Unli fonemalar va ularning tasnifi. Unlilar. Tildagi unlilar sistemasi vokalizm deyiladi. Unlilar sof ovozdan iborat, ohangdorlik kuchli bo‘ladi, ovoz to‘siqqa uchramaydi, istagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin. Nutq jarayonida undoshga nisbatat salmoqli o‘rin tutadi. Hozirgi o‘zbek tilida olti unli fonema bor: a,o,u,o‘,i,e. Ular tasnifida uch holat e`tiborga olinadi:
1.Tilning gorizontal holati:
a) til oldi: i, e, a.
b) til orqa: u, o‘, o.
eslatma: til orqa: qiliq.
Til oldi: o‘rdak, uka.
2.Tilning vertikal holati:
a) tor unli: i, u.
b) o‘rta keng unli: e, o‘.
s) keng unli: a, o.
3.Labning ishtiroki:
a) lablashgan: u, o‘,o
b) lablashmagan: i, e, a.
O‘zbek yozuvida olti unli fonemadan tashqari yana to‘rtta yo-lashgan unli yoki grafema bor: e, yo, yu, ya.
Undosh fonemalar va ularning tasnifi. Undoshlar. Undoshlar sistemasi konsonantizm deb ataladi.
O‘zbek adabiy tilida 25 ta undosh fonema bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, i, r, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, ғ, h, ng. Bu fonemalardan ikkitasi yozuvda alohida harflar bilan ifodalanmagan.
Undoshlarni xarakterlash va tasniflash unlilarga nisbatan murakkabroqdir. Tasnif printsipi boshqacharoq. Undoshlarning umumiy bo‘linishini ko‘rsatuvchi tomonlar asosan beshta:
1.Undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra xususiyatlari: a) lab undoshlari: b, m, p, v, f; b) til yoki til-tish undoshlari: t, d, s, z, sh, j, dj, ch, n, l, r, k, g, ng; v) bo‘ғiz tovushi: h.
2.Aytish usuliga ko‘ra: a) portlovchi: t, d, p, b, k, q, ch, dj, g, ts, m, n, ng; b) sirғaluvchi: v, s, z, sh, j, x, ғ, f, y.
3.Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra: a) jarangli: b, v, z, d, j, dj, g, ғ, y, m, n, r, l, ng; b) jarangsiz: p, f, s, t, sh, ch, ts, k, q, x, h.
Ovozning ishtirokiga ko‘ra: a) sonorlar: m,n,ng,l,r; b) qolgan undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
Tarkibiga ko‘ra: a) qorishiq: ch-tsh, dj -d-j, ts-ts (afrikat); b) qolganlari sof.
4-ma`ruza: TOVUSHLARNING NUTQDAGI POZITSION VA
|