Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari




Download 0.83 Mb.
bet4/58
Sana01.04.2021
Hajmi0.83 Mb.
#13858
TuriСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari. Inson nutqi gaplardan, gaplar so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi.

Fonetika (grekcha -fone-tovush) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o‘rganadi.

Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi: 1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi; 2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomonini hisobga olinadi; 3) nutq tovushlari bo‘ғin, urғu va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi; 4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni o‘rganiladi.

Fonetikani o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati bor. Tilning talaffuz alomatlari nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi. Tilning tovush tarkibini yaxshi o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘ғri hal qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini yaratishda, eski yozuvdan yangi yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir.

Fonetikaning quyidagi turlari mavjud:

- vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika. Umumiy fonetika dunyo tillariga tegishli bo‘lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni o‘rganadi. Xususiy fonetika esa biror konkret tilga xos bo‘lgan tovushlar sistemasini o‘rganadi;

- maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika. Nazariy fonetika ma`lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Amaliy fonetika esa muayyan tilning fonetik, orfoepik me`yorlarini o‘rganadi. Ostsillograf, kimograf singari alohida apparatlar bilan (yordamida) nutq tovushlari bo‘ғin, urғu va ohangdagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarini o‘rganish eksperimental fonetikaning asosiy vazifasidir.

Fonetika o‘z tekshirish obektining davrga munosabati nuqtai nazaridan 2 xil bo‘ladi: tasviriy (sinxron) fonetika va tarixiy (diaxron) fonetika. Tasviriy fonetka muayyan konkret til tovush tarkibining hozirgi davrdagi ahvolini o‘rganadi. Tarixiy fonetika biror konkret tildagi nutq tovushlarining tarixiy taraqqiyotini, qanday o‘zgarishlarga uchraganini va bu o‘zgarishlarning sabablarini tekshiradi.

Nutqning fonetik qismlarini o‘rganishiga qarab fonetika ikki turli bo‘ladi: segmental fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlari hosil bo‘lishi va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi fonetika segmental (segment-nutq bo‘lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta bo‘lgan fonetik birliklar: bo‘ғin, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetikaga esa supersegmental fonetika deyiladi yoki prosodika deyiladi.

Asosiy fonetik birliklar: fraza, takt, bo‘ғin, nutq tovushlari.

Grammatika ham nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi: gap, so‘z birikmasi (fraza), so‘z va morfemalarga. Garchi har ikki qatlam nutqning son nuqtai nazaridan bir xil bo‘lsa ham sifat jihatidan bir biriga mos kelmaydi.



Fraza nutqning eng katta birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi. Masalan: Quyosh tik kelgan (1gap, 1fraza), SHipi past, devorlari yupqa, torgina do‘konxona, har vaqtdagidek ivirsiq (bu gapni to‘rt frazaga ham, ikki frazaga ham bo‘lish mumkin). Frazani jumla deyish ham mumkin. Gap bilan jumla hamma vaqt ham bir biriga to‘ғri kelavermaydi.

Takt. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urғu bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‘ғinning yiғindisi takt deb ataladi. Masalan : Havo bulut edi. 1,2-so‘z urғuli, 3-urғusiz. Urғu olmagan so‘zlar urғuli so‘zning oldidan va keyinidan kelishi mumkin: oldidan - na rabotu, za mir - proklitik elementlar, bulut edi – keyinda enklitik elementlar.

Fonetik birlik bo‘lmish takt grammatikada so‘z birikmasi bilan qiyoslansa, ular hech vaqt bir-biriga to‘ғri kelmaydi.





Download 0.83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Download 0.83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fonetikaning o‘rganish ob`ekti va vazifalari

Download 0.83 Mb.