|
Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti 108-guruh talabasi turgunova gulira’noning k
|
bet | 1/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 476,48 Kb. | | #132784 |
Bog'liq MAHLIYO KIMYO ALFRAGANUS UNIVERSITETI TIBBIYOT FAKULTETI 107-GURUH TALABASI SOBIROVA MAHLIYONING KIMYO FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: TERMODINAMIKA VA BIOENERGETIKA - fizik-kimyoning moddalar tarkibi, tuzilishi va hosil boʻlish sharoitlari ularning termodinamika xossalariga bogʻliqligini oʻrganadigan boʻlimi.
- Kimyoviy termodinamikaning muhim yoʻnalishlaridan biri termokimyoviy va fazaviy muvozanatlar, eritmalar, jumladan, elektrolit eritmalar, elektrod jarayonlari nazariyasi, moddalar yuzasida roʻy beradigan hodisalar termodinamikasi va boshqalarni oʻrganadi. Termodinamikaning uchta asosiy qonuni mavjud. Birinchi qonuni termokimyoning asosi boʻlib, termokimyoning asosiy qonuni — Gess qonuni uning muhim davomidir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni kimyoviy muvozanatlar xaqidagi taʼlimotdir. Kimyoviy muvozanatlarni hisoblashda termodinamikaning uchinchi qonuni va oʻnga bogʻliq boʻlgan Plank (nemis fizigi) pastuloti katta ahamiyatga ega.
Gess qonuni - Kimyoviy reaksiya issiqlik effektlari yigʻindisining doimiyligi haqidagi qonun, termokimyoning asosiy qonuni. Bu qonunga koʻra, reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya uchun olingan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlarining holatiga bogʻliq boʻlib, reaksiyaning oraliq bosqichlarida hosil boʻladigan moddalar holatiga bogʻliq emas.
- G. q. kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektini tajriba oʻtkazmasdan nazariy yoʻl bilan hisoblab chiqarishga imkon beradi. Mas, reaksiya mahsulotlarining hosil boʻlishi issiqlik effektlari yigʻindisidan dastlabki moddalarning hosil boʻlish issiqdik effektlari yigʻindisi ayiriladi.
- 1840-yilda Gess kashf qilgan.
- Termodinamikada uch xil tizim mavjud: ochiq, yopiq va izolyatsiyalangan.
- Ochiq tizim oʻzining atrof-muhiti bilan energiya va modda almashadi. Gaz plitasi ochiq tizimga misol boʻladi, chunki issiqlik va suv bugʻlanib, havoda yoʻqolib ketadi.
- Yopiq tizim oʻzining atrof-muhiti bilan faqat energiya almashadi, modda emas. Agar yuqorida berilgan misoldagi qozon qopqogʻini zich yopsak, u deyarli yopiq tizim boʻladi.
- Izolyatsiyalangan tizim oʻzining atrof-muhiti bilan modda ham, energiya ham almashmaydi. Mukammal izolyatsiyalangan tizimni topish qiyin, lekin qopqogʻi zich yopiladigan maxsus sovitkich idishlar izolyatsiya qilingan tizimga oʻxshaydi. Idish ichidagi narsalar bir-biri bilan energiya almashishi mumkin, shuning uchun muz biroz eriydi va ichimlikni sovitadi, ammo tashqi muhit bilan juda kam energiya (issiqlik) almashadi.
|
| |