T U R K U
Iki turnam gelir, oqli qorali,
Birin shaxin vurmush, biri yarali,
O yavruya so‘run, asli nereli?
Qator, qator o‘lmush, gelir turnalar,
Ayrim, ayrim ne xo‘sh gelir turnalar.
Ketma turnam, ketma xabar so‘rayin,
Qanoting tagiga nomam solayin
Nozli jononima xabar berayin.
Qator, qator o‘lmish, gelir turnalar
Ayrim, ayrim, ne xo‘sh gelir turnalar.
Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar turkularda aks etishi mumkin, ya’ni turkularda so‘z qo‘llanishi, mavzu zamonaviylashadi.
Masalan:
Poezd gelir, xo‘sh gelir
Xonalari bo‘sh gelir
M A N I
Mani to‘rt misralik mustaqil she’rdir. Mani arabcha ma’no so‘zidan bo‘lib, anonim xalq adabiyoti nazm namunasi. Ozariylarda bayoti, qirg‘izlarda o‘lan, o‘zbeklarda xalq qo‘shiqlari kabi. Manilar to‘rt misralik, 7 hijo o‘lchovida aytilib, ko‘pincha
___________ a
___________ a
___________ x
___________ a
shaklida qofiyalanadi. Yozma adabiyotda ruboiy, tuyuq (XIV-XV) janrlari mani asosida paydo bo‘lgan. Mustaqil she’r bo‘lgan manilarda asosiy mazmun so‘nggi ikki misrada bo‘ladi. Manilar turli mavzularda bo‘lishi mumkin. Sof hazil uchun tuzilgan, kulgili manilar ham bor. Ko‘proq ayollar tilidan aytiladigan manilar niyat, fol, sevgi, maktub, to‘y mazmunida yoki falsafiy va boshqa mavzularda bo‘lishi mumkin.
Manilar shaklan to‘rt xil bo‘ladi:
1) Duz mani (oddiy mani); 2) Jinasli (so‘z o‘yinli) mani; 3) Kesik mani; (oyoqli, zinapoya shaklidagi mani); 4) Yedekli mani; (qo‘shimchali mani)
-
Duz mani yuqoridagi fikrlarni o‘zida jamlagan.
Tog‘lar tuman bo‘ldi, kel;
Ko‘nglim gumon bo‘ldi, kel,
Oylarga va’da berdim,
Yilim tamom bo‘ldi, kel.
-
Jinasli (so‘z o‘yinli) manilarda qofiya shaklan bir xil, mazmunan har xil so‘zlar(omonimlar)dan tashkil topadi.
O banim och ko‘zlarim
Yora muhtoj ko‘zlarim
Kechdi go‘zal karvoni
O‘tirdim, boj ko‘zlarim
O, mening baxtiyorim
Ko‘nglingda taxti yorim
Yuzingda ko‘z izi bor
Senga kim boqti yorim.
-
Kesik (oyoqli) manining ilk misrasi 7 hijodan oz, qofiyalari jinosli, misralar soni 4 va undan ortiq bo‘lgan manilar
Bag‘ bana,
Baxcha sana, bag‘ bana,
Deyme zinjir kyar etmez
Zulfing teli bag‘ bana
-
Yedekli (qo‘shimchali) manilarda mazmunni kuchaytirish uchun band so‘ngida yana ikki misra qo‘shiladi.
Dardim var bellar kabi
So‘ylemem yellar kabi
Qalbimi xuzuni var
Yiqilmish ellar kabi
Ko‘zlarimdan yosh oqar
Bo‘shagan sellar kabi
Shoirlar ham mani shaklida she’rlar yozganlar. Orxan Seyfi Beyning quyidagi misralari bunga dalildir:
Ne Hindda, ne Chindaymish
Ajab nerdaymish, neymish
Izlaganim mahalda
Ko‘nglimni ichindaymish.
|