• Algoritm” tushunchasi va unga misollar.
  • Masalalarni kompyuterda yechishning algoritmlash bosqichi




    Download 27.25 Kb.
    bet2/2
    Sana27.02.2022
    Hajmi27.25 Kb.
    #18155
    1   2
    Bog'liq
    1-mavzu
    1908-1909- yillarda Tabriz qo’zg’oloni, AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI, 24-22 Media va axborot, Topshiriq sirtqi, 071-20 список, 2-amaliy ish 1-topshiriq, Jamoaviy 2-variant, 1778 20.03.2008 (1), 1778 20.03.2008
    Masalalarni kompyuterda yechishning algoritmlash bosqichi.
    “Algoritmlash” deganda masalani biri ketidan boshqasini bajariladigan xamda oldingisining natijalari keyingilarining bajarilishida ishlatiladigan bosqichlar ketma-ketligiga kelti­rish tushuniladi. Ayni paytda bu bosqichlardagi amallarni kompyuter bajara olishi ko’zda tutilishi kerak.
    Kengroq ma`noda qaraydi­gan bo’lsak algoritmlash, o`zidan oldingi bosqich - masalani yechish usulini tanlash bosqichi xam, o`zidan keyingi bosqich - kompyuterning xususiyatlarini xisobga olgan xolda boshlang’ich, oraliq va na­tijaviy axborotlarni tuzilishining ifoda shakllarini tanlashni xam o’z ichiga oladi.
    Algoritmlash bosqichining natijasi masalani yechish algoritmi bo’ladi, yani bu bosqichda masalani yechish algoritmi ish­lab chiqiladi. Bunda masalani matematik qo’yilishi va tanlangan usul qidirilayotgan natijani olishga olib keladigan xarakatlar ketma-ketligini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
    Algoritm” tushunchasi va unga misollar.
    Algoritm deb, masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligini aniq tavsiflaydigan qoidalar tizimiga aytiladi.
    Boshqacha aytganda, algoritm –boshlang’ich va oraliq ma`­lumotlarni masalani yechish natijasiga aylantiradigan jarayonni bir qiymatli qilib, aniqlab beradigan qoidalarning biror bir chekli ketma-ketligidir.
    Buning moxiyati shundan iboratki, agar algoritm ishlab chiqilgan bo’lsa, uni yechilayotgan masala bilan tanish bo’lmagan biron bir ijrochiga, shu jumladan kompyuterga xam bajarish uchun top­shirsa bo’ladi va u algoritmning qoidalariga aniq rioya qilib masalani yechadi.
    Masalan, ko’rib o’tilgan birinchi misolni yechish algoritmini quyidagicha bayon qilsa bo’ladi:
    1) kompyuter xotirasiga Vo va g o’zgaruvchilarning sonli qiy­matlari kiritilsin;
    2) t ning qiymati t=Vo / g formula bilan xisoblansin;
    3) h ning qiymati h=Vo t - g t2 / 2 (1) formula bilan xisoblansin;
    4) t va h o’zgaruvchilarning sonli qiymatlari ekranga yoki qog’ozga chiqarilsin;
    5) xisoblash to’xtatilsin.
    Masalaning qo’yilishida koptok 29, 5 m /sek bilan tepilsa, degan shart bor edi. ya`ni, Vo=29, 5 va g =9, 81 bo’lsa, t va h qancha bo’ladi? (Talabalarning o’ziga yechish taklif etiladi: t=3 sek, h=43, 35 m.) Natija xammada bir xil chiqadi.
    Ikkinchi misolning yechish algoritmi quyidagicha bo’ladi:
    1) kompyuter xotirasiga a va b ning qiymati kiritilsin;
    2) to’g’ri to’rtburchaklar soni n kiritilsin;
    3) to’rtburchaklar asosi (eni) xisoblansin: h= (b-a)/n
    4) 1-to’rtburchak balandligi (bo’yi) aniqlansin: x1qa
    5) 1-to’rtburchak yuzi xisoblansin: S1=sqr (x1)*h
    6) S1 ning qiymati eslab qolinsin;
    7) 2-to’rtburchakka o’tilsin; x2= x1+h (balandligi shunga bog’liq)
    8) 2-to’rtburchak yuzi xisoblansin: S2=sqr (x2)*h
    9) S2 ning qiymati S1 ning qiymatiga qo’shib qo’yilsin va yig’indi eslab qolinsin;
    10) n-to’rtburchakka o’tilsin: xN = x (N-1)+h=b
    11) n-to’rtburchak yuzi xisoblansin: Sn=sqr (b)*h
    12) Sn ning qiymati S1, S2,. .., S (N-1) lar qiymatiga qo’shilsin;
    Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning yechish yo’lini yaxshi tasavvur qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, yani aniq qoidalar ketma-ketligi ko’rinishida yozish kerak.
    Algoritmni ishlab chiqishda masalani yechish jarayonini shunday formallashtirish kerakki, bu jarayon yetarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli ketma-ketligi ko’rinishiga keltirilsin.
    Masalan, biz ko’pincha ko’p xonali sonlar ustida asosiy arifme­tik amallarni bajarishda vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX asr­da yaratgan qoidalarini ishlatamiz. "Algoritm" atamasi xam ana shu buyuk matematik nomidan kelib chiqqan.
    Download 27.25 Kb.
    1   2




    Download 27.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masalalarni kompyuterda yechishning algoritmlash bosqichi

    Download 27.25 Kb.