Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘
ғinlarning so‘z tarkibida o‘zaro o‘rin 
almashishi bilan izohlanadi. Ba`zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning o‘zaro o‘rin 
almashinuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning o‘zaro almashinuvi 
metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq o
ғzaki nutqda uchraydi: mramor (marmar), tuproq 
(turpoq), yom
ғir (yoғmir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi. 
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovush-larni talaffuzdan tushurib 
qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rest (ros), surtmoq (surmoq), tandir 
(tanir) kabi. Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘
ғinlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya deyiladi. 
Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiya, sari
ғ yoғ o‘rnida saryoғ kabi. 
So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi: nonko‘r (nonga ko‘r), ishqiboz kabi. 
So‘zning boshlan
ғich qismiga tovushlarni qo‘shib aytilsa, proteza deyiladi. Turkiy tillarda, 
xususan o‘zbek tilida (o
ғzaki nutqda) rus tilidan kirgan so‘z boshida kelgan undosh tovushlar 
birikmasi oldidan (i), (u) unlilarini qo‘shib aytish protezaga misoldir: stantsiya (istansa, istansiya), 
stol (ustol), stul (ustul), spravka (ispravka) kabi. 
CHet tilidan kirgan so‘zlardagi tovushlarni ona tilidagi tovushlar bilan almashtirib talaffuz 
qilish substitutsiya deyiladi. Odatda, ona tilida bo‘lmagan chet tilidagi tovushni ko‘proq 
almashtiriladi. Biroq chet tilidagi tovushga o‘xshashroq tovush ona tilida boiishiga qaramay, uni 
almashtirish hollari ko‘p uchraydi. CHunki har bir til o‘zining alohida tovush sistemasiga ega va 
undagi tovushlar boshqa tilda qaytarilishi mumkin emas. Bunday tovushlar substitutsiyasi hodisasi 
atoqli otlarda juda ko‘p uchraydi: nemischa: Vebster - Uebster, Isaak - Isaak, lotincha: Teodor - 
Feodor (Fyodr), inglizcha: Tomas - Tomas kabilar. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish