|
Algoritm va dasturlash tillari
|
bet | 5/7 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 257,05 Kb. | | #110844 |
Bog'liq 8 lectureNishonlar - Nishonlar — dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko’rsatadi. Har bir dasturlash tili yuqoridagi tushunchalar bilan bog’liq o’z sintaksisiga, maxsus xizmatchi so’zlariga ega. Dastur yozishdan avval unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish, o’zgaruvchilarga nom berish va ularni tavsiflash (turini ko’rsatish) kerak bo’ladi. Shundan so’nggina dasturning asosiy qismi boshlanadi.
- Har qanday dasturlash tili, odatda, quyidagi ikki qismdan tashkil topadi: tavsiflash qismi, PASCAL va DELPHI da VAR xizmatchi so’zi bilan boshlanib va BEGIN xizmatchi so’zidan oldin tugaydi; asosiy qism, PASCAL va DELPHI da BEGIN xizmatchi so’zi bilan boshladi hamda END xizmatchi so’zi bian tugaydi.
O’zgarmas, O’zgaruvchi va Massiv - Dasturlash tillarida asosan uch xil: o’zgarmas, o’zgaruvchi va massiv ko’rinishidagi miqdorlar qo’llaniladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
- Belgili o’zgarmaslar ajratish belgisi ichiga olingan bitta belgi - harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat
- Mantiqiy o’zgarmaslar faqat True (rost) yoki False (yolg’on) qiymatlardan birini qabul qiladi.
- Sonli o’zgarmaslar ikki turda — butun yoki haqiqiy bo’lishi mumkin. Haqiqiy sonlar o’z navbatida qo’zg’almas nuqtali va qo’zg’aluvchi nuqtali sonlarga bo’linadi.
- Qo’zg’almas nuqtali sonlar — o’nli kasr ko’rinishidagi sonlardir.
- Dasturning bajarilish jarayonida qiymati o’zgaradigan miqdorlar o’zgaruvchi miqdorlar yoki qisqacha o’zgaruvchilardeyiladi. O’zgaruvchilar barchasida kamida 1 ta belgi, BASIC da 40 ta belgidan oshmaydigan, PASCAL da 63 ta belgidan oshmay- digan, DELPHI da (nom va keyingi yozuvlar sig’ishiga qarab) 1000 ta belgidan ortiq o’z nomiga ega bo’ladi. O’zgaruvchi nomi uchalasida lotin harfi yoki PASCAL va DELPHI da tagchiziq belgisidan boshlanadi. O’zgaruvchi nomida faqatgina raqamlar, lotin harflari va aytib o’tilgan holda, tagchiziq belgisi qo’llanilishi mumkin.
- Bu tillarda o’zgaruvchilarning nomida qo’llanilgan katta va kichik lotin harflari farqlanmaydi. Bunday yozish xizmatchi so’zlar uchun ham o’rinlidir.
|
| |