Yon Demen (Joan Daemen) va Vinsent Ryumen (Vincent Rijmen)larning familiyalaridan RIJNDAEL nomi olingan .
AES FIPS 197 blokli shifrlash algoritmida 8 va 32-bitli (1-baytli va 4-baytli) vektorlar ustida amallar bajariladi. AES FIPS 197 shifrlash algoritmi XXI asrning eng barqaror shifrlash algoritmi deb hisoblanadi. Bu algoritm boshqa mavjud standart simmetrik shifrlash algoritmlaridan farqli o‘laroq, Feystel tarmog‘iga asoslanmagan blokli shifrlash algoritmlari qatoriga kiradi. [8]
|
| |