2. Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi.
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.
Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan boғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini (ya`ni talaffuzini) sarf qiladi" [Martine A. Osnovi obshey lingvistiki. Novoe v lingvistike. Vғp. III.M, 1963, str. 536].
Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan bir necha undoshlar birikmasini qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y beravchi bunday iqtisod qilish tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi.
Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tuғdiradi va shu tufayli uni osonlashtirish turli tillarda bo‘lgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga bo‘ysunadi. Qiyoslang: rus oғzaki nutqida "stram" so‘zi "sram" yoki nemis tilidagi strom so‘zi srom - "yo‘nalish"" kabi talaffuz etiladi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 62].
Quyida har bir kombinator o‘zgarishni alohida ko‘rib o‘tamiz.
|