K O‘ Sh M A
Xalq adabiyoti nazm shakllaridan biri. Asosan 11 hijoli, bandlari to‘rt misrali, eng oz uch, eng ko‘p 6, gohida undan ortiq to‘rtlik bo‘ladi. Ko‘shmalar mazmuniga qarab turlicha nomlanishi mumkin. Tabiat va inson go‘zalligidan bahs etganlari go‘zalleme, yigitlik mardlik, urush mavzusi bo‘lsa ko‘chaklama, o‘lim haqidagi ayit, bir kimsa yoki guruhning yomon tomonlarini ko‘rsatgani tashlama. Ko‘p uchraydigan qofiya shakllari.
________ a _________ a __________ x
________ a _________ b __________ b
________ b _________ a __________ x
________ a _________ b __________ b
Ko‘shmalar ohang uslubiga ko‘ra, Ajam, Anqara, Kerem, Sivrihisar ko‘shmalari nomlari bilan atalishi mumkin. Tuzilishiga ko‘ra ko‘shmalar duz, yedekli, musammat, ayakli zanjirband ayakli, zinjirleme kabi turlarga bo‘linadi.
Musammat ko‘shmaning ilk bandidagi birinchi va ikkinchi baytlarida besh hijoli ziyoda bog‘lovchi so‘z bo‘ladi.
Ey banim jononim, jon ichra jonim
Sho‘x navjuvonim o‘lma bevafo
Rahmayla bana
Men sana qurban kel kes gardanim
To‘k yerlarga qonim faqat bo‘l oshino
Bo‘lma bevafo
Ko‘shma so‘zi “qo‘shoq” fe’lidan. Prof. Fuad Ko‘pruli qo‘shmani “so‘zga kuy bog‘lamoq va moslamoq” deydi.
K O‘ Sh M A
Go‘zal ko‘zlarini sevdigim dilbar
Kel bizim ellarni kez, karam ayla
Go‘la qo‘llaring var, kezar qalamla
Ol meni daftara yoz, karam ayla
Yiroqtir yo‘llarim, adashdim keldim
Totlidir tillaring, aylandim keldim
Vafolim bo‘ynuna, endi men o‘ldim
Mozor ko‘ksinga qaz, karam ayla
|