• 28-Mavzu. SUD QARORLARINING IJROSI Tayanch iboralar: s
  • Dars o’tish vositalari
  • Dars o’tish usullari
  • 2. Sud ijrochisi quyidagi huquqlarga ega
  • O‘zbekiston respubilkasi




    Download 1.21 Mb.
    bet127/144
    Sana16.03.2017
    Hajmi1.21 Mb.
    #171
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144
    O’zlashtirish savollari

    1.Yangi ochilgan holatlar bo’yicha sud hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarni qayta ko’rish uchun asoslar.

    2.Ishni yangi ochilgan holatlar bo’yicha qayta ko’rish haqidagi ishlarni ko’zg’atish huquqiga ega bo’lgan shaxslarning doirasi.

    3.Ishni qayta ko’ruvchi sudlar.

    4.Yangi ochilgan holatlar bo’yicha ishni qaytadan ko’rish tartibi.

    5.Sud ajrimi va uning mazmuni.

    6.Yangi ochilgan holatlar bo’yicha ish ko’rishning nazorat tartibida ish ko’rishdan farqi.

    28-Mavzu. SUD QARORLARINING IJROSI
    Tayanch iboralar: sud qarorlarining ijrosi fuqarolik protsessining muhim va yakuniy bosqichi ekanligi, ijro hujjatlarning turlari va ularning huquqiy ahamiyati, ijro varag’i va uni berish tartibi. Ijro varag’ining nusxasi, majburiy ijro qilishga tegishli hujjat (akt)lar. Ijro hujjatlarini majburiy ijroga berish muddati, ijro ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar, ularning huquq va majburiyatlari, ijro hujjatlarini undirishga qaratish, ijro ishlarini yuritishni to’xtatish va tugatish, undirishni qarzdorning mulkiga qaratish, qarzdorning mulkini aniqlash va uni xatlash, undirishga qaratilmaydigan mulklar.

    Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.

    Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
    Odil sudlovlikni amalga oshirish maqsadida fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini qo’riqlash maqsadida chiqarilgan qarorlarni ijro etish fuqarolik protsessining yakunlovchi bosqichidir.

    Sudning hal qiluv qarorlariga shikoyat yuqoriga shikoyat (protest) berilmasa yoki qaror sudlarda tasdiqlanganidan so’ng qonuniy kuchga kiradi. Bu qarorlar, shuningdek fuqarolik ishlari to’g’risida boshqa organlarining qarorlari odatda ixtiyoriy ravishda ijro etiladi. Agar bunday qarorlarni ijro etishga (tegishli summani to’lashga, narsalarni topshirishga, muayyan ishlarni bajarishga) majbur bo’lgan shaxs (yoki shaxslar) ixtiyoriy ravishda ijro etmasalar, sud FPKning 370-385-moddalari va sud qarorlarini ijro etish tartibi to’g’risidagi qonunlar bilan belgilangan tartibda ijro etiladi. Amaldagi FPK ijro bilan bog’liq bo’lgan ayrim harakatlar sud faoliyati va ish yuritish bilan bog’liq bo’lmaganligi sababli bu bob birmuncha qisqartirilganligi va shu tufayli qator huquqiy me`yorlar sud ijrochisining faoliyatida o’z aksini topishligi belgilangan.

    Bulardan tashqari ijro harakatlari «Sud ijrochilari to’g’risida»gi hamda «Sud hujjatlarini ijro qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining 1999 yildagi qonunlari bilan tartibga solinadi. 

    Sudning hal qiluv qarorlarini va boshqa aktlarni majburiy tartibda ijro etishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs sud ijrochisi hisoblanadi.

    Sud ijrochisi o’z tashabbusi bilan hal qiluv qarorini tez va aniq ijro etish uchun hamma qonuniy choralarni ko’rishga va taraflarga, ularning huquqlari va qonun bilan ko’riklanadigan manfaatlarini himoya qilishda faol yordam berishga majbur.

    Ijro etadigan burch-vazifalariga ko’ra sud ijrochilari sud akt hujjatlari va boshqa organlarning akt hujjatlarini ijro etadigan sud ijrochilariga va sudlarning belgilangan tartibda faoliyat yuritishini ta`minlashda yordam ko’rsatadigan sud ijrochilariga bo’linadi.

    Sud ijrochilari to’g’risidagi qonunning mazmunidan aniqlanishicha, sud ijrochilari ijro hujjatlarini bajarilishi bilan shug’ullanuvchi ijrochilarga hamda sud faoliyatini tashkil qilish, odil sudlovni amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashuvchi ijrochilar tashkil qilinishi muljallangan.

    Amaldagi qonunlarga asosan sud ijrochilari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlari tarkibiga kirgan sud ijrochilarining joylarda quyidagi tizimi mavjud:

    Adliya vazirligining o’rinbosarlaridan biri bosh sud ijrochisi bo’lib, u Vazirlikda tashkil etilgan sud ijrochilari bosh boshqarmasini boshqaradi, boshqarmaga esa boshqarma boshlig’i rahbarlik qilib, o’z navbatida bosh sud ijrochisining o’rinbosari ham hisoblanadi.

    Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ijrochilari boshqarmasi, bosh sud ijrochisi rahbarligidagi qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ijrochilari boshqarmasi.

    Sud ijrochilari tuman, shahar bo’linmalari.

    Sud ijrochilarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsion Sudidagi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudida va O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik Sudidagi, umumiy, xo’jalik va harbiy sudlardagi faoliyatni yo’lga qo’yish mazkur qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

    Agar sud ijrochilari 1963 yilgi fuqarolik protsessual kodeksiga asosan tuman (shahar) sudlari qoshida bo’lib ularning nazoratida faoliyat ko’rsatadigan bo’lsalar, hozirda esa O’zbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

    O’zbekiston Respublikasi Bosh sud ijrochisining o’rinbosari, qoraqalpog’iston Respublikasi Bosh sud ijrochisi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

    Katta va oddiy sud ijrochilari egallab turgan vazifalariga qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud ijrochilari boshqarma boshliklari tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

    Sud ijrochilari to’g’risidagi qonunda bosh sud ijrochisidan tortib tuman (shahar) katta sud ijrochilarining vakolatlari 7-10-moddalarida belgilangan. Bu qoidalarda O’zbekiston Respublikasi bosh sud ijrochisi sud ijrochilarining faoliyatiga rahbarlik qiladi, mutaxassis kadrlarni tanlash, ukitish va ularni kasbiy va maxsus tayyorgarlik malakasini oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;

    -sud ijrochilari xizmatining barcha xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo’lgan sud ijrochilarining faoliyatini tashkil etish moddiy va ijtimoiy ta`minot choralarini amalga oshirish tartibiga doir masalalarni tartibni belgilab turuvchi ko’rsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;

    -ajratilgan shtat xodimlari soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasi doirasida sud ijrochilari xizmatining tizimini va xodimlar tarkibi (shtat)ni belgilaydi;

    -sud ijrochilari xizmatinig moliyaviy va moddiy texnikaviy-ta`minoti amalga oshiradi;

    -sud ijrochilarining xatti-harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni bo’ysinuv tartibida ko’rib chiqadi;

    -amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda sud ijrochilari xizmatining zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

    Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari, shuningdek tuman (shahar) katta sud ijrochilarining vakolatlari ham o’zlariga berilgan huquqiy doirasida faoliyat ko’rsatishligi belgilab qo’yilgan.

    Tuman (shahar)larning katta sud ijrochilari yuqoridagilardan tashqari sud raisining, shuningdek sudya yoki sud majlisida raislik qiluvchining ko’rsatma va topshiriqlarining to’g’ri va o’z vaqtida bajarilishi ta`minlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.

    Sud ijrochilari ijro etiladigan hujjatlarni bajarishda qator burchga va huquqlarga ega bo’lib, ular amal qilgan holda ish tutishi lozim. Sud ijrochilarining burchlari quyidagilardan iborat:

    -sud akt hujjatlari va boshqa organlar akt hujjatlarining ijro etilishi to’g’risida»gi qonunda ko’zda tutilgan sud akt hujjatlarining va boshqa organlarning akt hujjatlarini majburiy tartibda bajarish jarayonida sud ijrochisining burchlari:

    -ijro harakatlarining o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri bajarilishiga qaratilgan choralarni ko’rish;

    -taraflarga yoki ularning vakillariga ijro ish yurituvining material-hujjatlari bilan tanishish imkoniyatini yaratish, ulardan ko’chirmalar, nusxalar olish;

    -ijro ish yurituviga doir arizalarni va mazkur ish yurituvda ishtirok etayotgan taraflarning iltimosnomalarini ko’rib chiqish va ular bo’yicha shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda qarorlar chiqarish;

    -basharti u bevosita shaxsan yoki bilvosita ish yurituvining natijasidan manfaatdor bo’lgan yoxud uning holisligiga shubxa tug’diruvchi boshqa sabablar mavjud bo’lgan hollarda ijro ish yurituvida ishtirok etishdan chetlatish (uzini-o’zi rad etish).

    2. Sud ijrochisi quyidagi huquqlarga ega: ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar bo’yicha zarur axborot izoh-tushuntirishlar va ma`lumotnomalarni olish;

    -tashkilotlar va fuqarolar huzurida u erda ishlayotgan qarzdorlarga daxldor ijro xatlarining bajarilishini va ularning bajarilishiga doir moliyaviy hujjatlarning yuritilishini tekshirish; qonunchilikka muvofiq holda ijro hujjatlarining bajarilishida ishtirok etayotgan tashkilotlar va fuqarolarga muayyan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;

    -qarzdor, shuningdek boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo’lgan binolar va omborlarga kirish, ko’zdan kechirish, zarur hollarda binolar va omborlarni majburiy tartibda ochish.

    Yuqorida bayon qilinganidek sud ijrochilari ijroga oid hujjatlarni ijroga qaratish bilan bir qatorda sudlar faoliyatini amalga oshirishda odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar bilan ko’maklashadi. Bu borada ular qonunda ko’rsatilgan osoyishtalikni ta`minlash va mustahkamlashga qaratilgan quyidagi ishlarni bajarishlari kerak:

    -sudlarda sudyalar, guvohlar va boshqa protsess ishtirokchilarini xavfsizligini ta`minlash;

    -sud majlisi jarayonida tartibni saqlash yuzasidan raislik etuvchi, sud raislari va sudyalarni farmoyishlarini bajarish;

    -sud raisi yoki sudyalarning sudlashuvchi yoki boshqa fuqarolarga nisbatan majburiy protsessual xarakterdagi farmoyishlarini bajarish;

    -sud majlisi xonalari, maslaxat uylari va sud binosini ish vaqtida qo’riqlashni ta`minlash;

    -sud majlisi zallarini sud jarayonini olib borishlik uchun tayyorgarligini tekshirish, sudyalarni farmoyishi asosida doimiy ravishda ko’rilmaydigan joyga jinoiy ish va daliliy ashyolarni olib kelinishi hamda saqlashlikni ta`minlash;

    -sud yoki sud ijrochisiga chaqirtirilganda kelmagan shaxslarni majburiy keltirish;

    ijro harakatlarini amalga oshirishda katta sud ijrochisi ko’rsatmasi asosida ishtirok etish.

    Sud ijrochisi berilgan huquq doirasida amalga oshiriladigan qonuniy talablarini O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha davlat idoralari, tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarilishi majburiy bo’lib hisoblanadi.

    Sud ijrochisining qonuniy talablarini bajarmaslik va uning zimmasiga yuklangan xizmat-vazifalarining ado etilishiga monelik qilish O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.1

    Sud ijrochilari sudning hal qiluv qarorlarini ijro qilishning birdan-bir yagona organi emas, ba`zi hollarda, chunonchi: soliq organlari va banklar ham amalga oshiradilar.

    Ijro hujjati asosida qarzdorning hisobida pul mablag’larini undiruvchining schyotiga yoki sudning depozit schyotiga majburiy ravishda o’tkazuvchi davlat banki hamda xodimlarning ish haqlaridan tegishli summani ushlab qoluvchi muassasa, korxona, jamoa xo’jaligining buxgalteriyalari ham ijro organlari bo’lib hisoblanishi mumkin.

    Ijro hujjati-pul mablag’ini qarzdorning schyotidan undiruvchining schyotiga o’tkazish uchun qonuniy asosdir, lekin ijro varagida yoki xo’jalik sudining buyrugida qarzdorning pul mablag’i o’tkazilishi lozim bo’lgan schyoti ko’rsatilmagan bo’lsa, shuningdek ijro varagi va xo’jalik sudining buyrugida ko’rsatilgan qarzdorning schyoti davlat bankida bo’lmasa, ijro hujjati ijro qilinmasdan, uni bergan organga yuborish uchun undiruvchiga qaytariladi.

    Sud qarorlarini ijro qilish protsessda odatda ikki taraf: hal qiluv qarorining ijro qilinishini talab etuvchi taraf-undiruvchi va sud qarorlarini ijro qilishga majbur bo’lgan taraf-qarzdor ishtirok etadi. Ijro qilish protsessidagi undiruvchi va qarzdor tushunchalari, sudda ish ko’rish vaqtidagi da`vogar hamda javobgar tushunchalari bilan hamma vaqt to’g’ri kelavermaydi. Agarda sud qarorlari bilan da`vogarning da`vo talabi qanoatlantirilgan bo’lsa, qarorni ijro qilish protsessida da`vogar undiruvchi, javobgar qarzdor bo’lib hisoblanadi. Agarda sud qarori bilan da`vogarning da`vosi rad etilib, undan javobgarning foydasiga, masalan, sud xarajatlarini undrishga qaror qilingan bo’lsa, u holda ijro protsessida da`vogar qarzdor javobgar esa, undiruvchi bo’lib qoladi. SHuningdek ayrim hollarda sud ish ko’rish protsessida butunlay ishtirok etmagan shaxslar yoki tashkilotlar ham ijro protsessida taraflar bo’lib qolishi mumkin. Bunday hollarda vorislr yoki undiruvchilardan ijro varaqasi bo’yicha haq talab qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar undiruvchi bo’lishlari mumkin. Odatda, ijro protsessida bir ijro hujjati bo’yicha bir undiruvchi va bir qarzdor bo’ladi. Lekin sud tomonidan sheriklik majburiyatidan kelib chiqadigan talablar qanoatlantirilgan bo’lsa, ijro protsessida qarzdor tomonidan ham javobgar tomonidan ham sherik ishtirokchilik bo’lishi mumkin.

    Har bir hal qiluv qarori bo’yicha bitta ijro varagi beriladi. Lekin agar ijro turli joylarda o’tkaziladigan bo’lsa yoki hal qiluv qarori bir qancha da`vogarlarning foydasiga yoki bir necha javobgarlarga nisbatan chiqarilgan bo’lsa, undiruvchilarning iltimosi bo’yicha sud ijro joyini yoki hal qiluv qarorining ijro etilishiga tegishli qismini aniq qilib ko’rsatib, bir necha ijro varagi berishi mumkin. Sherik javobgarlardan pul mablag’lari undirish to’g’risidagi hukm yoki hal qiluv qaroriga asosan undiruvchining iltimosi bo’yicha sherik javobgarlarning soniga qarab bir necha ijro varaglari berilishi mumkin. Har bir ijro varagida undiriladigan pulning umumiy summasi ko’rsatilishi va hamma javobgarlar (ularning sheriklik asosida javobgar bo’lishlari ko’rsatilgan holda) sanab o’tilishi lozim.

    Sud ijrochisi majburiy ijroga kirishganida taraflarga ularning protsessual huquq va burchlarini tushuntirishga majbur. Undiruvchi va qarzdor hal qiluv qaror ijro etilishi vaqtida shaxsan o’zi yoki vakillari orqali hozir bo’lishga, ijro ishini yurgizish materiallari bilan tanishishga, ijroning borishi haqida ma`lumot olishga, kelishuv bitimlari tuzishga, mulkning kimga tegishli va uning bahosi to’g’risida nizolashishga sud ijrochisining harakatlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir.

    Undiruvchining vakili tegishlicha xabardor qilingani holda hal qiluv qarorining ijro etilishida hozir bo’lmasligi sud ijrochisining ijro harakatlarini bajarishga to’sqinlik qilmaydi. FPKning 380-moddasiga muvofiq undiruvchi majburiy ijrodan voz kechishga, undirish miqdorini kamaytirishga, javobgarning ijroni keyinrok yoki qismlarga bo’lib bajarilishiga yo’l qo’yishga haqli. Ijro harakatlarini bajarayotganda sud ijrosi agar undirish uchun zarur bo’lsa, qarzdorning binolari va omborlarini ko’zdan kechirishga ham haqli bo’ladi. qarzdor sud ijrochisining binoga kirishishiga yo’l kuymagan taqdirda sud ijrochisi zarur bo’lgan hollarda holis shaxslarni taklif qilib, binoni ularning huzurida ochadi va ko’zdan kechiradi.

    Sud ijrochisining ijro harakatini bajarish vaqtida qarzdorning shaxsiy erkinligiga va obruyiga qanday shaklda bo’lmasin, tajovuz qilishi qat`iyan man etiladi. Sud qarorlarini ijro qilishda qarzdorning shaxsi daxlsizdir. Sud ijrochisi qarzdorni sudga majburiy keltirish huquqiga ega emas va uning turar joyini cheklab qo’ya olmaydi hamda ijro qilish protsessida har ikki tarafning huquqlarini qo’riqlashga majburdirlar. U qarorning ijrosiga kirishishdan oldin qarzdorga hal qiluv qarorini 5 kunlik muddat ichida ixtiyoriy ravishda ijro qilish to’g’risida taklif yuboradi. qarzdor belgilangan muddatida qarorni ijro qilmasa yoki ixtiyoriy ijro qilishni rad etsa-sud ijrochisi qarorni majburiy ijro qilishga kirishadi.

    Majburiy ijro qilish choralari: qarzdorning shaxsiy mulkini xatlash va mulkni sotish yo’li bilan undirish; qarzdorning boshqa shaxslarda bo’lgan shaxsiy mulkidan va pul mablag’laridan undirish; qarzdorning ish haqi, pensiyasi, stipendiyasi va boshqa turdagi daromadlaridan undirish; hal qiluv qarorida ko’rsatilgan ma`lum narsalarni qarzdordan olib undiruvchiga berish; qonunga muvofiq hal qiluv qarorida ko’rsatilgan boshqa choralar tarzida bo’ladi.

    Qarzdor va undiruvchi ijro qilish protsessida yuqorida aytilganidek, o’zlarining vakillari orqali ham ijro qilish huquqlariga egadirlar. Ijro qilish protsessida vakillikning barcha turlari: ixtiyoriy vakillik, qonuniy, ustav bo’yicha vakillik amalga oshirilishi mumkin.

    Muomalaga layoqatli fuqaro tomonidan saylangan vakillikning va ijro protsessidagi yuridik shaxs vakilining vakolatlari notarial yoki vakolat beruvchining ish joyidagi ma`muriyat tomonidan guvohlantirilgan, yozma shakldagi, ishonch qog’ozi yoki vakolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim. qonuniy vakillardan alohida vakolatnoma talab etilmaydi. Ijro protsessidagi vakillar taraflarning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Vakolatnoma vakilning o’z vakolatini boshqa shaxsga berish, ijro harakati vaqtida kelishuv bitimi tuzish, mulk va pul olish huquqlari maxsus ravishda ko’rsatilishi lozim. Bunday ko’rsatma bo’lmaganida ixtiyoriy saylangan vakil yuqorida aytilgan huquqlarni amalga oshira olmaydi.

    Ijro protsessida vujudga kelgan bir qator masalalar ijrochi, sud yoki qarorni ijroga bergan organ tomonidan hal qilinadi, masalan, qarorni sir saqlash, qarorning ijrosini keyinga qoldirish, ijro hujjatlarini olish yoki uni keyinga qoldirish, ijro hujjatlarini olish yoki uni ijroga qaratish bo’yicha utib ketgan muddatni tiklash, qarzdorning umumiy mulkidagi xissasini belgilash, taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash, qarorning ijrosini to’xtatish va bekor qilish, ijro varaqasining dublikatini berish va shu kabi boshqa masalalarni hal qiladi.

    Ijro ishida prokurorning ishtiroki qonunda nazarda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan qonunlarning to’g’ri ijro qilinishi ustidan yuqorida nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuroriga va unga itoat qiluvchi prokurorlarga yuklatilgan (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasi, Prokuratura to’g’risidagi qonunning 1-moddasi).

    FPKning 46-moddasiga muvofiq prokuror ishga protsessning boshlanish bosqichida kirisha oladi. Prokuror fuqarolik sud ishlarining yurgizilishida qonunning har qanday tusda buzilishini (bunday buzilishlar kim tomonidan sodir qilinganidan qat`iy nazar) bartaraf qilish uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni ko’radi.



    Download 1.21 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144




    Download 1.21 Mb.