• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti 108-guruh talabasi turgunova gulira’noning k




    Download 476,48 Kb.
    bet7/7
    Sana09.01.2024
    Hajmi476,48 Kb.
    #132784
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    MAHLIYO KIMYO

    Energiya

    • Energiya kimyoviy tizimning boshqa kimyoviy tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir.Yashin natijasida 500 megajoul elektromagnit maydon energiyasi jami 500 megajoul yorugʻlik energiyasi, tovush energiyasi, issiqlik energiyasi va hokazolarga aylanadi.
    • Energiya (yun.— harakat, faoliyat) — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqa zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat u bir turdan ikkinchi turga oʻtadi. kimyoviy energiya elektronlarning kinetik energiyasi hamda elektronlarning bir-biri va atom yadrolari bilan oʻzaro taʼsirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar yigʻindisiga teng. Birlik hajmdagi energiya energiya zichligi va energiya zichligining uning tarqalish tezligiga koʻpaytmasiga teng kattalik esa energiya oqimi deb ataladi. Tartibsiz harakatlanuvchi juda koʻp zarralardan iborat tizimlarning, yaʼni makroskopik jismlarning oʻzaro taʼsirida issiklik miqdori muhim rol oʻynaydi. Tizimning mexanik harakatlanishi uchun tashqi kinetik energiyasini, boshqa tizimlar bilan maydonlarning oʻzaro taʼsiri tashqi potensial energiyasini hosil qiladi. Tizimning tashqi energiyasi tashqi kinetik va tashqi potensial energiyalari yigʻindisiga teng. Makroskopik harakatsiz, boshqa tizimlar va maydonlar bilan oʻzaro taʼsir qilmagan tizim energiyasi uning ichki energiyasi boʻladi. Tizimning har qanday holatidagi ichki energiyasi aniq qiymatga ega, yaʼni ichki energiya holat funksiyasidir. Tizimni tashkil qilgan atomlar va molekulalarning energiyalari, ular tarkibidagi elektronlar, yadrolarning oʻzaro taʼsir energiyalari va h.k. ichki energiya tarkibiga kiradi.
    • Termodinamikada erkin energiya va bogʻlangan energiya tushunchalari kam lekin keng qoʻllaniladi. Baʼzan energiya turlari ichida issiqlik energiyasi ham mavjud. Tizim zarralarining betartib harakat energiyasi issiqlik energiyasi deb ataladi. Har qanday jism yoki elementar zarra energiyaga ega ekan, u massaga ham ega. Ammo shunday zarralar ham mavjudki, ularning tinch holatdagi massasi nolga teng, binobarin tinch holatdagi energiyalar ham nolga teng. Fotonlar va neytronlar shular jumlasiga kiradi. Atom yadrosi nuklonlardan tashkil topgan. Yadroning tinch holatdagi massasi nuklonlarning tinch holatdagi massalari yigʻindisiga teng emas Bu ikki massa ayirmasi AM yadroning massa defekti deyiladi. Har qanday tizimning holatlari uzluksiz ravishda oʻzgarib, energiyasi uzluksiz qiymatlarga ega boʻlishi mumkin. Ammo kvant nazariyasiga asosan harakatlari chegaralangan hajmdagi fazoda sodir boʻlayotgan mikrozarralar har qanday holatlarda boʻla olmaydi, u faqat maxsus holatlardagina boʻlishi mumkin, binobarin bu holatlarga tegishli energiya uzlukli qiymatlarga ega boʻladi. Tashqaridan energiya kvantini qabul qilgan tizim koʻproq energiyali holatga oʻtadi. Energiya kvantini tashqariga chiqarish natijasida tizim kamroq energiyali holatga qaytadi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

    Download 476,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 476,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti 108-guruh talabasi turgunova gulira’noning k

    Download 476,48 Kb.