Alamiy matematika




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana07.06.2024
Hajmi1,81 Mb.
#261447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
e6077933-4123-4774-8cff-1eae13c7f186

 

Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi PF – 3080
 
sonli farmoni, 2005 yil 2 
iyunda “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori, 2005 yil 8 iyulda “Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori, 2005 yil 28 sentyabrda “O‘zbekiston 
respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-
191-sonli qarori, 2007 yil 3 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida axborotni 
kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-614-
sonli qarori, 2012 yil 21 martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-1730-sonli qarori, 2013 yil 20 sentyabrda “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot 
vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-sonli qarori, 2013 yil 25 sentyabda 

Milliy 
geografik axborot tizimini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida

gi PQ-2045-sonli qarorilari bu boradagi ishlarni yanada 
rivojlantirish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar 
tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarini malakali kadrlar 
bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida” 
gi qarorida axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va 
multimediya taqdimotlaridan foydalanish borasidagi chet el tajribasini chuqur xar 
tomonlama o’rganib chiqish hamda ta’lim jarayonida qo’llash xaqida aloxida 
ta’kidlab o’tilgan. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
o’qitishning yangi shakl va metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyat 
yaratildi. 


Kompyuter, dasturiy mahsulotlarsiz foydalanuvchi uchun hech qanday 
qiymatga ega bo‘lmaydi. Foydalanuvchi uchun aynan dasturiy mahsulotlar shunday 
afzalliklar va qulayliklar beradiki, ular tufayli biz o‘z ishimizni tezroq, aniqroq, 
chuqurroq va nihoyat, samaraliroq bajaramiz. Shuning uchun dasturiy mahsulotlarni 
tanlash, kompyuterdan foydalanuvchilar uchun, ayniqsa dasturiy mahsulotlar 
bozorida foydalanuvchilarga yuzlab dastur mahsulotlaridan birini tanlash 
imkoniyati taklif etilayotgan va u tanlangan dasturga ko‘nikib qolgandan keyin 
kelajakda undan voz kechish qiyin bo‘ladigan hozirgi paytda, juda muhimdir. 
Amaliy dasturlar orasida tilshunoslik tarjimalarini amalga oshiruvchi dasturiy 
mahsulotlar alohida o‘rin egallaydi. Kompyuterlar tomonidan bajariladigan 
tarjimalar tarixi AQSH ning Djordjtaun universitetida 1954 yilda o‘tkazilgan 
tadqiqotga borib taqaladi. O‘shanda jahonda ilk bor matn (to‘g‘ri, bir nechtagina 
jumladan iborat) rus tilidan ingliz tiliga EHM yordamida tarjima qilingan edi. 
Bugungi kunda turli mamlakatlarda tarjima bo‘yicha kamida yuzlab tijoriy 
kompyuter tizimlari ma’lum va mashhur, tadqiqiy tajriba tizimlari esa juda ko`p. 
Davriy nashrlarda tez-tez kompyuter tarjimasi tizimlarini qo‘llash masalalari 
ko‘tarilmoqda, ularning tavsifnomalari berilmoqda, tilshunoslik tarjimalarini 
amalga oshiruvchi dasturiy mahsulotlar taqqoslanmoqda.
Bizga ma’lumki kompyuter dasturlarida matn tarjimasida muammolarga duch 
kelamiz, yani matn tarjimasida matnning ma’no mazmuni buziladi. Buni bartaraf 
etish muhim ahamiyatga ega. 
Bizga ma’lumki dasturlash tillarini o‘qitish bir muncha qiyinchiliklardan 
iboratdir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun biz interfaol metodlardan 
foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining 
pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega: u 
birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, 
o‘qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng 
foydalanishga asoslangan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga zamin 
yaratadi.
Hozirgi yetishib kelayotgan yosh avlod uchun dasturlash tillarini o‘rganish va 
uni amalda tadbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Albatta bu dolzarb vazifalarni 
bajarishda dasturlash tillarini o‘rgatuvchi va o‘z bilimini tekshiruvchi tizimlarning 
o‘rni judayam muhim. Dasturash tillarini o‘rganishda judayam ko‘plab o‘quv 
qo‘llanmalar, kitoblar, monografiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. 
Bularni o‘zlashtirishda o‘quvchidan sabr, iroda va matonat talab etiladi. O‘quvchiga 
bularni tezda o‘rganishda zamonaviy pedagogik texnolgiyalarni qo‘llash zamon 
talablaridan biridir. Dars samaradorligini oshirishda o‘qituvchi avvalo maqsad 


belgilab olishi, noan’anaviy va an’anaviy darslarning farqini ko‘ra olishi shart. 
Noan’anaviy darslardan maqsad talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘tarish 
uchun, fanni o‘qitishda yanada mazmunli, qiziqarli va tushunarli o‘tkazishda 
o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritib, interfaol metodlardan foydalanish 
hamda talabalarni tez va samarali baholashga erishishdir. Shu bilan birga 
noan’anaviy darslarda o‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olishga, ijodiy 
yondashishga, izlanishga, tahlil eta olishga, o‘zlari xulosa qilib, o‘z-o‘zini hamda 
guruhni va guruh talabani baholay olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi esa ularning bu 
faoliyatiga imkoniyat va sharoit yaratib bera olishi kerak. Bu esa o‘qitish 
jarayonining asosi hisoblanadi.
Dasturlashni o‘qitish uchun ta’lim oluvchilarni birinchi navbatda guruhlarga 
ajratib olamiz:
1-guruh. Boshlovchilar (maktabning 7-9 sinf o‘quvchilari). Bu bosqichdagi 
o‘quvchilarning yoshini hisobga olgan holda quyidagi o‘qitish usullarni 
qo‘llashimiz mumkin: Puzzle (jumboq) – usuli. Bu usulda o‘qituvchi to‘g‘ri tuzilgan 
dasturni oladi hamda uni satrlarini o‘rnini almashtirib yuboradi va o‘quvchilarga 
taqdim etadi. O‘z navbatida o‘quvchilar dasturning satrlarini to‘g‘ri dastur 
ko‘rinishiga olib kelishlari kerak bo‘ladi; Hand tracing (qadamlarni tekshirish) – 
usuli. Bu usulda o‘qituvchi biror to‘g‘ri tuzilgan dasturni olib uni qadamma-qadam 
bajarilish jarayonini hamda o‘zgaruvchilarning qiymatlarini o‘zgarishini jadval 
ko‘rinishida ko‘rsatib beradi.
Bu usulning yutuqli tarafi o‘quvchilar dasturni tushunishlari oson va unga 
qiziqishlari ortadi.
2-guruh. O‘rta guruh (Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari). 
Ushbu guruhda o‘quvchilar dasturlashdan xabardor bo‘ladi. Bu guruh yoshidagilar 
uchun quyidagi usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq: Teamwork (jamoaviy ishlash) 
– usuli. Ushbu usulda o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi hamda har bir guruhga 
sardor tayinlanadi. O‘qituvchi tomonidan kichik loyiha yoki masala o‘rtaga 
tashlanadi va har bir jomoa o‘z usulida yondashib natijaga erishishi lozim bo‘ladi. 
Work in pairs (juft bo‘lib ishlash) – usuli. Bu usulda o‘quvchilar juft-juft bo‘lib 
bo‘linishadi va o‘qituvchi tomonidan beriladigan topshiriqni birgalikda bajarishadi. 
Yuqoridagi usullarning ikkisi ham o‘quvchilarni jamoaviy ishlash va o‘z fikrini 
jamoadoshlariga yetkaza olish qobilyatini shakllantiradi. Undan tashqari 
dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortadi.
3-guruh. Ilg‘or guruh (Oliy ta’lim muassasalari talabalari). Ushbu guruh juda 
muhim xisoblanib bunda talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish 
lozim bo‘ladi. Bu guruh ta’lim oluvchilariga qisman yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 


usullarni ham qo‘llash mumkin. Ammo “Automata approach” (Avtomatlashtirilgan 
yondashuv) usuli ko‘proq samarali bo‘ladi. Bu usulda talabalar berilgan 
topshiriqlarni avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida tekshiradi va eng to‘g‘ri 
yechimga erishish darajasiga yetadi. Bunday tizimga http://codeforces.com/ saytini 
misol qilib keltirishimiz mumkin.
Dasturlash yoki kod yozish deb odatda kompyuterga ba’zi operatsiyalarni 
qanday bajarishni buyurish tushuniladi. Dasturlash o‘z ichiga ko‘plab matematik 
hisob-kitob va strukturani olsada, aslida u yuqori darajada ijodiy ish hisoblanadi: bir 
qator dastur kodi bilan bir vaqtda mahsulotning tayyor holati haqida o‘ylaysiz. 
Dasturlashni o‘qitishda ko‘p mamlakatlar dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik 
testlovchi tizimlardan foydalanilgan holda o‘tishadi. Hozirgi dasturlash bo‘yicha 
jahon olimpiadalarida Rossiya mamlakatidan qatnashuvchilar doimo yuqori 
natijalarni ko‘rsatib kelishmoqda. Ular bunday natijalarga qanday erishishadi? 
Quyida biz unga javob olishimiz mumkin. Rossiyada dasturlash tillari maktab 
davridan boshlanadi. Ular maktab ta’limida 7-sinfdan boshlab dasturlash tillarini 
o‘qitishni boshlashadi. Ularning ta’lim tizimi barcha mamlakatlarning ta’lim tizimi 
bilan bir xil bo‘lishiga qaramasdan ularning yutuq jihatlari nimada ekan deb 
o‘ylashimiz mumkin. Ularning asosiy yutuqlaridan biri shundaki ular dasturlash 
tillarini o‘qitishni boshlashgandan so‘ng ma’lum bir vaqt oralig‘i(masalan, har 1 
oy)da online kontestlar o‘tkazib turishadi. Bu online kontestlar ikki ko‘rinishda 
yakka tartibda yoki komandaviy ko‘rinishda bo‘ladi. Har bir kontest tugatilgandan 
so‘ng natijalar tahlil qilinadi va har bir masala muhokama qilinadi. Bu usul ularning 
eng yutuqli jihatlari hisoblanadi. Ular o‘tkazadigan online kontestlar komandaviy 
holatda ham ko‘p bo‘lib turishi ularning dasturlash bo‘yicha xalqaro komandaviy 
olimpiadalarda yuqori natija olishlariga tayorgarlik bo‘ladi. Rossiyaning 
dasturlashni o‘qitish bo‘yicha yana bir yutuqli jihati shundaki ular bir yil davomida 
2 marotaba Yozgi va Qishki lagerlar tashkil qilinishidir. Bu lagerda ma’lum kun 
tartibi bo‘yicha ish ko‘riladi. Har kuni ertalab kontest o‘tkaziladi va kontest 
yakunlangandan so‘ng bu masalalar muhokama qilinadi. Masalani muhokama 
qilishda barcha qatnashadi, yani bir kishi biror masalani muhokama qiladi. Agarda 
bu masalaga boshqa kontestchida boshqacha qulayroq va samaraliroq usul bo‘lsa u 
ham chiqib o‘z fikrini bildirishi mumkin. Bu usul orqali barcha lager qatnashchilari 
bir masalani yechish uchun bir nechta usullarni bilib olishadi. Lager davomida 
lagerchilar faqatgina tayorgarlik emas balki ular uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar, 
sport bilan ham shug‘ullanishadi. Rossiya dasturlash bo‘yicha xalqaro 
olimpiadalarda qatnashishi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi. Ular asosan ACM 
ICPC olimpiadasida yuqori natijalarni ko‘rsatib kelishmoqda. Association for 
Computing Machinery (ACM) bu Hisoblash mashinalar uyushmasidir. International 
Collegiate Programming Contest (ICPC) bu dunyodagi universitet talabalari 


o‘rtasidagi dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada hisoblanadi. Xitoy davlati bizga 
ma’lumki rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. Bu davlatda ham dasturlashga 
juda katta e’tibor beriladi. International Olympiad in Informatics (IOI) bu dasturlash 
bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi xalqaro olimpiada bo‘lib, bu olimpiadada 
Xitoy medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi(1-rasm). Endi dasturlashni 
yurtimizda qanday o‘tilishiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak. O‘quvchilarga dasturlash 
tillari 9-sinfdan boshlab o‘tila boshlanadi. Respublikamizning har bir viloyatlarida 
har xil dasturlash tillari o‘tiladi. Masalan, Basic, Paskal, Delphi – dasturiy vosita, 
C/C ++, Java va boshqa dasturlash tillari o‘tiladi. Ular har xil dasturlash tillarida o‘z 
darslarini olib borishadi. Lekin ularning dasturlash tillarida olib boradigan dasturlari 
deyarli bir xil. Ya’ni bir-biriga yaqin saviyadagi masalalarni ishlashadi. Maktab 
o‘quvchilari o‘rtasi(9-sinf)da Informatika (dasturlash) fani bo‘yicha Tuman, viloyat 
fan olimpiadalari o‘tkazilib kelinmoqda. Olimpiadadan faxrli o‘rinni egallagan 
o‘quvchilar akademik litsey va kasb hunar kollejlariga imtiyozli davlat test markazi 
imtixonini topshirmagan holatda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Akademik 
litsey va kasb hunar kollejlarida ham dasturlash fanlari o‘tilib ular o‘rtasida ham 
tuman, viloyat va Respublika fan olimpiadalari o‘tkazilib kelinadi. Undan tashqari 
Akademik litsey va kasb hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida Informatika va 
dasturlash bo‘yicha Butun Rossiya maktab komandalari o‘rtasidagi olimpiadada 
qatnashishlari mumkin bo‘ladi. Bu olimpiadada O‘zbekiston yoshlari 2006-yildan 
beri qatnashib kelishmoqda. Bu olimpiadada O‘zbekiston yoshlarining natijalari 
unchalik qoniqarli bo‘lmagan bo‘lsada yildan yilga ularning natijalari yuqorilab 
bormoqda. 2014-yilgi olimpiadada esa O‘zbekistonning Buxoro davlatr universiteti 
qoshidagi 3-sonli Qorako‘l akademik litseyi 3 nafardan iborat komandasi Sharipov 
Abdulla, Jabborov Ahror, Atoyev Abubakir 3-darajali diplom bilan taqdirlanishgan. 
1-rasm. 
Davlatlarning IOI da olgan medallar soni IOI olimpiadasida O‘zbekiston 
yoshlari 2015-yildan boshlab qatnashib kelishmoqda. 2017-yil yanvar oyida 
Qozog‘istonda o‘tkazilgan dasturlash bo‘yicha olimpiadaga O‘zbekistondan 2 nafar 
o‘quvchi borib qatnashib kelishdi. Bular, Toshkent axborot texnologiyalari 


universiteti qoshidagi 2-akademik litsey 2-kurs o‘quvchisi Xo‘jayev Temur va 
Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey 3-kurs o‘quvchisi 
Hasanov Husaynlardir. Bu olimpiadada Xo‘jayev Temur faxrli qatnashib “Bronza” 
medalini qo‘lga kiritib qaytdi. Bu maktab o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha 
xalqaro olimpiadadagi birinchi yutug‘imiz bo‘ldi. codeforces.com saytida online 
musobaqalar bo‘lib turadi. Bu tizim orqali har bir foydalanuvchiga reyting beriladi. 
Bu reytinglar kesimida mamlakatlar reytingini ham ko‘rishimiz mumkin. Hozirda 
O‘zbekiston bu reytingda 43-o‘rinni egallab turibdi.
2-rasm. 
codeforces.com saytida mamlakatlar reytingi Agarda biz dasturlashni 
o‘qitishda jahon tajribasidan foydalanishni yo‘lga qo‘ysak bizda ham rivojlanish 
sezilarli darajada o‘zgaradi. 

Download 1,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish