Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

2. Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar 
ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi.
Nutqda 
tovushlarning 
kombinator 
o‘zgarishlariga 
akkomodatsiya, 
assimilatsiya, 
dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. 
Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda 
tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.
Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning 
ekskursiyasi bilan bo
ғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi 
mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi 
natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi 
mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... 
odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini 
(ya`ni talaffuzini) sarf qiladi" [Martine A. Osnovi obshey lingvistiki. Novoe v lingvistike. V
ғp. 
III.M, 1963, str. 536]. 
Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan bir necha undoshlar birikmasini 
qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y beravchi bunday iqtisod qilish 
tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi.
Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tu
ғdiradi va shu tufayli uni 
osonlashtirish turli tillarda bo‘lgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga 
bo‘ysunadi. Qiyoslang: rus o
ғzaki nutqida "stram" so‘zi "sram" yoki nemis tilidagi strom so‘zi 
srom - "yo‘nalish"" kabi talaffuz etiladi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostn
ғe obosnovaniya v 
komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 62]. 
Quyida har bir kombinator o‘zgarishni alohida ko‘rib o‘tamiz. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish