|
Termodinamikaning birinchi qonuni
|
bet | 2/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 476,48 Kb. | | #132784 |
Bog'liq MAHLIYO KIMYOTermodinamikaning birinchi qonuni - Termodinamikaning birinchi qonuni juda keng oʻylaydi: u koinotdagi umumiy energiya miqdorini hisobga oladi, xususan, bu umumiy miqdor oʻzgarmasligini aytadi. Boshqacha qilib aytganda, termodinamikaning birinchi qonuniga koʻra, energiyani yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmaydi. U faqat shaklini oʻzgartirishi yoki bir jismdan boshqasiga oʻtishi mumkin.
- Rasmda muzqaymoq (kimyoviy energiya) bolalarning velosiped haydashi harakati (kinetik energiya)ga oʻzgargani tasvirlangan.
-
- Quyosh nuri (yorugʻlik energiyasi)ning bargdagi qand moddalar (kimyoviy energiya)ga aylanishi tasviri.
- Rasmda muzqaymoq (kimyoviy energiya) bolalarning velosiped haydashi harakati (kinetik energiya)ga oʻzgargani tasvirlangan.
- Quyosh nuri (yorugʻlik energiyasi)ning bargdagi qand moddalar (kimyoviy energiya)ga aylanishi tasviri.
- Bu qonun mavhum boʻlib koʻrinishi mumkin, ammo biz yon-atrofimizdagi misollarga qarasak, atrofimizda doimiy energiya uzatilishi va energiyaning oʻzgarishi sodir boʻlayotganligiga guvoh boʻlamiz. Misol uchun:
- Elektr chirogʻi elektr energiyasini yorugʻlik energiyasiga aylantiradi (nurlanish energiyasi).
- Bir bilyard toʻpi ikkinchisiga urilganda, kinetik energiya uzatadi va ikkinchi toʻpni harakatlantiradi.
- Oʻsimliklar quyosh nuri energiyasini organik molekulalarda saqlanadigan kimyoviy energiyaga aylantiradi.
- Yurganingizda, nafas olganingizda yoki ushbu sahifani yuqoridan pastga tushirish uchun barmogʻingiz harakatidan foydalanganingizda, oxirgi tanovulingizdan olgan kimyoviy energiyani kinetik energiyaga aylantirasiz.
- Muhimi, ushbu energiya uzatishlarning hech qaysisi mutlaqo samarasiz ketmaydi. Har bir jarayonda boshlangʻich energiyaning baʼzi qismi issiqlik energiyasi sifatida chiqariladi. Boshlangʻich energiyaning bir jismdan ikkinchisiga harakatlanishi natijasida chiqadigan energiya issiqlik energiyasi deb ataladi. Elektr chiroqlari yorugʻlik bilan birgalikda issiqlik ham hosil qiladi, bilyard koptogida esa ishqalanish tufayli issiqlik hosil boʻladi, oʻsimlik va hayvonlardagi kimyoviy energiya almashinuvida ham shunday. Bunday issiqlik hosil boʻlishining nima uchun muhim ekanligini bizga termodinamikaning ikkinchi qonuni tushuntirib beradi.
|
| |