Sulton Valad g‘azallaridan




Download 457 Kb.
bet7/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63

MANGA SAN KERAKSAN


Ishqing oldi mandan mani,

Manga san keraksan, san!

Jismim yonur kecha-kunduz,

Manga san keraksan, san!

Na borliqqa sevinarman,

Na yo‘qliqqa quvonarman,

Ishqing ila ovunarman,

Manga san keraksan, san!

Ishqing oshiqni o‘ldirur,

Ishq dengizida qoldirur,

Tajallo ila to‘ldirur,

Manga san keraksan, san!

Qayg‘ularing ulug‘ pesham,

Majnun bo‘lib tog‘lar osham,

Sensan umrlik andisham,

Manga san keraksan, san!

So‘fiylara suhbat kerak,

Oqillara oxirat kerak,

Majnunlara Layli kerak,

Manga san keraksan, san!

Agar mani o‘ldirsalar,

Kulim ko‘kka sovursalar,

Tuprog‘im sani chaqirar,

Manga san keraksan, san!

Miskin Yunus manim otim,

Kunu kundan ortar o‘tim,

Ikki jahonda murodim,

Manga san keraksan, san!1



X. Davron tarjimasi


Katalog: ata -> dil

Download 457 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Download 457 Kb.