|
- rasm. F kuch ta’sirida to’g’ri chiziqli harakat qilayotgan jismning ko’chishi
|
bet | 2/6 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 221,82 Kb. | | #148620 |
Bog'liq 61a1f7fee79325.510665514441 - rasm. F kuch ta’sirida to’g’ri chiziqli harakat qilayotgan jismning ko’chishi
O’zgaruvchan kuch bajargan ishni aniqlash uchun, bosib o’tilgan yo’lni shunday kichik bo’lakchalarga bo’lamizki, ularning har birini to’g’ri chiziqdan iborat va ulardagi ta’sir kuchni o’zgarmas deb hisoblaymiz (2-rasm).
2 - rasm. O’zgaruvchi tashqi kuch ta’sirida jismning ko’chishda bajargan ishi
U holda elementar ish
. (1.2)
O’zgaruvchan kuchning MN ko’chishida bajargan ishi
, (1.3)
ga teng bo’ladi. Bu integralni hisobash uchun Fs kuchning S trayektoriya bilan bog’liqligini bilish zarur. Bu kuchning bajargan ishi S trayektoriya ostidagi maydon yuziga tengdir.
Agar jism to’g’ri chiziqli harakat qilsa, ta’sir etuvchi kuch va a - burchak o’zgarmas bo’ladi.
Shu sababli
ga ega bo’lamiz. Bu yerda S – jismning bosib o’tgan yo’li.
(1.1) - ifodadan:
bo’lganda, kuchning bajargan ishi musbat bo’ladi,
bo’lganda, kuchning bajargan ishi manfiy,
bo’lganda, kuchning bajargan mexanik ishi nolga teng bo’ladi.
“XB” da ish birligi – jouldan iborat:
1 Joul = 1Nyuton*1metr
1 Joul deb 1 Nyuton kuchning 1 metr masofada bajargan ishiga aytiladi.
“SGS”da ish birligi – ergdan iborat:
1 erg = 1 dina* 1 sm
1 erg 1 dina kuchning 1 sm masofada bajargan ishiga aytiladi.
1 Joul = 107 erg
Ishning tizimga kirmagan o’lchov birligi kaloriya:
1 kal = 4,2 Joul yana
1 kilovatt*soat = 3,6 106 joul
2. Kuvvat
Bajarilayotgan ishning jadalligini tavsiflash uchun quvvat tushunchasidan foydalaniladi.
N – quvvat deb, DA bajarilgan ishning, shu ishni bajarish uchun ketgan Dt vaqtga nisbatiga teng fizik kattalikka aytiladi.
. (2.1)
Agarda jism kuch ta’sirida o’zgarmas tezlik bilan harakatlansa, quvvat quyidagicha ifodalanadi:
va kuchning harakat yo’nalishiga proyeksiyasi FS ni jismning tezligiga ko’paytmasiga teng bo’ladi.
Quvvat o’zgaruvchan bo’lganda oniy quvvat tushunchasidan foydalaniladi:
Agarda oniy quvvat o’zgaruvchan bo’lib Dt vaqt noldan sezilarli farq qilsa, u holda o’rtacha quvvat tushunchasi o’rinli bo’ladi:
Quvvat birligi “XB”da – Vatt bilan o’lchanadi
|
| |