4. Gapning aktual bo‘linishlari. Gapning aktual bo‘linishi gapning formal bo‘linishiga qarshi qo‘yiladi. Agar formal bo‘linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo‘linsa, aktual bo‘linishda gap ma`no jihatdan bo‘linadi. Gapning formal bo‘linishining asosiy elementlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo‘linishining asosiy elementlari gapning ifoda asosi, ma`lum qismi esa gapning yadrosi, ya`ni nima xabar qilayotgan qismi hisoblanadi. Bunda fikr ma`lumdan noma`lumga qarab harakat qiladi.
Boshqacha aytganda, gapning konkret matndagi mundarijasidan kelib chiqib mazmun jihatdan bo‘linishi. Bunday bo‘linishda gap ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1.So‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma`lum narsani ifodalovchi qism(tema); 2.So‘zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan qism, ya`ni yangi informatsiya qismi (rema): Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari yana ham katta. Tema: Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari, rema: yana ham katta.
Gapning aktual bo‘linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga bo‘linadi: Institut studentlari (ifoda asosi) sport musoboqalarida ғolib chiqdilar (ifoda yadrosi).
Gapning hamma tiplari ham aktual bo‘linavermaydi. Odatda bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, nominativ gaplar, to‘siqsiz gapning ba`zi tiplari aktual bo‘linmaydi.
YOzuvda gapning aktual bo‘linishi tinish belgilari bilan ajratilmaydi.
Oғzaki nutqda esa aktual bo‘linishda intonatsiya asosiy vositadir.
|