• 1.1.2. Bir pog`onali arxitektura
  • Mijoz-server arxitekturasi
  • Terminal - host kompyuter arxitekturasi




    Download 205,5 Kb.
    bet4/7
    Sana08.09.2024
    Hajmi205,5 Kb.
    #270615
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Tarmoq Havfsizligi. Mustaqil ish

    1.1.1. Terminal - host kompyuter arxitekturasi
    Terminal - host kompyuter arxitekturasi (terminal –host computer architecture) - bu barcha ma'lumotlarni qayta ishlashni bir yoki bir qator asosiy kompyuterlar tomonidan amalga oshiriladigan axborot tarmog'i tushunchasi.
    Ko`rib chiqilayotgan arxitektura ikki turdagi qurilmani nazarda tutadi:
    • Host kompyuter (asosiy kompyuter) – unda tarmoqni boshqarish, ma`lumotlarni saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi;


    • Terminallar – host kompyuterga vazifalarni bajarishga, seans tashkil qilishga va natijalar olishga buyruqlarni uzatish uchun mo`ljallangan.


    Ma'lumotlarni uzatish multipleksorlari (MUM) orqali asosiy kompyuter, rasmda ko'rsatilgandek, terminallar bilan o'zaro ta'sir qiladi. 1.4-rasm.

    1.4-rasm. Terminal-host kompyuter arxitekturasi.
    Host kompyuterlari bilan tarmoq arxitekturasining klassik na`munasi bu tizim - tarmog'ining arxitekturasi (System Network Architecture - SNA).
    1.1.2. Bir pog`onali arxitektura
    Bir pog`onali arxitektura (peer-to-peer architecture) – bu arxitekturada axborot tarmog`ining resurslari butun tizim bo`yicha tarqalgan holda bo`ladi. Ushbu arxitektura boshqa arxitekturalardan farqi barcha tizimlarning tengligi hisoblanadi.
    Bir pog`onali tarmoqlar - bu har qanday ish stantsiyasi bir vaqtning o'zida fayl serveri va ish stantsiyasi vazifasini bajarishi mumkin bo'lgan kichik tarmoqlar. Bir pog`onali LAN-larida diskdagi bo'sh joy va istalgan kompyuterdagi fayllar birgalikda foydalanilishi mumkin. Resursning umumiy bo'lishi uchun uni masofaviy kirish xizmatlaridan foydalangan holda bo'lishish kerak. Ma'lumotlarning qanday himoyalanganiga qarab, boshqa foydalanuvchilar fayllarni yaratilgandan so'ng darhol foydalanishlari mumkin. Bir pog`onali LANlar kichik ishchi guruhlar uchun yetarlicha darajada maqbul hisoblanadi (1.5-rasm).

    1.5-rasm. Bir pog`onali arxitektura.


    Bir pog`onali LAN-lar - bu eng oson va arzon tarmoq turi. Ular uchun tarmoq kartasi va tarmoq tashuvchisi, Windows operatsion tizimi yoki boshqalarga qo'shimcha ravishda Windows for Workgroups bo'lishi zarur. Kompyuterlarni ulash orqali foydalanuvchilar resurslar va ma'lumotlarni almashishlari mumkin.
    Bir pog`onali tarmoqlar quyidagi afzalliklarga ega:
    • ular o`rnatilishida va sozlanishida oson;


    • shaxsiy kompyuterlar serverlardan mustaqil;


    • foydalanuvchilar o`z resurslarini boshqara oladi;


    • arzon va amalga oshirilishi oson;


    • qurilmalar va dasturiy ta’minotlar kam;


    • administrator shart emas;


    • o`ndan kam bo`lgan foydalanuvchilari bor tarmoqlar uchun juda qo`l keladi.


    Bir pog`onali arxitekturadagi muammo, bu kompyuterlarning oflayn rejimida bo'lishidir. Bunday hollarda, ular taqdim etgan xizmat turlari tarmoqdan yo'qoladi. Tarmoq xavfsizligi bir vaqtning o'zida faqat bitta manbaga tatbiq etilishi mumkin va foydalanuvchi tarmoq resurslari qancha bo'lsa, shuncha parolni eslab qolishi kerak. Umumiy manbaga kirishda kompyuterning ish faoliyatini pasayishi seziladi. "Peer-to-peer" tarmoqlarining muhim kamchiliklari - markazlashtirilgan boshqaruvning etishmasligi.


    Peer-to-peer (bir pog`onali) arxitekturasidan foydalanish bir xil tarmoqdagi terminal-host arxitekturasi yoki mijoz-server arxitekturasidan foydalanishni istisno qilmaydi.
    1.1.3. Mijoz-server arxitekturasi
    Mijoz-server arxitekturasi (client-server architecture) – bu arxitekturada resurslar asosan mijozlarga xizmat ko`rsatuvchi serverlarda bo`ladi (1.6-rasm).

    1.6-rasm. Mijoz-server arxitekturasi.


    Server - bu boshqa tarmoq ob'ektlariga ularning talabiga binoan xizmat ko'rsatadigan ob'ekt. Servis - bu mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayoni.
    Server mijozlarning buyurtmalari asosida ishlaydi va ularning vazifalarini bajarilishini boshqaradi. Har bir ishni tugatgandan so'ng, server natijalarni ishni yuborgan mijozga yuboradi.
    Mijoz-server arxitekturasidagi xizmat funktsiyasi amaliy dasturlarning kompleksi bilan tavsiflanadi, unga muvofiq turli xil amaliy jarayonlar bajariladi.
    Muayyan operatsiyalar yordamida xizmat funktsiyasini bajaradigan jarayon mijoz deb nomlanadi. Bu dastur yoki foydalanuvchi bo'lishi mumkin. 1.7-rasmda mijoz-server arxitekturasidagi xizmatlarning ro'yxati keltirilgan.
    Mijozlar - bu server resurslaridan foydalanadigan va foydalanuvchilar uchun qulay interfeyslarni ta'minlaydigan ish stantsiyalari. Foydalanuvchi interfeyslari - bu foydalanuvchining tizim yoki tarmoq bilan o'zaro aloqasi uchun protseduralar.
    Mijoz elektron pochta yoki boshqa server xizmatlarini talab qiluvchi va foydalanuvchi. Ushbu jarayonda mijoz xizmatni so'raydi, sessiya o'rnatadi, kerakli natijalarni oladi va ish tugaganligi haqida xabar beradi.

    1.7-rasm. Mijoz-server modeli.


    Maxsus fayl serveri bo'lgan tarmoqlarda server tarmog'i operatsion tizimi ajratilgan yakka kompyuterda o'rnatiladi. Ushbu kompyuter serverga aylanadi. Ish stantsiyasiga o'rnatilgan dasturiy ta'minot (DT) unga server bilan ma'lumot almashish imkoniyatini beradi. Eng keng tarqalgan tarmoq operatsion tizimlari:
    • NetWare;
    • Microsoft tomonidan Windows NT;
    • AT&T tomonidan UNIX;
    • Linux.
    Tarmoqning afzalliklaridan foydalanish uchun tarmoq operatsion tizimidan tashqari tarmoq dasturlari ham zarur.
    Serverga asoslangan tarmoqlar yaxshi ishlaydi va ishonchli hisoblanadi. Serverga boshqa ish stantsiyalari murojat qiluvchi asosiy tarmoq resurslari egasi hisoblanadi.
    Zamonaviy mijoz-server arxitekturasida to'rtta ob'ektlar guruhi mavjud: mijozlar, serverlar, ma'lumotlar va tarmoq xizmatlari. Mijozlar foydalanuvchi ish stantsiyalaridagi tizimlarda joylashgan. Ma'lumotlar asosan serverlarda saqlanadi. Tarmoq xizmatlari umumiy serverlar va ma'lumotlardir. Bundan tashqari, xizmatlar ma'lumotlarni qayta ishlash tartiblarini boshqaradi.
    Mijoz-server tarmoqlari quyidagi afzalliklarga ega:
    • ko'p sonli ish stantsiyalari bilan tarmoqlarni tashkil etishga ruxsat berish;
    • tarmoq boshqaruvini soddalashtiradigan foydalanuvchi akkauntlari, xavfsizligi va kirishini markazlashtirilgan boshqaruvini ta'minlash;
    • tarmoq resurslaridan samarali foydalanish;
    • foydalanuvchiga tarmoqqa kirish va foydalanuvchi huquqlariga bo'ysunadigan barcha manbalarga kirish uchun bitta parol kerak.
    Mijoz-server arxitekturasining afzalliklari bilan bir qatorda ular bir qator kamchiliklarga ham ega:
    • serverning ishlamay qolishi tarmoqni ishlamay qolishi, hech bo'lmaganda tarmoq resurslarini yo'qotishi mumkin;
    • ma'muriyat uchun malakali kadrlarni talab qilish;
    • tarmoqlar va tarmoq uskunalarining narxi yuqori bo'lishi kerak.
    Kompyuter tarmoqlarini avtonom kompyuterlardan ajratib turadigan asosiy xususiyat bu ma'lumotlar uzatish liniyalari bilan bog'langan tarmoq tugunlari o'rtasida ma'lumot almashishdir.
    Kompyuterlarni kompyuter tarmoqlariga birlashtirish umumiy kompyuter tizimidan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Samaradorlikning oshishiga tarmoq kompyuterlari o'rtasida ma'lumot almashish imkoniyati, shuningdek, har bir kompyuterda umumiy tarmoq resurslaridan (axborot, tashqi xotira, dasturiy ta'minot dasturlari, tashqi qurilmalar) foydalanish imkoniyati tufayli erishiladi.
    Shuni ta'kidlash kerakki, so'nggi yillarda simsiz kompyuter tarmoqlari, xususan simsiz lokal tarmoqlar WLAN (Wireless Local Area Network) jadal rivojlanmoqda.

    Download 205,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 205,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Terminal - host kompyuter arxitekturasi

    Download 205,5 Kb.