• MUSTAQIL ISH Mavzu
  • Piramida usuli bilan tartiblash. Reja: 1.Piramidalarni saralash. 2.Tashkiliy tuzilmalarning turlari. 3. Piramida hosil qilish usullari C tilida windows forms
  • Algoritmlar va berilganlar strukturasi




    Download 1.3 Mb.
    bet1/3
    Sana15.04.2023
    Hajmi1.3 Mb.
    #51495
      1   2   3
    Bog'liq
    durdona struktura 1-mustaqil
    111111 (1) (1) (1) (1), cfg ch1 vol 2 (1), 89S51 platformasi (1), mashinali, hadamard, 2-Tajriba ishi, 6-Tajriba ishi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSIYETINING JIZZAX FILIALI




    AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
    « Axborot tizimlari va texnologiyalari » kafedrasi

    “ALGORITMLAR VA BERILGANLAR STRUKTURASI” FANIDAN




    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: Piramida usuli bilan tartiblash va Chiziqli struktura turlari.
    Bajardi: “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yoʻnalishi 2-kurs 23-21 guruh talabasi Yusupova Durdona

    Tekshirdi:Tojiyev Ma’ruf

    Jizzax – 2023




    Piramida usuli bilan tartiblash.
    Reja:
    1.Piramidalarni saralash.
    2.Tashkiliy tuzilmalarning turlari.
    3. Piramida hosil qilish usullari C# tilida windows formsda dasturini tuzish.
    4.Xulosa
    5.Foydalanilgan adabiyotlar.


    Kirish. Algoritm va berilganlar strukturasi haqida. Dasturlash olamida ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilishi kerak.
    Algoritmlar va ma’lumotlar strukturalari fanini o'zlashtirishning maqsadi dasturlashda ishlatiladigan ma'lumotlar tuzilmalarini, ularning spetsifikatsiyasi va amalga oshirilishini, ma'lumotlarni qayta ishlash algoritmlarini va ushbu algoritmlarni tahlil qilishni, algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarining o'zaro bogʻliqligini o'rganishdir. Algoritmlar va ma‘lumotlar strukturalari fani har qanday dasturiy ta'minot tizimining asosidir: taqsimlangan tizimlar, mobil ilovalar, ma'lumotlar bazasi, veb-ilovalar. Ushbu kursda talaba kompyuter fanlari va dasturiy ta'minot muhandisligi sohasidagi barcha keyingi bilimlar uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ma'lumotlar strukturalari va algoritmlarini o'zlashtiradi.



    Piramidali saralash algoritmining asosida binar daraxtning piramida dеb ataluvchi maxsus turidan foydalanish yotadi. Bunday binar daraxt tugunlarining qiymati eng yaqin avlodlari qiymatidan doimo katta bo’ladi.Saralash jarayoni piramida qurilishidan boshlanadi. Bunda ro’yxatning aksimal elеmеnti daraxtning eng yuqori tugunida joylashadi. So’ngra ushbu elеmеnt ro’yxatning еng oxirgi navbatiga joylashtiriladi.Elеmеnti olingan piramida esa qaytadan quriladi.Natijada daraxt ildizida kattalik bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan elеmеnt joylashadi va uni ro’yxatning oxiridan bitta oldingi o’ringa o’tkaziladi.Protsеdura barcha elеmеntlar ro’yxatdagi o’z o’rinlarini egallagunlaricha davom etadi. Ushbu algoritmdagi piramida qurish va uni qayta shakllantirish jarayonlarini ko’rib o’tamiz.Bu jarayonlar algoritm effеktivligiga ta'sir ko’rsatadi. Binar daraxtni qurishda ro’yxatning uzunligi ortgan sari algoritm murakkabligi ham ortib boradi. Piramida qurishda quyidagi mulohazalardan kеlib chiqish mumkin: Ro’yxatning i-elеmеnti eng yaqin avlodlarining va +1 pozitsiyalardan yozamiz. Agar >N bo’lsa, i o’zi avloddan iborat bo’ladi, =N bo’lganda esa bitta avlodga ega bo’ladi. Saralash kerak bo'lgan ketma-ketliklar asosan tartiblangan bo'lishi sharti bilan, piramidani saralash algoritmining saralash tezligi, shubhasiz, tez saralashdan ustundir; murakkabroq ma'lumotlar tuzilmasini o'zlashtirgan saralanishi kerak bo'lgan elementlarni saralash sharti bilan, piramidalarni saralash algoritmining saralash tezligi yig'ish saralashdan ustundir.

    Saralashdan biz kundalik hayotmizda ko’p foydalanamiz. Masalan bazordan biror narsa harid qilishimizda uning ko’piroq narxi bilan qiziqamiz yoki ularni taqqoslaymiz. Bu narsalar bizga oddiy hodisa bo’lib qolgan,lekin biz siz bilan bu jarayon qanaqa miyamizda xosil bo’layotganligini bir o’ylab qo’raylikchi.Demak, oddiygina biz kunda faydalnayotgan xarakatlarimizni dasturini tuzish uchun ko’p narsalarni bilishimiz va aniq bir maqsadga yo’naltirgan tartiblangan qoidalar yig’indisi zarur bo’ladi.Agar ma’lumotlar kampyuter xotirasida muayyantartibda saqlanadigan bo’lsa, axlorotga ishlov berish va uni izlash bilan bog’liq ko’p masalalar oddiyroq tezroq va samaraliroq xal qilinadi. Bir qator xollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda aniq bo’lib, maxsus isbotlashlarni talab etmaydi. Agar lug’at yoki telefon ma’lumotnomasida so’zlar va familyalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin bo’lishini tasavvur etish mumkin. Lekin ma’lumotlarni saralash zaruriyati masalasi xar safar muayyan vazifasiga nisbatan hal qilishi zarur. Bunda tashqi xotira qurulmalari imkoniyatlari ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi ularni yangilab turish tezligi va ishlov berish harekteri kabilarni tahlil qilish zarur. Turli ilovalarda tartibga solishning turli mezonlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlarularga murojat qilish e’htimolining qiymati, qancha tez-tez murojat etib turishiga ko’ra tartibga solishi mumkin.Odatda, tartibga solish yozuv bo’yicha amalga oshiriladi.


    Axborot tizimlari bilan ishlov beriladigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot maydonidan iborat bo’lgan yozuv xisoblanadi. Yozuv faqat bittagina maydondan iborat bo’lishi mumkin va bu xolda u kalitli hisoblanadi. Tartibliga solish natiyjasida yozuvlar kalitlarning qiymati ortib brishi yoki kamayib boorish tartibida joylashadi. Bunday tartibga solish jarayoni saralash deb ataladi. Masalan, fakultet talabalaridan to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat bo’lgan yozuvlar talabalarning reyting daftarchalari nomerlari bo’yicha tartibga solingan bo’lishi mumkin.
    Yozuvlar dastlabki ketma-ketligi turli darajada tartibga solingan bo’lishi mumkin. Balki yozuv elementlari belgilangan tartibda joylashgan bo’lishi mumkin.
    Boshqa bir holatda elementlarga, ya’ni yozuvlarning dastlabki ketma-ketligi teskari tartibda joylashgan bo’lishi mumkin. Yozuvlarning dastlabki ketma-ketligining qanday tartibda joylashganlik, darajasiga ko’ra, solishtirishlar va joyini o’zgartirishlarning u yoki bu soni talab etiladi. Saralash usulini boholashda solishtirishlar va o’rnini o’zgartirishlarning eng ko’p va kam sonilarini topish juda oson. Bu operatsiyalarning o’rtacha sonini aniqlash uchun kombinatorikaning tegishli bo’limlarini jalb etish zarur. Odatda, saralash jarayonida bajariladigan solishtirish operatsiyalarining o’rtacha soni va elementlarining o’rnini almashtirish yoki o’zgartirishning o’rtacha soni turli usullarni baholash mezonlari hisoblanadi. Saralash samaradorligi solishtirishning o’rtacha soniga bo’linmasi sifatida aniqlanadi. EXM larning operatsiyon tizimlari, hech bo’lmaganda, bitta dastur – saralashdan iborat bo’ladi.
    Chiziqli ma'lumotlar strukturasi - bu ma'lumotlar elementlari ketma-ket yoki chiziqli tartiblangan, har bir a'zo oldingi va keyingi qo'shni elementlarga biriktirilgan. Chiziqli ma'lumotlar strukturasidagi barcha elementlarni bir marta bosib o'tish mumkin. Massivlar, bog'langan ro'yxat, stack va navbat mavjud chiziqli ma'lumotlar tuzilmalarining har xil turlari.



    Download 1.3 Mb.
      1   2   3




    Download 1.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Algoritmlar va berilganlar strukturasi

    Download 1.3 Mb.