• Potensial energiyaning ish va kuch bilan bog’liqligi Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni. Tayanch iboralar
  • 1. Mexanik ish
  • Ma’ruza mashg’uloti Reja




    Download 221,82 Kb.
    bet1/6
    Sana30.01.2024
    Hajmi221,82 Kb.
    #148620
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    61a1f7fee79325.51066551444


    5 - Ma’ruza mashg’uloti

    Reja:

    1. Mexanik ish

    2. Quvvat

    3. Mexanik tizimning kinetik energiyasi va uning tashqi va ichki kuchlar bajargan ishi bilan bog’liqligi. Kinetik energiya

    4. Potensial energiya

    5. Potensial energiyaning ish va kuch bilan bog’liqligi

    6. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni.



    Tayanch iboralar: Energiya, mexanik ish, joul, quvvat, vatt, kinetik energiya,ichki kuchlar, bajarilgan ish, potensiyal energiya, potensial maydonlar, konservativ kuchlar, disssipativ kuchlar.


    1. Mexanik ish
    Energiya – barcha turdagi moddalarning harakati va o’zaro ta’sirining universal miqdoriy o’lchovidir.
    Modda harakatining shakliga qarab, energiyaning har xil turlariga ega bo’lamiz: mexanik energiya, issiqlik energiyasi, elektromagnit energiya, quyosh energiyasi va h.k.
    Ayrim hodisalarda moddaning harakat shakli o’zgarmaydi, (masalan, qizigan jism sovuq jismni isitadi) boshqa hodisalarda harakat boshqa shaklga o’tadi (mexanik ishqalanishda mexanik harakat energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi).
    Ammo, barcha hollarda boshqa jismga uzatilgan energiya, ikkinchi jism olgan energiyaga teng bo’ladi.
    Jism mexanik harakatining o’zgarishi unga boshqa jismlar tomonidan ta’sir etgan kuchlar hisobiga bo’ladi. Shu sababli, o’zaro ta’sirlashayotgan jismlar orasidagi energiya almashuvi miqdorini baholash uchun, kuzatilayotgan jismga qo’yilgan kuchning bajargan ishi ko’rib chiqiladi.
    Agar, jism to’g’ri chiziqli harakat qilayotgan bo’lsa va unga ko’chish yo’nalishi bilan a burchak hosil qilgan doimiy kuch ta’sir etsa, shu kuchning bajargan ishi kuchning harakat yo’nalishiga proyeksiyasini kuch qo’yilgan nuqtaning siljishiga ko’paytmasiga tengdir (1 - rasm).
    . (1.1)
    Umumiy hollarda, kuch moduli va yo’nalishi bo’yicha o’zgarib turishi mumkin.


    Download 221,82 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 221,82 Kb.