|
Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti 108-guruh talabasi turgunova gulira’noning k
|
bet | 4/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 476,48 Kb. | | #132784 |
Bog'liq MAHLIYO KIMYO - Termodinamikaning ikkinchi qonuni oqibatlaridan biri shuki, jarayon sodir boʻlishi uchun u koinot entropiyasini oshirishi kerak. Oʻzimiz kabi boshqa tirik organizmlar haqida oʻylaganimizda bizda bir qancha savollar uygʻonishi mumkin. Nahotki, biz moddalarning juda yaxshi tartibga ega toʻplami emasmiz? Tanamizdagi har bir hujayra oʻz ichki tartibiga ega; hujayralar toʻqimalarni va toʻqimalar organlarni tashkil qiladi; butun tanamiz bizni tirik ushlab turadigan transport, almashinuv va ayirboshlashdan iborat oʻzining aqlli tizimiga ega. Shunday qilib, biz kabi tirik mavjudotlar yoki oddiy bir bakteriya ham koinot entropiyasining oshishini aks ettirishi mumkinligi bir qarashda bizga aniq koʻrinmasligi mumkin.
- Buni tushunish uchun, keling, tanamizda sodir boʻlayotgan energiya almashinuvlarini koʻrib chiqamiz. Aytaylik, yurganimizda sodir boʻladigan energiya almashinuvi. Tanamizni oldinga harakatlantirish uchun oyoq mushaklarimiz qisqarganida, glyukoza kabi murakkab molekulalardagi kimyoviy energiyadan foydalanamiz va uni kinetik energiyaga aylantiramiz (agar yuqoriga qarab yursak, kimyoviy energiyani potensial energiyaga aylantiramiz). Ammo biz buni juda kam samaradorlik bilan qilamiz: bizdagi yoqilgʻi manbaidagi energiyaning katta qismi faqat issiqlikka aylanadi. Issiqlikning baʼzi qismi tanamizni issiq ushlab turadi, lekin uning katta qismi atrof-muhitga tarqaladi.
- Qoʻlida gamburger ushlab ketayotgan odam chizmasi. Odam gamburgerdagi murakkab makromolekulalarni qabul qilib, ularni karbonat angidrid va suv molekulalari sifatida chiqaradi, natijada entropiya oshadi. Shuningdek, u oldinga qarab yuryapti (makromolekulalardagi kimyoviy energiyani kinetik energiyaga aylantiryapti), lekin energiyaning katta qismi issiqlik sifatida ajraladi (bu ham entropiyani oshiradi).
Qoʻlida gamburger ushlab ketayotgan odam chizmasi. Odam gamburgerdagi murakkab makromolekulalarni qabul qilib, ularni karbonat angidrid va suv molekulalari sifatida chiqaradi, natijada entropiya oshadi. Shuningdek, u oldinga qarab yuryapti (makromolekulalardagi kimyoviy energiyani kinetik energiyaga aylantiryapti), lekin energiyaning katta qismi issiqlik sifatida ajraladi (bu ham entropiyani oshiradi). - Qoʻlida gamburger ushlab ketayotgan odam chizmasi. Odam gamburgerdagi murakkab makromolekulalarni qabul qilib, ularni karbonat angidrid va suv molekulalari sifatida chiqaradi, natijada entropiya oshadi. Shuningdek, u oldinga qarab yuryapti (makromolekulalardagi kimyoviy energiyani kinetik energiyaga aylantiryapti), lekin energiyaning katta qismi issiqlik sifatida ajraladi (bu ham entropiyani oshiradi).
- Biz katta va murakkab biomolekulalarni olib, ularni karbonat angidrid va suv kabi kichkina, oddiy molekulalarga aylantirganimiz va yurishimiz uchun yoqilgʻini metabolizlaganimiz sababli issiqlikning bunday uzatilishi atrof-muhit entropiyasini oshiradi. Ushbu misolda biz insonning harakatlanishini koʻrib chiqdik, lekin bu tinch holatdagi inson yoki boshqa biror-bir organizmga nisbatan ham amal qiladi. Inson yoki boshqa bir organizm tanasida metabolik faoliyat darajasi doimiy saqlanadi, bu murakkab molekulalarning kichikroq va koʻp sonli molekulalarga parchalanishiga hamda issiqlikning tarqalishiga olib keladi, bu esa atrof-muhit entropiyasini oshiradi.
|
| |