• Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari .Reduktsiya
  • Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul’teti




    Download 0.83 Mb.
    bet8/58
    Sana01.04.2021
    Hajmi0.83 Mb.
    #13858
    TuriСеминар
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
    KOMBINATOR O‘ZGARISHLARI
    Reja:

    1.Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduktsiya.

    2.Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Akkomodatsiya. Assimilatsiya.

    3. O‘zgarishlarning boshqa turlari. Dissimilatsiya. Metateza. Inversiya. Diereza. epenteza. Proteza. Substitutsiya. Tovushlarning almashuvi.


    1. Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari.Reduktsiya. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.

    Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.

    Unli tovushlarning urғusiz bo‘ғinlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urғusiz yopiq bo‘ғinlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urғusiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida urғusiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.

    Tovushlarning urғuga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urғuli bo‘ғindagi holati - kuchli pozitsiya deb, urғusiz bo‘ғindagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.

    YUqorida ko‘rsatilgan miqdor reduktsiyasidan tashqari sifat reduktsiyasi ham bor. Sifat reduktsiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi voda, vodi, vodyanoy, vodavoz so‘zlaridagi urғusiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o‘zgaradi. O‘zbek tili-da bunday xususiyat etarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduktsiyaga uchragan tovushlar urғuli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.

    Reduktsiya`ning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham boғliq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, oғzaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham boғliq.

    Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarang-sizlashishi bunga misol bo‘la oladi (kitob /kitop/, qand /qant kabi). Ba`zan ko‘p bo‘ғinli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo‘lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).

    Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o‘zgarishlarga uchraydi. N.S. Trubetskoy ko‘rsatishicha "...amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas" [Trubetskoy N.S. Osnovi fonologii. M., 1960, s. 48-49.] Nutqda tovushlarning turli pozitsion o‘zgarishlarini qancha chuqur o‘rganilsa, shunchalik ko‘p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.





    Download 0.83 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul’teti

    Download 0.83 Mb.